So’nggi yangiliklar

02:34"Спортинг" раҳбари Гёкерешнинг йиғинга келмагани ҳақида: "Даҳолар босим ўтказиш орқали трансферни осонлаштирамиз деб ўйлашади, аммо бу уни қийинлаштиради. Ҳаммаси катта жарима ва кечирим сўраш билан ҳал бўлади"  0 00:55Футзал. "Қизилқум" ўтиш ўйинида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, Олий лигага йўлланма олди  0 00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Футболчи КЖЧдан сўнг битим борасида қарор қабул қилади  2 23:58Шквирин "Андижон"да  3 23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  4 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  6 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  9 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  8 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  4 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  4 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  9 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  1 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  19 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  16 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  21

Farg'onada katta futbol mavsumining ochilishi: Mo'minjonov va Kapadze dueli haqida Yangiliklar

Farg'onada katta futbol mavsumining ochilishi: Mo'minjonov va Kapadze dueli haqida

Nomdor klublar, tantanali qura tashlash marosimi, yangi mavsumdan kamida 2ta Superliga yo'llanmasi.

Hash-pash degunimizcha 2021 yilgi PRO-Liga mavsumiga ham start berildi. Musobaqa tashkilotchisi tomonidan elon qilingan reglamentga ko'ra, mavsum yakunida PRO-Ligada birinchi va ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan ikki jamoa to'g'ridan-to'g'ri Superliga yo'llanmasiga ega chiqadi. Uchinchi o'rinni qo'lga kiritgan klub esa Superligadan 12-o'rinni egallagan jamoa bilan o'tish o'yinida maydonga tushadi.




Farg'onada katta futbol mavsumining ochilishi

Yildan-yilga mavqei tobora ortib borayotgan va Superliga darajasiga yaqinlashayotgan PRO-Liganing 1-turida, joriy mavsumda mazkur chempionat doirasidagi ilk o'yinda Ilhom Mo'minjonov bosh murabbiyligidagi "Neftchi" klubi Farg'ona shahridagi "Istiqlol" stadionida Timur Kapadzening "Olimpik" jamoasini qabul qildi. Amaldagi taqiq tufayli garchi bu uchrashuvga muxlislar kiritilmagan bo'lsa-da, minglab futbol muxlislari o'yinni teleekran qarshisida tomosha qilishgani shubhasiz. SHu kuni "Neftchi" - "Olimpik" uchrashuvi bilan Farg'onada rasman katta futbol mavsumiga start berildi. O'zbekistonning 5 karra chempioni hisoblanmish "Neftchi" klubini qo'llab-quvvatlash uchun "Istiqlol" stadioniga etib kelgan muxlislar garchi tashqarida bo'lsa ham o'yinni o'tkazish uchun maydonga yo'l olgan sevimli jamoalarini olqishlab kuzatishga muvaffaq bo'ldilar.




O'yin haqida

Uchrashuv avvalida "Istiqlol" stadioni uzra O'zbekiston Respublikasi madhiyasi yangradi va rasman PRO-Liganing yangi mavsumiga start berildi. CHempionatning ilk uchrashuvi bo'lganligi tufayli har ikki jamoa vakillari dastlabki daqiqalarni ehtiyotkorlik va raqibni o'rganish jarayonini amalga oshirdilar.Tarkib jihatdan bir qator mahoratli futbolchilarga bo'lgan "Neftchi" o'yinni faol hujumlar bilan boshladi. O'z maydonida mavsumning ilk o'yinini yutishni astoydil istagan farg'onaliklarda uchrashuvning birinchi bo'limi davomida raqib darvozasi tomon xavfli hujumlarni tashkil etdilar. Aytish joiz bo'lsa "Neftchi"ning dastlabki bo'limdagi hujumlari ko'proq o'ng qanotda o'ynagan Ruslan Roziev orqali tashkil etildi.

Raqib o'yinidan kelib chiqib taktika tanlagani ko'rinib turgan Timur Kapadze shogirdlari dastlabki 45 daqiqalik mobaynida qarshi hujumlarda faol bo'lishdi. "Olimpik" jamoasining birinchi bo'lim mobaynida raqib darvozasini ishg'ol etish uchun eng qulay imkoniyati 41-daqiqada yuzaga keldi. Bu vaziyatda toshkentliklarning 9-raqamli yarim himoyachisi Timur Mamasidiqov ikki nafar "Neftchi" himoyachisini ortda qoldirgan xolda darvoza tomon zarba yo'lladi. Farg'onaliklar posboni, tajribali Akbar To'raevning mahorati jamoasini goldan saqlab qoldi. SHu tariqa birinchi bo'limda darvozalar daxlsiz qoldi - 0:0.

Ikkinchi bo'lim ham deyarli birinchi bo'limdan farq qilmadi. Farg'onaliklar ketma-ket hujumlar tashkil etadi, "Olimpik" qarshi hujum taktikasiga asoslanib raqib xatosini kutadi. Amalga oshirilayotgan hujumlar samara keltirmayotganidan Ilhom Mo'minjonov birinchi bo'limning eng faol futbolchilaridan biri Ruslan Roziev o'rniga Sardor Abdunabievni tushirgan bo'lsa, keyinroq Sobit Sindarov o'rniga tajribali SHerzod Karimovni o'yinga tashladi. O'zgarishlar o'z samarasini berib "Neftchi" hujumlari yanada xavfli tus ola boshladi. Biroq shu kuni har bir vaziyatga xotirjamlik va sovuqqonlik ko'rsatgan Timur Kapadze shogirdlari kuchli raqib hujumlarini bartaraf etishga muvaffaq bo'ldilar. Natija 90 daqiqa mobaynida darvozalar daxlsiz qoldi. SHu tariqa har ikki jamoa ikkinchi tur oldidan o'z hisobiga 1 ochkoni yozib qo'yishga muvaffaq bo'ldi.
 


Murabbiylar fikri: 


Ilhom Mo'minjonov ("Neftchi")



Timur Kapadze ("Olimpik")



Pro liga. 1-tur
22 mart, dushanba
NEFTCHI – OLIMPIK 0:0
Hakamlar:
G'ayrat Jo'raev, Islom Nosirov, Abduhamid Abduraimov
Nazoratchi: Andrey Tambovcev
Komissar: Zoxirjon Akramxonov

"Neftchi": 45.Akbar To'raev, 2. Akmal SHorahmedov, 7.Sobit Sindarov (14.SHerzod Karimov, 69), 17.Abdullox Olimov, 18.SHavkat Mullajonov, 21.Azam Aliev, 31.Saydullo Rahmatov, 44.Darko Stanoevich, 71.Ruslan Roziev (10.Sardor Abdunabiev, 59), 91.Marko Obradovich (11.Izzatillo Abdullaev, 78), 99.Ulug'bek Xoshimov.
Zaxira: 1.Mashhur Muhammadjonov, 5.Darko Stanoevich (kichigi), 6.Xudoyshukur Sattorov, 33.Tohir SHamsitdinov.

"Olimpik": 13.Hamidullo Abdunabiev, 2.Saidazamat Mirsaidov, 4.Eldorbek Begimov, 6.Behzod SHamsiev, 9.Temur Mamasiddiqov, 10.Farruhbek Muxtorov (15.Diyor Ramazonov, 79), 11.Otabek Jo'raqo'ziev (77.Muhammadqodir Rahimberganov, 90), 17.Jaloliddin Sodiov, 21.Muhammadaziz Ibrohimov, 23.Abdurauf Bo'riev (27.Javohir Abdualimov, 56), 37.Alisher Odilov.
Zaxira: 12.Vladimir Nazarov, 5.SHohjahon Sultonmurodov, 19.Dostonbek Tursunov, 99.Muhammadali G'iyosov. 

Ogohlantirishlar: SHavkat Mullajonov 27, Abdurauf Bo'riev 30, Azam Aliev 77, Sardor Abdunabiev 90. 



Neftchi

PRO liga. 1-tur

22/03/2021, 18:00

0
:
0
Tugadi

Olimpik

45'
90'
26'  SHavkat Mullazhonov
59'  Ruslan Roziev (Sardor Abdunabiev)
69'  Sobit Sindarov (Sherzod Karimov)
77'  A’zam Aliyev
78'  Marko Obradovich (Izzat Abdullaev)
90'  Sardor Abdunabiev
29'  Abdurauf Bo'riev
56'  Abdurauf Bo'riev (Javohir Abdualimov)
79'  Farrux Muxtorov (Diyor Ramazonov)
90'  Otabek Jo'raqo'ziev (Muhammadqodir Rahimberganov)



Bekzod Tolibov tayyorladi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика