Farg'onada "Hokim kubogi" musobaqasi bo'lib o'tdi
17 okt 2020 11:18
Yangiliklar


Farg'onada "Hokim kubogi" musobaqasi bo'lib o'tdi
Farg'ona shahrida futbol bo'yicha boshqarma va tashkilotlar ishchi-xodimlari o'rtasida joriy yilning 8-16 oktyabr kunlari “Hokim kubogi" musobaqasi bo'lib o'tdi.
Musobaqalar viloyat futbol associaciyasi huzuridagi “Futbol markazi” maydonlarida tashkil etildi.
Mazkur musobaqada Farg'ona viloyatining jami 32 ta boshqarma va tashkilotlari futbol jamoalari ishtirok etdilar. 524 nafar ishtirokchi qatnashgan ushbu turnirda 1-o'rinni viloyat Kasbiy talim boshqarmasi futbol jamoasi, 2-o'rinni Markaziy bank futbol jamoasi, 3-o'rinni esa “Farg'ona elektr tarmoqlari” korxonasi futbol jamoasi egalladi. G'olib va sovrindorlar viloyat hokimligi tomonidan tasis etilgan sovg'alar, medal va diplomlar bilan taqdirlandilar.
Musobaqaning yakuniy final uchrashuvi "Istiqlol" stadionida o'tkazildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar