Farg'ona viloyati futbol associaciyasi vakillari So'x tumanida bo'lishdi
24 may 2021 11:37
Yangiliklar
Farg'ona viloyati futbol associaciyasi vakillari So'x tumanida bo'lishdi
Joriy yilning 21-22 may kunlari Farg'ona viloyati futbol associaciyasi raxbaryati va ishchi hodimlari Farg'ona viloyati So'x tumaniga tashrifi chog'ida So'x tuman hokimi Saidmusaev Saidbaxrom Saidburxonovich bilan uchrashdilar.
Uchrashuvdan ko'zlangan maqsad So'x tumanida bolalar futbolini yanada rivojlantirish va tumanda Farg'ona viloyati birinchiligi Ikkinchi liga bahslarida qatnashish uchun jamoa tashkillashtirish bo'yicha o'z takliflarini bildirib o'tishdi.
Tashrif mobaynida tumandagi bir qator umumtalim maktablariga, sport maktabi tarbiyalanuvchilariga to'plar va sport kiyimlari sovg'a qilindi.
Fikrlar