Evro-2020. Avstriya Italiyaga qarshi, Ukraina umuman pley-offsiz qolib ketishi mumkin
21 iyu 2021 22:56
Yangiliklar
Evro-2020. Avstriya Italiyaga qarshi, Ukraina umuman pley-offsiz qolib ketishi mumkin
Ukraina – Avstriya 0:1
21 iyun, "Nacionalnyy stadion"
Gol: 0:1 – 21 Baumgartner.
Ukraina – Bushhan, Matvienko, Mikolenko (Besedin, 85), Karavaev, Zabarnyy, Zinchenko, SHaparenko (Marlos, 68), Malinovskiy (Cygankov, 46), Sidorchuk, Yarmolenko, Yaremchuk.
Avstriya – Baxmann, Xinteregger, Dragovich, Alaba, Layner, Zabitcer, SHlager, Laymer (Ilzanker, 72), Baumgartner (SHopf, 33), Grillich, Arnautovich (Kalaydjich, 90).
Ukraine EURO Grp. C . 3-tur 21/06/2021, 22:00
Austria Christoph Baumgartner - 21' Stadion: Arena Nationala, 10472 tomoshabin Bosh hakam: Cuneyt Cakir
Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.
SHu pallada hakamning final hushtagi chalindi va Avstriya pley-offga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Ukraina esa 3 ochko bilan qolmoqda va boshqa guruh uchrashuvlari yakuniga etishini kutishiga to'g'ri keladi.
Andrey SHevchenko shogirdlari qanchalik urinmasin, ketma-ket hujumlar uyushtirmasin, niyatiga eta olmadi.
90-daqiqa. Birinchi bo'limda bo'lgani kabi o'yinning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.
90-daqiqa. O'zgarish! Marko Arnautovich o'rniga Sasha Kalaydjich o'yinga qo'shildi.
87-daqiqa. Deyarli yo'q joydan Roman Yaremchuk himoyachini chalg'itishga muvaffaq bo'ldi va kuchli zarba yo'llagandi, lekin biroz noaniq.
85-daqiqa. O'zgarish! Vitaliy Mikolenko o'rnini Artem Besedinga bo'shatib berdi.
84-daqiqa. Raqibi chaqqonroq chiqqan va to'psiz qolgan Zinchenko maydonda yotibdi.
Kievning Dinamo"si yana bir azosi maydonga tushishga tayyor turibdi. Unga Andrey SHevchenko oxirgi ko'rsatmalarni bermoqda.
76-daqiqa. Marsel Zabicer chap qanotdan jarima maydoniga yaqinlashib bordi va zarba berdi, lekin himoyachiga tekkan to'p, maydonni tark etdi.
74-daqiqa. Ikki futbolchi bir-birini tushunmagani sabab, Avstriyaning hujumi yakuniga etmay qoldi.
72-daqiqa. O'zgarish! Yo'q, Laymer o'yinni davom ettirolmaydigan bo'ldi va uning o'rnini SHtefan Ilzanker egalladi.
71-daqiqa. Konrad Laymer yordamga muxtoj bo'lib maydonda yotibdi.
68-daqiqa. O'zgarish! Nikolay SHaparenko o'rniga Marlos o'yinga qo'shildi.
64-daqiqa. Ukraina qanchalik urinmasin, raqib darvozasi tomon yo'l topa olmayapti.
61-daqiqa. Yana o'sha Layner bosh rolda. Bu safar futbolchining "faolligi" sabab, to'pni sal qolsa, o'z darvozasiga yo'llab qo'yardi.
58-daqiqa. O'ng qanot himoyachisi Layner ajoyib reydni amalga oshirdi, lekin Arnautovichga oxirgi uzatma umuman o'xshamadi.
55-daqiqa. Andrey Yarmolenko to'p bilan oldinga o'tdi, lekin xavfli vaziyatgacha ish etib bormadi.
52-daqiqa. Tezda javob hujumiga oshiqqan Ukraina burchak zarbasi ishlab oldi. Lekin standart vaziyatdan keyin yakuniy zarbani beradigan futbolchi topilmadi.
51-daqiqa. Ksaver SHlager jarima maydoniga kirib o'tirmay zarba yo'lladi Georgiy Bushan to'pni ushlab oldi.
48-daqiqa. Ukrainaning navbatdagi hujumi davom etayotgan bir pallada, jarima maydoni markazida Xintereger va Yaremchuk to'qnashib, maydonga yiqilishdi.
Ukraina darhol hujumga o'tdi va jarima zarbasini amalga oshirdi. Zinchenkoning standartdan uzatgan to'pini himoyachilar qaytarishga erishdi.
46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!
O'zgarish! Ruslan Malinovski o'rniga Viktor Cigankov o'yinga qo'shildi.
Futbolchilar maydonga qaytishmoqda.
SHu pallada hakamning birinchi bo'lim yakunlanganini bildiruvchi hushtagi yangradi va jamoalar tanaffusga yo'l olishdi.
45+3-daqiqa. Ukraina so'nggi soniyalarda burchak zarbasi ishlab oldi, Juneyt CHaqir uni amalga oshirish imkonini berdi, lekin uzatmadan keiyn Konrad Laymer xavfni bartaraf etdi.
45+2-daqiqa. Avstriya sezilarli ustunlikka erishmoqda, vaziyatlar yaratilyapti, lekin hozircha faqatgina bitta gol urildi. Bunda ayniqsa Marko Arnautovichning xissasi katta. Hozir ham Marko Zabicerning uzatmasidan keyin juda bo'sh harakat qildi hamda to'pni raqib posboniga sovg'a qildi.
45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.
43-daqiqa. O'ng qanotdan rivojlangan tezkor hujumdan keyin Marko Arnautovich 10-15 metrlar masofadan darvozani aniq nishonga ola bilmadi.
37-daqiqa. Marko Arnautovich darvozabon Georgiy Bushan bilan to'qnashib, o'ziga kelishi biroz vaqt talab qildi.
35-daqiqa. Xintereger qaltis vaziyatda Yaremchukka qarshi ishonchli o'ynadi.
33-daqiqa. O'zgarish! Boshidan zarba qabul qilib, o'yinni davom ettira olmasligi aniq bo'lgan Kristof Baumgartner o'rniga Alessandro SHopf maydonga tushirildi.
29-daqiqa. Xavfli vaziyat! Uzoq davom etgan hujumni SHaparenko zarba bilan yakunlashga qaror qildi, Baxmann to'pni qaytardi, hammadan birinchi bo'lib, darvozaga yaqin kelgan Yarmolenko esa xarchand urinmasin to'pga eta olmadi.
28-daqiqa. To'plar farqi "minusga ketgan" Ukraina vaziyatni o'nglashga kirishdi chog'i.
25-daqiqa. Alaba to'p uchun kurashda Aleksandr Karavaevga nisbatan qo'pol o'ynadi.
Eslatib o'tamiz, ushbu guruhda ikkinchi o'rinni olgan jamoa Italiyaga to'qnash keladi.
Bir qarashda bugungi raqiblar ikkinchi o'rindan "qochishlari" kerak edi, ammo hujumkor futbolda yakunda golga aylandi. Hozircha Avstriya hisobda oldinga chiqib oldi.
21-daqiqa. GOOOOOL! Navbatdagi burchak zarbasi, Alabadan uzatma va Kristof Bamugartner hisobiga gol yozdirib qo'ydi.
18-daqiqa. Ukraina termasi azosi burchak zarbasini amalga oshirdi. Grillich va Zabarniy yordamga muxtoj, maydonda yotibdi. Hakam shifokorlarni chorladi.
16-daqiqa. Marko Arnautovich zarba yo'llashga imkon topdi, ammo himoyachiga tekkan to'p maydonni tark etdi. Burchak zarbasidan bu safar ham samara chiqmadi.
14-daqiqa. Maydon markaziga yaqin hududda Ruslan Malinovskiyga nisbatan qoida buzildi.
10-daqiqa. Konrad Laymer faollik ko'rsatmoqda, lekin hozircha chinakamiga xavfli vaziyat yuzaga kelmadi.
Alabaning uzatmasidan keyin darvozabon to'pni yana maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
2-daqiqa. O'yindagi birinchi burchak zarbasini Avstriya amalga oshiradigan bo'ldi.
1-daqiqa. O'yin boshlandi.
Ukraina – Avstriya
21.00, "Buxarest Milliy stadioni"
Ukraina – Bushhan, Matvienko, Mikolenko, Karavaev, Zabarnyy, Zinchenko, SHaparenko, Malinovskiy, Sidorchuk, Yarmolenko, Yaremchuk.
Avstriya – Baxmann, Xinteregger, Dragovich, Alaba, Layner, Zabitcer, SHlager, Laymer, Baumgartner, Grillich, Arnautovich.
Ukraine |
EURO Grp. C . 3-tur 21/06/2021, 22:00 1
:
0
Tugadi
|
Austria Christoph Baumgartner - 21' |
Stadion: Arena Nationala, 10472 tomoshabin
Bosh hakam: Cuneyt Cakir
Fikrlar