So’nggi yangiliklar

01:48Галлахер "Атлетико"га ўтишни хоҳламоқда  0 01:25"Ювентус" Йилдизни қўйиб юборишни хоҳламаяпти  0 00:57"Атлетико" "Челси" ўйинчисининг трансфери бўйича ишларни бошлаб юборди  0 00:29Игорь Сергеев ҳаракат қилаётган "Патум Юнайтед" жамоаси ўртоқлик ўйинида ЕЧЛ финалчиси "Боруссия"ни тор-мор келтирди!  3 23:55"Барселона" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олмоқчи  3 23:27Жамшид Саидов: "Бизда юқори мақсадлар йўқ, вазифа ўтган мавсумдан кўра яхшироқ иштирок этиш"  1 22:57"Бунёдкор" иккинчи даврада уйғонадими? Тайёргарлик қандай кетяпти? Илёс Зейтуллаев барча саволларга жавоб берди  4 22:23Расман: Шерзод Эсанов "Андижон"дан РПЛ клубига ўтди  18 21:27"Байер" Гюлерни ижарага олмоқчи эди. "Реал" ҳам, ўйинчи ҳам бунга қизиқиш билдиришмади  3 20:58Винисиус Мбаппе, Беллингем ва Эндрикнинг "Реал"га ўтишида таъсир қилган  12 20:21Максим Шацких: "Ёзги трансферлар ойнасидаги режамизни тўлиқ бажардик. Элит Осиё чемпионлар лигасидаги иштирокимиз ҳам қизиқарли кечиши аниқ"  20 19:47МЮ Амрабатни "Фиорентина"дан 20 млн евро эвазига харид қилмайди, аммо...  2 19:09Баҳром Ҳайдаров: "Қолган жамоалар ҳам ухлаётгани йўқ. Иккинчи даврада камида 30 очко тўплашимиз керак"   6 18:58Ламела Греция клуби билан шартнома имзолади  2 18:24"Ал Иттиҳод" АПЛдаги ўйинчи учун 51 млн фунт тўлайди  2

Evropaning kuchli ligalarida barqaror faoliyat yuritayotgan murabbiylar Yangiliklar

Evropaning kuchli ligalarida barqaror faoliyat yuritayotgan murabbiylar

Soccer.ru sayti Evropaning etakchi chempionatlarida faoliyat olib borayotgan murabbiylar haqida malumotlar taqdim qildi.

Diego Simeone – 10 yil-u 3 oydan beri "Atletiko"da

"Matraschilar” joriy mavsumda 23 dekabr kuni klubdagi 10 yillik yubileyini nishonlagan argentinalik murabbiy boshqaruvidagi eng yomon mavsumlaridan birini o'tkazmoqda. Bu vaqt davomida Simeone jamoani 560 martadan ko'p maydonga olib tushgan, 8 ta sovrin yutgan hamda 2 marotaba CHempionlar Ligasi finaliga qadar etib borgan.

To'g'ri, jamoa o'tgan mavsumda La Ligada chempionlikni qo'lga kiritdi, biroq bu mavsumdagi ko'rsatkichlar ancha yomonroq. "Levante" (0:1)dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng matbuot Simeonening istefosi haqida yozishni boshladi. Ammo rahbariyat hozircha bu mish-mishlarni tasdiqlaganicha yo'q. 

Simeone tartibli himoya qanday bo'lishini ko'rsata oldi, lekin oxirgi vaqtlarda beqarorlik sezila boshlandi. SHunday bo'lsa-da, u joriy mavsumda jamoa bilan CHempionlar Ligasi finaliga qadar etib borishni maqsad qilgan. Ko'ramiz, Diego "matraschilar" bilan buni uddalay olarmikan?

Kristian SHtrayx – 10 yil-u 3 oydan buyon "Frayburg"da

Diqqat qiling, SHtrayx "Frayburg"ni 2011 yilning dekabr oyidan beri boshqarmoqda. Bu vaqt davomida jamoa Bundesligada 5-o'rinni egallab, evrokuboklarda ham ishtirok etdi. 17-o'rinni egallab, quyi liga havosidan ham bahramand bo'lib, ortga qaytdi. 

Qisqasi, SHtrayx qo'l ostida jamoa har bir qiyin bo'lgan bo'g'inlarni boshdan kechirdi. Rahbariyat esa murabbiyga to'liq ishonadi hamda u bilan samarali faoliyat yuritishda davom etmoqda. Joriy mavsumda ham klub yana evrokuboklarga yo'llanma olish uchun kurashmoqda. 

SHon Daych – 9 yil-u 5 oydan beri "Byornli"da

APLdagi murabbiylarning o'rtacha ishlash muddati ispanlarnikidan yaxshiroq. Deylik, Yurgen Klopp va Xosep Gvardiola 5 yildirki jamoalari bilan muvaffaqiyatli ishlashmoqda. Ular bu borada boshqalarga namuna bo'la oladi. Biroq ikkisi ham "Yangi Aleks Fergyuson" bo'lishi haqiqatdan uzoqroq. APLda 20 yillab ustozlik qilish endi aqlga sig'maydi. 

SHon Daych esa salkam 10 yillik dovonni zabt etishga yaqin kelgan, ammo uning jamoasi APLni ham tark etishi mumkin. 

Ayni vaqtda Daych shogirdlari xavfli zonalardan birini egallagan. Klub CHempionshipga tushib ketsa ham, rahbariyat unga ishonch bildirishda davom etishi ehtimoli katta. Axir, 10 yildan buyon u jamoaga sodiqligini ko'rsatib, har qanday qiyin holatda ketmasdan, shu erda faoliyat yuritmoqda. 

Jan Pero Gasperini – 5 yil-u 9 oydan buyon "Atalanta"da

Ikki oydan keyin uning "Atalanta"ni boshqarayotganiga 6 yil bo'ladi. Gasperinining qismati biroz boshqacha. Uzoq faoliyat yuritgan, lekin biror sovringa erisholmagan murabbiy, deya so'zsiz uni ko'rsatish mumkin. 

Aslini olganda Jan Pero sabr-qanoatli mutaxassis. Bir so'z bilan aytganda, shoshilmaslikni xush ko'ruvchi murabbiy. "Atalanta"ni qabul qilib olib, uni kurashuvchan jamoaga aylantirdi. Bugungi kunda bergamoliklar ancha kuchli jamoaga aylanishgan. Murabbiyning shartnomasi 2024 yilga qadar mo'jallangan. Balki tomonlar kelgusida kelishuvni yana uzaytirishlari mumkin.

Paskal Gasten – 4 yil-u 7 oydan beri "Klermon"da

O'tgan yili Franciyada etakchi o'zgardi: Stefan Mulen 10 yillik mehnatidan so'ng "Anje" murabbiylik kursisini tark etdi va "Kan"ni Liga 2 dan elitaga olib chiqish uchun yo'l oldi. Uning Liga 1 dagi taxtini Gasten egalladi. 

Bu murabbiy elitada o'zining debyutini o'tkazmoqda. U avvalgi mavsumlarda "Klermon"ga Liga 2 da ustozlik qilib kelgan.

Samandarbek tarjimasi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика