So’nggi yangiliklar

20:48Пике "Реал"нинг ҳакамликдан эътирози ҳақида: "Мадридликлар тарихидаги энг зўр гол офсайддан урилган"  0 19:47"Наполи" нега Гарначони харид қила олмагани маълум бўлди  0 19:15"Ризеспор" — "Анқарагучу". Алиқулов асосий таркибда  1 18:58"Сабаҳ" — "Сумқайит". Озарбайжондаги "ўзбек дербиси" учун таркиблар маълум  3 18:23"Ливерпуль" ван Дейкка ўринбосар топди  2 17:58Ўзбекистон аёллар футзал терма жамоаси Тошкентда йиғинга киришди  0 17:23Расман: Дилшод Комилов — "Қизилқум" ўйинчиси  3 17:04Элит ОЧЛ. "Пахтакор" кейинги босқичга чиқиш имконияти қандай?  24 16:58"Манчестер Юнайтед" яна Шоуни йўқотди  6 16:23Тошлоқда "Фарғона вилояти ҳокими кубоги-2025" мусобақаси старт олди  3 16:01"Милан" Феликснинг ўрнига "Барселона" ўйинчиси билан шартнома имзоламоқчи эди  3 15:35"Манчестер Юнайтед" Гарначо ва Майнуни сотишга тайёр  5 15:02Араухонинг товон пули қанчалиги маълум бўлди  0 14:34Дэвиснинг агенти: "Реал" билан музокаралар олиб бордик"  0 14:04Ўзбекистон U-17 Осиё кубогига тайёргарлик доирасида Тошкентда ўқув-машғулот йиғинига киришади ва 8 февралда Туркиядаги турнирга йўл олади  2

Evro-2020. Turkiya - Italiya o'yinigacha. Asosiy tarkiblar malum! Yangiliklar

Evro-2020. Turkiya - Italiya o'yinigacha. Asosiy tarkiblar malum!

Bugun orziqib kutilgan Evropa chempionati-2020 start oladi.

Evro-2020 haqidagi barcha yangiliklar va qiziqarli faktlarni ushbu sahifa orqali kuzatib borishingiz mumkin.


YANGILASH

22:50. Demak, asosiy tarkiblar malum bo'ldi!

Turkiya - 23. Ugurjan CHaqir, 2. Zeki CHelik, 3. Merix Demiral, 4. CHaglar Soyunju, 5. Okay Yokushlu, 6. Ozan To'fon, 9. Kenan Karaman, 10. Xoqon CHalxanoglu, 11. Yusuf Yaziji, 13. Umut Merash, 17. Burak Yilmaz.

Italiya - 21. Janluijji Donnarumma, 3. Jorjo Kellini, 4. Leonardo Spinaccola, 5. Manuél Lokatélli, 8. Jorjino, 10. Lorénco Insíne, 11. Domeniko Berardi, 17. CHiro Immboile, 18. Nikolo Barella, 19. Leonardo Bonuchchi, 24. Alessandro Florenci.

21:54. Turkiya terma jamoasi ustozi SHenol Gyunesh hamda "Skuadra Adzurra" bosh murabbiyi Roberto Manchini musobaqa g'olibiga beriladigan kubok bilan...

21:30. Uchrashuv startiga qadar 2,5 soat qoldi.

21:20. Roberto Manchini murabbiylik faoliyatini 2000-2001 yilgi mavsumda boshlagan. O'shanda u "Fiorentina"ni boshqarayotgan turk futboli afsonasi Fotih Terimni almashtirgandi. Mavsum yakunida "binafsharanglilar" Italiya kubogida zafar quchishgan. SHundan keyin "Fiorentina" boshqa sovrin yutolmadi. 


20:56. Tibo Kurtua: "Belgiya Evropa chempionatini yutmoqchi"         


20:50. Robert Levandovski darvoza qolib TELEFONlarni nishonga olishni boshladi



20:27. Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini 

Biz qiyin guruhdamiz. Bunday turnirlarda kuchsiz jamoalarni topish juda qiyin. Barcha uchrashuvlar og'ir kechadi. Quradan keyin guruh oddiy tuyulishi mumkin, ammo bugungi futbol juda o'zgargan. Hozir har bir jamoa taktik, texnik va jismoniy jihatdan yaxshi tayyorgarlikka ega. Bu guruhda bizga oson bo'lmaydi.

Turkiya kuchli jamoa. Ular jismoniy va texnik jihatdan kuchli o'yinchilarni birlashtirgan. Turklar sezilarli yutuqlarga erishdilar. Xuddi shu sifatlarni SHveycariya va Uels uchun ham qo'llash mumkin.


20:22. UEFA.com prevyusi. Turkiya - Italiya        

20:04. Davron Hoshimov Evro-2020 va milliy jamoa haqidagi savollarga javob berdi        

18:25. Belgiya terma jamoasi yarim himoyachilari Aksel Vitcel va Kevin de Bryuyne Evro-2020 doirasida Rossiyaga qarshi o'ynashmaydi. Futbolchilar o'yinga uchib ketishmadi va Belgiyada jarohatlarini tiklashni davom ettirishadi.


17:08. So'rovnomada ishtirok eting 



17:05. Evro-2020. Dastlabki tur o'yinlari uchun taxminiy tarkiblar


16:15. Rimdagi "Olimpiko" stadioni o'yinga tayyor 



15:11. Video. Evrokundalik. Turkiya - Italiya - ochilish o'yini haqida         

15:04. Evro-2020'ning ochilish o'yiniga D. Imomxo'jaevdan prevyu         

14:38 - Rossiya terma jamoasida yo'qotish. Andrey Mostovoyning koronavirusga topshirgan testi ijobiy chiqqani bois uning o'rnini Roman Evgenev egalladi.

14:37 - "Olimpiko" stadionidan onlayn foto 


14:05 - AGMK azolari Evropa chempionatida kimga muxlislik qilishadi?

13:58 - championat.asia sayti xodimlari Evro-2020'da qaysi termaga muxlislik qilishadi?


13:23 - "Faraz": Francuzlarsiz qolgan Franciya. Bugun futbol bo'yicha Evropa chempionati bahslari start oladi. Biz esa turnirning asosiy favoriti sifatida qaralayotgan Franciya terma jamoasiga to'xtalishga qaror qildik. Xorijiy manbalar materiallari asosida tayyorlangan dasturni tomosha qilib, Dide Desham shogirdlarining bo'lajak natijalari, francuz futbolining asl kuchi haqida malumot olishingiz mumkin. VIDEONI KO'RISH


13:06 - Boku ko'chalaridan biridagi holat 






13:05 - Germaniya terma jamoasi azolari velospiedda sayr qilib kelishdi


12:50 - Musobaqaning ochilish o'yini o'tadigan "Olimpiko" stadioni bahsga tayyor


12:30 - Evropa chempionati kubogi bugun Rimda. Tunda ushbu shaharda musobaqaning ochilish o'yini bo'lib o'tadi.



11:15 - Etiboringizga shu vaqtgacha o'tkazilgan barcha 15ta Evropa chempionatining ochilish uchrashuvlarining natijalarini havola qilamiz.

00:15 -  Ushbu turnirda ham futbolchilar o'yin startini beruvchi hushtakdan oldin tizzada o'tirishlari kerak bo'ladi. Ammo bunda shotlandiyaliklar qatnashmaydi. Xabarlarga ko'ra, mamlakat fuqarolari ushbu akciyadan hech qanday mano yo'q deb hisoblashgan va ularning xohishiga ko'ra ushbu qarorga kelingan.


10 iyun:

23:31 - Uels - SHveycariya o'yinini Kleman Tyurpen (Franciya), Daniya - Finlyandiya o'yinini Entoni Teylor (Angliya) va Belgiya - Rossiya bahsini Antonio Mateu Laos (Ispaniya) brigadasi boshqarib boradi.

22:14 - Superliga va Pro-liga klublari matbuot kotiblari Evro-2020 haqida o'z fikrlarini bildirishdi.

21:45 - Belgiya terma jamoasi: musobaqa qaydnomasidan o'rin olgan futbolchilar 42 ming evrodan olishi kafolatlangan. Guruhdan chiqish – 90 ming evro. CHorak final 170 ming, yarim finalga yo'l olgani uchun har bir o'yinchi 290 ming evro oladi. Final – 370 ming evro. Musobaqa g'olibligi uchun esa terma azolariga 435 ming evrodan vada qilingan.

19:48 - Evropa chempionati o'tkaziladigan 11ta stadion haqida malumot.

15:55 -  Futbol bo'yicha dastlabki Evropa chempionati (Evropa millatlari kubogi) - o'shanda Evropa terma jamoalari o'rtasidagi norasmiy chempionat sifatida tarixga kirgan. Turnirning final qismi 4 ta jamoa ishtirokida Franciyada bo'lib o'tgan. Parijdagi finalda Yugoslaviyani qo'shimcha vaqtlarda 2:1 hisobida mag'lub etgan Sobiq Ittifoq terma jamoasi ilk chempionga aylangan.

15:40 - Evro-2020 starti arafasida Superliga murabbiylaridan ajoyib bahs-munozara bilan tanishing.

13:34 - Afsuski, ushbu musobaqani jarohat sabab Ansu Fati, Virjil van Deyk, Serxio Ramos va Mark-Andre ter SHtegen kabi mashhur futbolchilar o'tkazib yuborishadi. Evroni o'tkazib yuboradigan eng mashhur futbolchilar ishtirokidagi ramziy jamoa bilan tanishing.

12:56 - Bugungi Turkiya - Italiya o'yini haqidagi eng qiziqarli faktlar bilan tanishtiramiz. Bu jamoalar Evropa chempionatida ikkinchi bor to'qnash kelishadi. Ilk to'qnashuv 2000 yilda sodir bo'lgan. O'shanda Dino Zoff boshchiligidagi italyanlar Mustafo Denizli boshchiligidagi turklarni 2:1 hisobida taslim qilishgan, bundan tashqari bu jamoalarga aloqador boshqa bir nechta faktlar bilan tanishishingiz mumkin.

12:01 - Evrodagi eng qimmat futbolchi Franciya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappedir, uning transfermarkt'dagi bahosi 160 million evroga teng. Kuchli o'nlik bilan ham tanishishingiz mumkin.

11:26 -  Turkiya hamda Italiya termalari ishtirokidagi uchrashuvni niderlandiyalik Danni Makkelli boshqarib boradi. U oldinroq, Ronalduning toza golini hisobga olmagani bilan tanilgandi.


9 iyun:

21:27 - Bugun boshlanadigan Evro bizga qanday kashfiyotlarni taqdim etadi. Biz ularni taxmin qilib ko'rdik.

19:54 - Super kompyuter barchani hayron qoldirdi. Uning taxmini ko'ra, musobaqa g'olibi CHexiya bo'ladi, bu ham etmaganidek, ular final daniyaliklarni taslim etishar ekan.

15:40 - Championat.asia va olamsport sayti xodimlari ushbu musobaqa uchun o'z taxminlari bilan o'rtoqlashishdi.


8 iyun:

22:08 - "Ular shunchaki favorit emas, super-favorit. "Favorit " so'zi ham etarli emas. Franciya jahon chempionligini qo'lga kiritdi", - Arsen Venger.


6 iyun:

22:02 - Evro-2020 murabbiylari qancha maosh olishadi? Birinchi o'rinda Yoaxim Lyov (to'liq ro'yxat).

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика