Faqatgina Azar emas: jarohatlar faoliyatida halal bergan 9 o'yinchi (mutolaa uchun)
22 okt 2023 14:56
Yangiliklar
Faqatgina Azar emas: jarohatlar faoliyatida halal bergan 9 o'yinchi (mutolaa uchun)
Jarohatlar – har qanday, ayniqsa kontaktli sport turlarining ajralmas qismidir. Jarohatlar sportchining yuqori marralarni zabt etishida jiddiy tasirini o'tkazadigan hollar tez-tez bo'ladi, bazida esa umuman faoliyatini yakunlashga majbur qiladi. Bunday holatlar futbolda ham sodir bo'ladi. Bugun jarohatlar jiddiy tasir qilgan o'yinchilar haqida gaplashamiz.
Luis Saa
Aleks Fergyuson Saaning katta muxlisi bo'lgan, shu sabab uni "Fulxem"dan olib kelgandi. Francuz faqatgina sog' bo'lgandagina muxlislarni hayratda qoldirdi. Saa dastlabki 14ta o'yinida 7ta gol urgan holda nega "Manchester Yunayted" u uchun 12,4 mln funt to'lashga rozi bo'lganini ko'rsatdi va "Old Trafford"dagi faoliyatini juda yaxshi boshladi.
Ammo, keyinchalik jarohatlar paydo bo'lishni boshladi. Fergyuson futbolchining og'ir holatini his qildi va yakunda uni "Everton"ga qo'yib yubordi. Mutaxassis keyinchalik buni tushuntirdi: "Saaning sotuvi shundan iboratki, qanchalik iqtidorli bo'lmasin hech qachon unga 100 foiz ishonch bildira olmasdim".
Jek Uilshir
Jek Uilshir 2022 yilning iyulida faoliyatini yakunlaganini elon qildi. "Arsenal"da atigi 16 yoshda debyut qilgan katta iqtidor oldinroq Sesk Fabregasga tegishli rekordni yangiladi va atigi 30 yoshda butsalarini mixga ilishga majbur bo'ldi. Jek 2011 yilda mavsumoldi o'rtoqlik o'yinida olgan to'pig'idagi jarohatdan so'ng to'liq tiklana olmadi.
Fabio Kapello "ingliz futbolining kelajagi" deya atagan o'yinchi bir yildan oshiq vaqtdan so'ng ko'rinish berishni boshladi, ammo u tuzalmagan jarohatidan doim aziyat chekardi. Yakunda "Arsenal" 2018 yilda uni tekinga qo'yib yubordi va bu narsani u ajoyib uzatmalari bilan butun stadionni hayratda qoldirgan iqtidorli tineyjer paytlarida tasavvur qilib bo'lmasdi.
Tyago Alkantara
Xosep Gvardiola "Bavariya" boshqaruvini qo'liga olishi bilan Tyago Alkantara bilan shartnoma imzolashni juda ham xohlagandi. Buni osongina tushunish mumkin edi: ispan o'ta iqtidorli. Ammo, u ham xafa qiladigan darajada mo'rt. Tyago so'zsiz o'z davrining eng iqtidorli pleymeykerlaridan bo'lganiga shubha yo'q, ammo u jarohatlarga juda ham moyil. U butun faoliyati davomida faqatgini bitta mavsumda ligadagi 30ta o'yinda maydonga tushdi – bu esa uning yaxshi formada bo'lganda o'yinga nimalar bera olishini hisobga olsa juda ham hayratlanarli va qayg'uli statistika.
Mario Gyotce
Gyotce Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov so'raganidek 2014 yil jahon chempionati finalida Lionel Messidan zo'rroq ekanini ko'rsatmagandir, ammo undan Rioda zaxiradan maydonga tushgandan so'ng g'alaba golini urgan holda o'tib ketdi. Xavbek o'sha paytda atigi 22 yoshda edi va uni oldinda yulduzli karera kutayotgandek tuyulgandi. Ammo, ishlar tezda pastga qarab ketdi.
Marioning o'zi tan olganidek, u 2013 yilning yozida Dortmundning "Borussiya" klubidan "Bavariya"ga o'tgan holda katta xatoga yo'l qo'ydi. Takrorlanavergan mushak jarohatlari bir necha bor uning o'yin vaqtlarini chekladi. Hozirda Frankfurtning "Ayntraxt" jamoasida o'ynayotgan va Yurgen Klopp o'zi shug'ullantirgan eng yaxshi yosh o'yinchi deb atagan Gyotce imkoniyatlarini maksimal tarzda namoyon eta olmadi.
Pol Pogba
Pol Pogba 2023 yilning 14 mayida "Yuventus"ga qaytganidan so'ng ilk bor asosiy tarkibda maydonga chiqdi. U maydonda sonidagi muammolar sabab atigi 23 daqiqa bo'ldi. SHuning natijasida Pol uchun mavsum yakunlangani tasdiqlandi va uning Turindagi ilk paytlaridek bo'lgan o'yinchiga ortiq aylana olmasligi haqidagi xavotirlar oshdi.
Uning "Old Trafford"dagi faoliyati ham muntazam ravishda unga nimalarga qodirligini ko'rsatishga halal bergan turli xil mushak muammolari va to'piq jarohatlari bilan yodda qoldi. Muvaffaqiyatsiz doping-test esa uning faoliyatining yanada sho'ng'ishiga sabab bo'lishi mumkin. Umuman olganda, u jahon chempioniga aylandi, ammo u ko'proq narsaga erishishi mumkin edi.
Adriano
"Inter" Adriano bilan Ronaldoning o'rinbosarini topgandek edi. Braziliyalik vatandoshi kabi o'zida jismoniy kuch va texnikani mujassam etgandi. Undan hatto Zlatan Ibragimovich ham hayratda edi. Afsuski, ajoyib startdan so'ng uning faoliyati ham hayoti kabi pastga sho'ng'idi. Bunga jarohatlar va otasi bilan munosabatlarning buzilishi sabab bo'ldi. Adriano bunday keskin pasayishni shunday tushuntirdi: "Hammasi oddiy: bitta yoriq to'pig'imda, boshqasi esa qalbimda".
Marko Roys
Roysning ismini Marko van Basten sharafiga qo'yishgan edi va bu futbolchi uchun katta motivaciya bo'lgan, ammo niderlandiyalikning faoliyati jarohatlar sabab muvaffaqiyatsizlikka uchragani esa yomon alomat edi. Nemis 34 yoshida o'ynayotgan bo'lsa ham allaqachon katta muvaffaqiyatsizliklarni boshdan kechirdi: doimiy jarohatlar unga o'zining aqlbovarqilmas iqtidorini maksimal tarzda ishlatishga imkon bermadi.
Roys ko'plab katta xalqaro turnirlarni o'tkazib yubordi, shuningdek klub darajasida ham. U GQ'ga bergan intervyusida shunday dedi: "O'z ishimni bajarish va yaxshi ko'rganim, yani futbol o'ynash uchun yana sog' bo'lish uchun barcha pullarimni bergan bo'lardim. Biz professional o'yinchilar sifatida ko'p pul olamiz, ammo bazida bu uchun sog'ligimiz bilan katta narsa to'laymiz. Roys bu qayg'uli faktning eng yaxshi namunasidir.
Ronaldo
Ikkita "Oltin to'p", "Oltin butsa", jahon chempionati g'olibligi, umuman olganda Ronaldoda ajoyib karera bo'lgan. Ammo, bundan ham zo'rroq bo'lishi mumkin edi. U "Inter"da ikkita dahshatli tizza jarohatlaridan birinchisini olganda atigi 23 yosh edi, u shu sabab 3 mavsumga safdan chiqqan. Braziliyalik tiklangan, ammo to'liq emas. 2003 yil "Old Trafford"da xet-trik qayd etib olqishlarga sazovor bo'lgan futbolchi endilikda 1998 yil UEFA Kubogi finalida buyuk Alessandro Nestani qiynagan "Fenomen" emasdi. "Lacio" sobiq himoyachisi buni "hayotidagi eng yomon tajriba" deb atagan va uning bunday deganini tushunish qiyin emasdi.
Tezlik, kuch va aqlbovarqilmas jihatlar bilan ushbu R9'ni to'xtatish shunchaki ilojsiz edi. U kuzatish maroqli bo'lgan eng qiziqarli markaziy hujumchi edi. Uning barcha erishgan yutuqlariga qaramay odamlar haligacha agar tizza jarohati bo'lmaganda nima bo'lardi degan savolni berishadi...
Marko van Basten
Van Basten – afsona, futbol tarixidagi eng yaxshi "to'qqizlik"lardan biri. U bir vaqtning o'zida buyuk to'purar, shuningdek buyuk va muhim gollar muallifi bo'lgan. Ammo, niderlandiyalik 1995 yilning avgustida to'pig'idagi jarohat qaytalanishi sabab faoliyatini yakunlaganini elon qildi. Bu vaqtda u atigi 30 yosh edi, ammo 2 yil o'ynamagandi, bu esa niderlandiyalik hujumchida yorqin damlar tugaganini anglatardi. Fabio Kapello shunday degandi: "Uning erta ketishi o'zi va futbol uchun katta baxtsizlik bo'ldi".
Goal materiallari asosida Footballhd.ru tayyorladi. Alisher Ostonov tarjimasi
Fikrlar