Evro-2020ning saralash bahsi vaqtida, Ispaniya termasi forvardining uyiga qurolli hujum uyushtirildi
09 iyu 2019 00:37
Yangiliklar


Evro-2020ning saralash bahsi vaqtida, Ispaniya termasi forvardining uyiga qurolli hujum uyushtirildi
Evro-2020ning saralash uchrashuvlaridan o'rin olgan Farer orollari hamda Ispaniya o'rtasidagi bahsda mexmonlar yirik hisobda (1:4) g'alabaga erishdi.
O'yin o'tkazilayotgan vaqtda ispaniyalik forvard Alvaro Morataning uyiga qurollangan bosqinchilar hujum qilib, uydagi qimmatbaho buyumlarni olib chiqib ketishgan.
Qayd etilishicha, bu vaqtda xonadonda futbolchining oilasi ham bo'lgan. Biroq, ularga hech qanday zarar etmagani aytilmoqda. Mahalliy policiya gumondorlarni qidirish boshlab yubordi.
Eslatib o'tamiz, 26 yoshli hujumchi bahsni to'liq o'tkazgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar