So’nggi yangiliklar

09:00Криштиану Роналду самарадорлигининг учта сирини ошкор қилди  2 08:31Аббосбек Файзуллаев айни вақтда ЦСКАдаги мотивацияси нима эканлигини маълум қилди  0 08:04Тен Хаг МЮнинг АПЛнинг янги мавсумидаги илк учрашувидан сўнг нималар деди?  1 07:33ОЧЛ-2. "Насаф"нинг ўйинлар тақвими билан танишинг  3 04:04Футзал. ЖЧ-2016. Ўзбекистоннинг дебюти, кўзи ожиз болакайга қилинган совға ҳамда "футзал Пелеси"нинг хайрлашуви ҳақида ҳикоя қиламиз  0 02:35АПЛ. "Манчестер Юнайтед" - "Фулхэм" 1:0, 42 миллионлик трансфер гол урди  1 02:31ЛаЛига. "Севилья" дуранг билан бошлади  0 01:53АПЛ. "Манчестер Юнайтед" янги футболчисининг голи эвазига мавсумни ғалаба билан бошлади  23 01:49Франция чемпионатига старт берилди: ПСЖ мавсумни сафардаги "қийин" ғалаба билан бошлади  1 01:45Германия Кубоги. "Бавария" катта қийинчиликсиз кейинги босқичга йўл олди (+ВИДEО)  0 01:16Энцо Мареска таркибда 43 футболчи борлиги ҳақида: "Бизга яна футболчилар керак"  11 00:50Ўзбекистон футзал термаси Португалияга мағлуб бўлди  2 00:36Расман: Шакири собиқ жамоасига қайтди  2 00:13Фарҳод Нуруллаев: "Бугун қарши ҳужумда ўйнаб, натижага эришишни мақсад қилгандик"   2 23:36Эрон. Машарипов ва Юсупов жамоалари мавсумни ғалаба билан бошлади  2

EVRO-2016. O'zgarishlar va kuchga kiradigan o'yin qoidalari Yangiliklar

EVRO-2016. O'zgarishlar va kuchga kiradigan o'yin qoidalari

Teglar :  Evro-2016Malumotlar
Franciyadagi Evropa chempionati nafaqat turnir formati, balki o'yinlar chog'ida qabul qilinadigan qarorlarning turlicha ekani bilan ham avvalgi chempionatlardan farq qilishi kutilmoqda.

Futbol associaciyalari xalqaro majlisi bir qator qoidalarni o'zgartirish haqida qarorga keldi va Evropa chempionatidan boshlab bu qoidalar kuchga kiradi. SHu o'rinda biz eng etiborni tortadigan 10 o'zgarishni eslatib o'tamiz.

Futboldagi eng asosiy qoidalar 153 yildan beri o'zgarmay keladi. Faqat qo'shimcha turli jihatlar va bazi holatlarning tatbiq etilishi borasida o'zgarishlar yuz berib turadi. Qoidalarga o'zgartirish kiritish huquqiga futbol associaciyalari xalqaro majlisi ega bo'lib, uning tarkibiga Angliya, SHotlandiya, Uels va SHimoliy Irlandiya, shuningdek, FIFAning 4 nafar vakili kiritilgan. 2016 yil bahorda tashkilot yangi qoidalarni rasman elon qildi.

O'YINNI BOSHLASH
Uchrashuvni boshlash uchun jamoalardan biri to'pni maydon markazidan o'yinga kiritadi. Hozirgacha ilk teginish faqat oldinga bo'lishi kerak edi. Endi esa o'yinni boshlayotgan futbolchi to'pni istalgan tarafga yo'naltirishi mumkin.

O'YINNI FUTBOLGA BOG'LIQ BO'LMAGAN HOLATDA TO'XTATISH
Har bir sport turida bo'lgani singari futbolda ham turlicha ko'zda tutilmagan to'xtalishlar ro'y beradi. Ko'p marta hakamlar uchrashuvni joyidan siljigan burchakdagi bayroq yoki o'yinchilarning liboslarini tartibga keltirishi uchun to'xtatishganiga guvoh bo'lganmiz. Yangi qoidada bunday sababga ko'ra o'yinni to'xtatish mumkin emas. SHunday holat yuzaga kelgan taqdirda hakam bu to'g'rida uchrashuv nazoratchisiga xabar beradi.

O'YINDAN TASHQARI HOLATNI QAYD ETISH
Ko'p yillardan beri futbolda o'yindan tashqari holatda qolib ketgan futbolchi tufayli belgilangan erkin zarba qaerdan ijro etilishi borasida turli qo'llanmalar mavjud edi. Endi esa bunday vaziyatlarda to'p futbolchi o'yindan tashqari holatda to'pni qaerdan qabul qilgan yoki to'p uchun faol kurashgan joydan o'yinga kiritib berilishi ko'zda tutilgan.



FUTBOLCHINING MAYDONGA QAYTISHI
Jarohat olib maydondan chiqqan futbolchi o'yinga qaytishi uchun bosh hakamning ruxsatini kutib turishi, bazida to'p maydondan tashqariga chiqquncha kutganini etarlicha kuzatganmiz. Tomonlardan biri shunday vaziyatda to'p o'tkazib yuborgan taqdirda hakamga etirozlar ham bildirilgan. Bu yog'iga maydon tashqarisidagi futbolchi to'p o'yinda bo'lgan holatda to'rtinchi hakamning ruxsati bilan o'yinga qayta oladi.

O'YINGACHA QIZIL KARTOCHKA
Hozirgacha hakamlar futbolchilarni o'yin boshlangandan keyingina qizil kartochka bilan jazolash imkoniyatiga ega edilar. Yangi qoidada jamoalar stadionga etib kelgandan keyin hakamlar ularning o'zini tutishini baholashga sharoit yaratadi. Hakam uchrashuv boshlangunga qadar o'yinchini chetlatish huquqiga ega. Faqat bunday vaziyatda o'sha o'yinchi o'rniga boshqa futbolchi qaydnomaga kiritiladi.

TIBBIY YORDAM OLISH
Ayni paytda maydonda tibbiy yordam olgan futbolchi bu jarayon to'xtagach, maydondan chiqib, keyin qaytib kirishi lozim. Endi esa qoidabuzarga sariq yoki qizil kartochka ko'rsatilgan holatda jabrlangan o'yinchi maydonda tibbiy yordam olgach, bemalol o'yinni davom ettirishi mumkin. Uning maydondan chiqishi talab etilmaydi. Bu qoida jamoalardan biri qisqa vaqt son jihatdan ustunlikka ega bo'lishining oldini olish maqsadida kiritildi.



MAYDONDAN TASHQARIDAGILARNING O'YINGA TA'SIRI
Avval zaxiradagi futbolchi yoki klub xodimi raqibning xavfli hujumi paytida vaziyatga tasir qilib, hujumni to'xtatsa, o'sha joydan erkin jarima zarbasi yoki bahsli to'p o'yinga kiritilardi. Bu esa qoida buzgan jamoaga engillik berilishi bilan teng sanalardi. Bundan buyon hakam shunday vaziyatlarda jarima zarbasi yoki qoida buzish jarima maydoni ichi va undan keyin sodir etilsa, penalti belgilaydi.

O'YINDAN KEYINGI PENALTILAR
Penalti tepuvchilar soni tenglashtiriladi. O'yindan keyingi penaltilar seriyasida oldingi qoidaga ko'ra, maydondan chetlatilgan futbolchining jamoasi zarbalarni ijro tepishda bir nafarga kamayib qolardi. Endi esa har ikki jamoa tarkibi tenglashtirib qo'yiladi. Yani, raqibdan biror futbolchi penaltilar tepishda ishtirok etmaydi. Bu seriyaning ketma-ketlikda davom etishini taminlaydi.

BURCHAK BAYROQLARIDA LOGOTIPLAR
Avval burchakdagi bayroqlarda klub razmi va logosi aks etishi taqiqlangandi. Bu yog'iga mezbon jamoa bemalol o'z logotipini bayroqlarga joylashtirishi mumkin. Oldin ham ko'plab jamoalar o'z ramzlarini joylashtirib kelardilar. Bu rasman amalga oshirsa bo'ladigan ishga aylantirildi.



RAQIBGA MAYDONDAN TASHQARIDA MUAMMO YARATISH
Ayni paytgacha ikki jamoadan futbolchilar maydondan tashqariga chiqqan paytda ulardan biri boshqasiga o'yinga qaytishga xalal bergan taqdirda hakam qoidabuzarga sariq yoki qizil kartochka ko'rsatib, bahsli to'pni o'yinga kiritishga qaror qilardi. Endi qoida qaerda buzilganiga qarab jarima zarbasi yoki penalti belgilanishi ehtimoli ham mavjud.


Behzod Nazarov

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика