So’nggi yangiliklar

13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  0 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  8 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  5 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  13 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37

Evro-2024. Vitaliy Levchenko - Ukraina, Van Bastenning supergoli va syurpiriz haqida Yangiliklar

Evro-2024. Vitaliy Levchenko - Ukraina, Van Bastenning supergoli va syurpiriz haqida

Evropa chempionati oldidan "Neftchi" bosh murabbiyi Vitaliy Levchenkoning fikrlari bilan qiziqdik.

Avvalroq saytimizda Mirjalol Qosimov, Ro'ziqul Berdiev, Vadim Abramovning musobaqa haqidagi mulohazalari etiboringizga havola qilingan edi. 

- Evropa chempionatida kimga muxlislik qilasiz va nima uchun?
- Ukraina terma jamoasini qo'llab-quvvatlayman. Umid qilamanki, ular sifatli futbol ko'rsatishadi va ijobiy natijalar bilan muxlislarni xursand qilishadi. Bu jamoaning guruhdan chiqishini kutyapman.

- Bu musobaqada qaysi terma jamoa syurpiriz ko'rsatishi mumkin?
- Fikrimcha, Xorvatiya terma jamoasi bu Evropa chempionatida yana hammani xayron qoldiradi. Ularda juda yaxshi va tajribali jamoa yig'ilgan.

- Birinchi ko'rgan Evropa chempionatingiz qaysi bo'lgan va nimasi bilan yodda qolgan?
- 1988 yil Germaniya mezbonlik qilgan Evropa chempionati men kuzatgan musobaqalar ichidagi birinchisi bo'ladi. SSSR terma jamoasining finalga chiqishi va Van Bastenning supergoli. Bu turnirning eng chiroyli goli sifatida tan olingan.

- Musobaqa favoriti kim? Kimda chempionlik uchun imkoniyat yuqori?
- Favorit bitta emas, bir nechta deya olaman. Germaniya, Franciya, Italiya va Niderlandiya. Ular orasidan kimdir musobaqada g'olib chiqishi mumkin.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика