Fantastik gollarga mualliflik qilgan Rays Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
11 apr 15:19
Yangiliklar


Fantastik gollarga mualliflik qilgan Rays Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Deklan Rays Chempionlar Ligasi 1/4 finalidan o'rin olgan "Arsenal" va "Real" o'rtasidagi birinchi o'yinda "kanonirlar"ning yirik 3:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan o'yin qahramoni bo'ldi. U ikkita jarima zarbasini qoyilmaqom amalga oshirib, ikkita gol urdi.
Rays "Real"ga qarshi o'yinda to'g'ridan-to'g'ri jarima zarbasi orqali faoliyatidagi birinchi golini (va birdaniga ikkita) urdi. Bundan tashqari, angliyalik futbolchi ECHL pley-off bosqichi tarixida bir uchrashuvda jarima zarbasidan ikkita to'p kiritgan ilk futbolchiga aylandi.
UEFA tomonidan o'tkazilgan so'rovnomada g'alaba qozongan Rays Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. "Kanonir" so'rovnomada PSJ azosi Xvicha Kvaracxeliya, "Inter" azosi Alessandro Bastoni va "Barselona" hujumchisi Robert Levandovskini ortda qoldirdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar