So’nggi yangiliklar

00:55Миржалол Лоқаев: "Йигитларимиз уч ойдан бери маошсиз ўйнашмоқда. Вазият ўзгаришини кутяпмиз"  0 00:50Ла Лига. "Реал Мадрид" – "Мальорка" (онлайн ҳисоб)  7 00:41Элдор Мойлиев: "Учрашувнинг 17:00га қўйилгани икки жамоага ҳам ноқулай бўлди"  0 00:31Виталий Левченко: "Ҳамма футболчимизда ОКМКга қарши майдонга тушиш имконияти мавжуд"  1 00:20Сервер Жепаров: "Нефтчи" каби рақибларга қарши камчиликлар яққол кўринади"  0 00:00ЦСКА "Зенит"га қарши пенальтилар сериясида ғалаба қозониб, Россия кубоги суперфиналига йўл олди! Файзуллаев захирадан майдонга тушди  12 23:55Сервер Жепаров Халқаро футбол ассоциациялари кенгашининг футбол бўйича маслаҳат гуруҳи аъзолигига қабул қилинди  1 23:25Флориан Виртцга Англиядан яна бир харидор пайдо бўлди  1 22:55Браим Диас жароҳати сабаб Ла Лигадаги кейинги ўйинни ўтказиб юборади  0 22:31Родриго: "Уйдирма тарқатишни бас қилинг"  6 22:01"Челси" Энцо Маресканинг келажаги бўйича бир қарорга келди  2 21:29Флик: "Анчелотти – ҳақиқий жентелмен"  26 21:10Ўзбекистон кубоги. "Нефтчи" ва "Навбаҳор" ўз ўйинларида ғалаба қозониб, плей-офф босқичига йўл олишди  10 20:36Асрор Алиқулов: "Кубок учрашувига U-21 жамоасидан кўпроқ футболчи жалб қилдик. Лекин..."  0 20:17Мирко Еличич: "Суперлиганинг баъзи жамоалари кўрсатаётган футбол сифатидан қониқмаяпман"  1

O'zbekiston terma jamoasining Falastinga qarshi o'yindan oldingi bir kuni Yangiliklar

O'zbekiston terma jamoasining Falastinga qarshi o'yindan oldingi bir kuni

Ushbu sahifada Falastin hamda O'zbekiston terma jamoalari uchrashuvidan oldin bo'layotgan voqealarni kuzatib borishingiz mumkin.

Saytimizning ikki vakili ayni damda Falastinda va ular bizni barcha voqealardan boxabar qilib turishadi.

YANGILASH


FOTO  JCH-2022 saralashi. G'alati shahardagi quvnoq futbolchilar. O'zbekiston MTJning o'yinoldi rasmiy mashg'ulotidan GALEREYA

Terma jamoa o'yinchilari lobbidaligida ular bilan qisqa suhbatlashdik.

Odil Ahmedov: "Suniy maydonda mashq qilganda xohlaysizmi yo'qmi oyoqlar og'riydi. Sirpanish darajasi deyarli yo'qoladi. Bunday maydonlarning eng yomon tarafi - eski jarohatlarni qayta qo'zg'atib qo'yishi. Lekin, bu maydon SHimoliy Koreyadagidan yaxshiroq. Unda umuman o'ynab bo'lmasdi".

Malumot uchun: O'zbekiston terma jamoasi JCH-2018 saralashi doirasida KXDRga qarshi 2015 yilning 16 iyun sanasida safarda o'yin o'tkazgandi. Afsuski, o'shanda vakillarimiz raqibga 2:4 hisobida imkoniyatni boy berishgan. Aynan o'sha mag'lubiyatdan so'ng Mirjalol Qosimov terma jamoa rulida istefo bergan edi.


SHu pallada Eldor SHomurodovning fikrlari bilan ham qiziqdik.

- Suniy maydon siz kabi tezkor futbolchilarning yugurishiga qanchalik halal beradi?

- Biz yosh bo'lganimiz uchun ham katta farq bilinadi deya olmayman. O'ynasa bo'ladi.

- Lekin, yaqindagina Rossiya chempionati doirasida "Rostov" bilan "Ufa" mehmoni bo'lib mag'lubiyatga uchragandinglar. Ufaliklarning maydoni ham suniy qoplamali.

- "Ufa"ning maydoni Falastindagidan yaxshiroq edi. Nisbatan yumshoqroq. Doimiy suv sepib turilishi bunga sabab bo'lsa kerak. O'shanda ko'nikmagan maydonda shunchaki butun jamoaning o'yini qovushmagandi. Nasib qilsa, ertaga albatta g'alaba qozonish uchun maydonda borimizni beramiz.

Malumot uchun: Terma jamoamizning bugungi mashg'uloti paytida delegaciya rahbarlari uchrashuv nazoratchisidan ertaga maydonga suv sepishni so'rashdi. Hindistonlik nazoratchi albatta suv sepilishini aytib o'tdi. 


23:50. Futbolchilar kechki ovqatdan so'ng lobbida o'zaro suhbatlashib o'tirishdi va keyin o'z xonalariga ravona bo'lishdi. Ularga ertangi muhim o'yin oldidan yaxshi xordiq zarur. Zero, sportchi uchun eng yaxshi doping - uyqu


Ushbu sahifani kuzatishda davom eting.


Toshkent vaqti bilan soat 22:30da terma jamoa futbolchilari nazariy mashg'ulotga kirib ketishadi. 23:00da esa kechki ovqat va undan so'ng dam olish.

21:35. O'zbekiston terma jamoasi joy olgan avtobus mehmonxonaga etib keldi. Futbolchilar mashg'ulotdan so'ng biroz tin olgani o'z xonalariga yo'l olishdi.


20:26. Terma jamoamiz bilan safarda bo'lib turgan saytimiz rahbari Gayrat Xasbiulin Falastin terma jamoasi bosh murabbiyi Nuriddin Ould Ali bilan qisqacha alohida suhbatlashdi. 

Suhbat davomida jazoirlik murabbiy O'zbekiston terma jamoasida to'p tepayotgan bir nechta futbolchilarni yaxshi bilishini aytib o'tdi. 

- "Men terma jamoangiz sardori Odil Ahmedovni yaxshi bilaman. U juda kuchli va aqlli futbolchi. SHuningdek, qanot yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipovni ham alohida takidlagan bo'lardim. U tezkor harakatlari bilan raqibni shoshirib qo'ya oladi".

- "Eldor SHomurodov esa ayni paytda Osiyoning top darajadagi hujumchilaridan biri hisoblanadi. Men uning Rossiya chempionatida urgan gollarini ko'rdim. Bundan tashqari klublaringiz o'yinini video orqali o'rganganimda Oston O'runov bilan Odil Hamrobekov ham iliq taassurot qoldirdi", - deydi falastinlar ustozi.



20:20. Falastin terma jamoasi o'yinoldi rasmiy mashg'ulotni boshladi. 



19.55. O'zbekiston milliy terma jamoasi ayni damda “Faisal Al-Husseini” stadionida mashg'ulot o'tkazmoqda.



Toshkent vaqti bilan 18:50da vakillarimiz mashg'ulot o'tkazish uchun stadionga etib kelishdi.



Terma jamoamiz Toshkent vaqti bilan 17:44da mehmonxonadan o'yin bo'ladigan stadion tomon qo'zg'aldi.



17:52. Terma jamoa shifokorining aytishicha, barcha futbolchilar soppa-sog' va mashg'ulotga tayyorlar.


17:45. "Millennium" mehmonxonasi lobbisida mahalliy jurnalistlar bilan malum vaqt suhbatlashib o'tirdik. Ularning aytishicha, ayni paytda Falastin terma jamoasida 15-raqamdagi jamoa sardori Abdullatif Al-Bahdari va 29-raqamdagi 20 yoshli hujumchi Oday Dabbahlar asosiy "figura". Terma jamoa o'yini aynan ularga bog'liq va asosiy xavf ham aynan shu ikki futbolchi evaziga keladi.


17:35. Mahalliy gazetada O'zbekiston terma jamoasi haqida hech qanday malumot berilmagan. SHu erlik jurnalistning aytishicha, mahalliy gazetalarning bugungi sonida faqat Falastin terma jamoasining tayyorgarligi haqida malumotlar berilgan. Ertangi gazetalarda O'zbekiston terma jamoasi haqida materiallar tayyorlanadi.


17:08. Futbolchilarda kichik tanaffus



17:01. Marokashning "Hassania Agadir" klubida o'ynayotgan Tamir Seyam inglizchada yomon gapirar ekan. SHunga qaramay O'zbekiston terma jamoasi haqida hech narsa bilmasligini bilib oldik. Uning aytishiga qaraganda ertangi o'yindagi reja tartibli o'ynash va ochko olishga urinib ko'rish. Biroz oldin ushbu futbolchining oila azolari mehmonxonaga tashrif buyurishdi.



16:42. Ektor Kuper boshchiligidagi murabbiylar shtabi ertangi bahsdagi raqibni o'rganishmoqda


16:36. Aziz Haydarov: "Hozir futbolchilar o'z xonalarida dam olishyapti. Mashg'ulotlarga tayyorlanishmoqda. Toshkent vaqti bilan 18:00da o'yinoldi mashg'ulotga yo'l olamiz".


16:28. Falastin terma jamoasi yarim himoyachisi SHadi SHaban: "O'zbekiston juda kuchli jamoa. Ertaga bizga qiyin bo'lishi aniq, ammo xalqimiz oldida yaxshi o'yin ko'rsatyapmiz. Jamoamiz va O'zbekiston terma jamoasi o'rtasidagi farqni bilaman, biroq bor kuchimizni ishga solamiz".


16:14. Bir necha daqiqa oldin O'zbekiston hamda Falastin terma jamoalari ustozlari ishtirokida o'tgan o'yinoldi matbuot anjumani yakunlandi.

Kuper: "Barcha raqibni hurmat qilamiz, biroq har bir bahsda faqat g'alabani ko'zlab maydonga tushamiz".


16:00. O'FA media departamenti rahbari Davroy Fayziev va terma jamoamiz himoyachisi Farruh Sayfiev.


15:50. Matbuot anjumaniga hamma narsa shay



Gayrat Xasbiulin, Tolibjon Qosimov

Ramallah shahri, Falastin

Reyting: +53   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика