Fakt: "Qo'qon-1912" Jizzaxda hali g'alaba qozonmagan

Iskandarov Abdulaziz
4 iyul 2025, 11:15
Bugun Superligada 15-tur uchrashuvlari davom ettiriladi.

Bahrom Haydarov boshchiligidagi "Qo'qon-1912" "So'g'diyona" mehmoni bo'ladi. Bu jamoalar shu paytga qadar chempionat doirasida 34 marta to'qnash kelishgan. Bu safargi to'qnashuv jamolarning o'zaro 35-uchrashuvi hisoblanadi. 

Qiziq ma'lumot, qo'qonliklar chempionat doirasida shu kungacha Jizzaxda g'alaba qozonmagan. 17 ta bahsning 12 tasida mezbonlar g'alabani o'ziniki qilgan, 5 ta bahsda tomonlar bir ochkoga rozi bo'lishgan.

Uchrashuv bugun Jizzaxdagi "Markaziy" stadionda 20:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia