So’nggi yangiliklar

18:43Ўзбекистонлик футболчи Россия Медиалигасини ёндирмоқда  1 18:13"Арсенал" янги музокаралардан сўнг Гёкереш трансферига яқинлашди. Ҳужумчи "Спортинг"ни тарк этмоқчи  2 17:45Тимур Кападзе: "CAFA - яхши турнир бўлади. Ҳали шартномам янгиланмади"  9 17:10Котрина Кулбите: "Нима бўлганда ҳам биз йўлланмани қўлга киритдик"  2 16:46"Бунёдкор" "Андижон"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 16:35Футболчиларимиз Осиё чемпионати йўлланмаси қўлга киритилганидан сўнг нималар деди?  3 16:12"Арсенал" 65 млн евролик трансферни эълон қилди  6 15:59Халқаро турнир. Хитой U-16 — Ўзбекистон U-16 ўйини учун таркиблар маълум  0 15:20Сон Хён Мин МЛС клубига рад жавобини берди  0 14:36"Манчестер Юнайтед" "Челси" ярим ҳимоячиси учун 40 млн евро тўлашга тайёр  0 13:45Калверт-Льюин Манчестер клубига ўтиши мумкин  1 13:05Қисқа вақтда Осиёни ўзига қаратган "Бунёдкор" — 20 ёшда  11 12:45ОКМК "Машъал"ни кичик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 12:23Opta: Клублар ўртасидаги ЖЧда ПСЖ фаворит ҳисобланмоқда  25 11:48Факт: "Динамо" Самарқандда 17 йилдан буён "Насаф"ни юта олмаяпти  5

Farg'ona viloyati futbol associaciyasida hisobot yig'ilishi bo'lib o'tdi Yangiliklar

Farg'ona viloyati futbol associaciyasida hisobot yig'ilishi bo'lib o'tdi

Bugun Farg'ona shahridagi "Futbol markazi" majmuasining anjumanlar zalida viloyat futbol associaciyasining hisobot yig'ilishi marosimi tashkil etildi.

Marosimda O'zbekiston futbol associaciyasi Bosh kotibi Avaz Maksumov, Farg'ona viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i Murodjon Dadaboev, viloyat futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Nosir Otaqo'ziev, viloyat futbol mahorati maktabi direktori Farhod Ergashev va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari, futbol murabbiylari va faxriylari ishtirok etdilar.

Dastlab marosim ishtirokchilariga Farg'ona viloyati futbol associaciyasi tomonidan o'tgan 2020-yil davomida amalga oshirilgan ishlar hisoboti o'qib eshittirildi. SHundan so'ng so'zga chiqqan mutasaddilar Farg'onada futbol sport turini ommaviyligini yanada oshirish va bolalar futbolini rivojlantirish uchun tashkil etilayotgan turli musobaqalar xususida o'z fikr va mulohazalarini bildirib o'tdi.

Tadbirning yakuniy qismida O'zbekiston futbol associaciyasi Bosh kotibi Avaz Maksumovga viloyat futbol associaciyasining tashakkurnomasi va maxsus sovg'asi topshirildi. SHuningdek, o'z o'rnida Avaz Maksumov ham O'zbekiston futbol associaciyasi nomidan viloyat futbol associaciyasi media bo'limiga futbol uchrashuvlari va tadbirlarni yoritib borish uchun zamonaviy foto va video texnikalarini taqdim etdi.

Bekzod Tolibov, Farg'onadan Championat.asia uchun maxsus.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика