So’nggi yangiliklar

12:50ФИФА рейтингида биринчи ўринда кетаётган Бразилия терма жамоаси ҳақида нималар маълум?  1 12:23Барчанинг иштаҳасини очиб юборган 8.5 та ўрин, биз ёлғиз эмасмиз!  5 12:07Пике Ламин Ямалнинг майдондаги хатти-ҳаракатларини эътироф этди   1 11:40Хоселу: "Карвахаль "Олтин тўп"га лойиқ"  1 11:16Яқин ўтмиш юлдузи Хуан Мата "яшил қитъа"га йўл олди  1 10:55Футзал. Бугун дунёнинг энг кучли термасига қарши баҳс олиб борамиз  7 10:27Футзал. Парагвай терма жамоаси Тошкентга етиб келди  2 09:55Жаҳон чемпиони Роналдунинг жамоадошига айланиши мумкин  14 09:26"Реал Мадрид"нинг яна бир асосий таркиб футболчиси ФИФА кунларида жароҳат олди  7 09:10Миллатлар лигаси. Португалия - Хорватия, Роналду терма жамоа сафидаги 131-голини урди  3 08:58Дахшатли нархлар. "Барселона" мухлисларга футболкаларни тарихдаги энг қиммат нархларда сотмоқда   4 08:30ЖЧ саралаши. Аргентина - Чили, Аргентина ўз уйида йирик ғалаба қозонди, Ди Мария терма жамоа билан хайрлашди  4 08:26Машариповнинг голи, Юсуповнинг қаҳрамонлиги. Ўзбекистон - КХДР учрашувидан ГАЛEРEЯ  3 07:59Роналду: "Португалиянинг Евро-2016даги ғалабаси жаҳон чемпионатидаги ғалабага тенг"  32 07:28Миллат қаҳрамонлари! ФИФАнинг энг кучсиз жамоаси тарихида илк бор расмий учрашувида ғалаба қозонди  8

Evro-2016. "D" guruhi tahlili Yangiliklar

Evro-2016. "D" guruhi tahlili

Franciya yashil maydonlarida davom etayotgan Evropa chempionatining "D" guruhiga batafsil to'xtalib o'tamiz.

Quyida "D" guruhiga batafsil to'xtalib o'tamiz.

Xorvatiya – 7 ochko
Etakchilar: Ivan Perishich, Ivan Rakitich, Luka Modrich, Dario Srna
O'yini chiqmagan yulduz: Mario Manjukich

Dastlabki turda Xorvatiya Fotih Terim jamoasiga qarshi bahs olib borishdi. O'yindagi katta ustunlikka qaramay, nominal mehmonlar faqat Luka Modrichning goli bilan kifoyalanishga majbur bo'lishdi.



Takidlab o'tish joiz, yarim himoyachining zarbasi ajoyib bo'ldi. Ivan Perishich, Ivan Rakitich va o'sha Modrich yaratgan ko'plab vaziyatlarda to'p Vulqon Bobojonning darvozasiga kirishni istamadi. To'p-ku, “vulqon”dan qo'rqdi, ammo xorvatlar qo'rqmadi, yakunda hisob 1:0 va Xorvatiya turnirdagi dastlabki uch ochkoni qo'lga kiritdi. 

Ikkinchi tur. CHexiya – Xorvatiya 2:2. SHuni o'zi etarli, hammasini o'zingiz ham tushundingiz degimiz keldiyu, ammo yo'q. Nazarimizda Evro-2016 ning eng yorqin o'yinlaridan biri, agar eng qiziqarlisi bo'lmasa. 

Xorvatlar yana kuchga to'lgan, ketma-ket hujumlar. Bosh rollarda yana o'sha Perishich, Modrich, Rakitich. 37-daqiqada Perishich 1:0, 59-daqiqa Rakitich 2:0. Hamma-hammasi Ante CHachich jamoasining ishonchli g'alabasiga qarab ketayotgandi. Lekin, ammo, biroq raqibning fikri sal boshqacharoq bo'lib chiqdi. O'yin taqdiri hal bo'ldi deb, murabbiy 62-daqiqada Luka Modrichni maydondan oladi. To'g'ri, Modrich raqib hujumini bevosita qaytaruvchi markaziy himoyachi, yoki o'z jamoasining gollariga mualliflik qiluvchi mmarkaziy hujumchi emasdir, lekin aynan maydon markazi qanchalik ahamiyatli ekanini Rossiya termasi misolida kuzatdik ushbu turnirda. Xullas, Modrich ketti, u uchun o'yin tugadi, ammo chexlar uchun o'yin o'sha daqiqalardan boshlandi chog'i. Ikkita o'yinchi almashtirilishi, 76-daqiqada Rosickiyning pasidan Milan SHkoda gol urib, farqni qisqartirganda ham xorvatlar hotirjam edi. O'yin tugashiga sanoqli daqiqalar qolgan bir pallada, xorvatiyaliklar tribunasida to'polon boshlandi. O'zaro urushgani etmagan muxlislar, janjalga “halaqit qilgan” “pitarda”larni maydonga uloqtirib yuborishdi. Bittasi xattoki stadion xodimining oyoqlari ostiga tushdi va “mazasini qochirib qo'ydi”. Hakam o'yinni to'xtatishga qaror qildi, Dario Srna, Ivan Rakitich kelib muxlislardan tinchlanishni iltimos qilishdi. O'sha pallada, televizor qarshisidan: “jamoang yutib turibdi, ikki o'yinda 6 ochko, sizlarga yana nima etmayapti” deganlar ham bo'lgani aniq. Malum muddat tanaffusdan so'ng o'yin yana davom etdi. U bo'ldi, bu bo'ldi, 90+2-daqiqada Domagoy Vida o'z jarima maydonchasida qo'li bilan o'ynagani uchun Klattenburg penalti belgiladi. Tomash Necid kuchli va aniq zarba berib muvozanatni tiklagandan keyin, CHachich “cha-cha-cha” raqsiga tushib kettiyov. Faqat xursandchilikdan emas, natija xavotirida. 1 daqiqada yana ikkita himoyachini o'yinga tashladi va bir amallab durrang natijani saqlab qoldi. Ishonchli g'alaba o'rniga, arang erishilgan durrang.



Uchinchi tur. Evropa chempionalariga qarshi bahs. Amaldagi chempion ham 6 ochkoga egga va jamoalar kim birinchi o'rindan pley-offga chiqishini hal qiladigan o'yin. Ispanlarni durrang ham qoniqtirardi. “Qizil furiya” shunday o'ynadi ham. Avvalgi o'yinlarda asosiy tarkibda tushgan besh nafar futbolchiga dam bergan Xorvatiya termasi ustozi, galdagi raqib o'yinini obdon o'rganganini amalda isbotlay oldi. 7-daqiqada hozircha musobaqa to'purari Alvaro Morata hisobni ochdi. Bir zumda o'tib ketgan taym so'ngida esa, Nikola Kalinich muvozanatni qayta tikladi. 

Ikkinchi bo'limni yana Del Boske shogirdlari faolroq boshladi. Qator hujumlar o'z natijasini bermay qolmasligi aniq edi va 72-daqiqada David Silvaga qarshi ishlatilgan qo'pollik uchun hakam o'n bir metrlik jarima belgiladi. Zarbani Inesta bermoqchi bo'lib turgandi, biroq Serhio Ramos jamoadoshi yoniga keldi va “bu safar men tepa qolay” dedi. Andreas yo'q demadi va Ramos to'pni nuqtaga o'rnatdi. Ispanlar zarbani kim berishini aniqlaguncha, xorvatlar, jumaladan, jamoa sardori Dario Srna va darvozabon Subashich, xattoki zahira o'rindig'idagi Luka Modrichni ham tinch qo'yishmadi. Madridda Ramosning zarbalarini ko'p ko'rgan va bilgan Modrich sirni Srnaga etkazdi, himoyachi esa darvozabonni zarba qanday amalga oshirilishidan xabardor qildi. Xattoki Subashichning kulib yuborganidan ham bo'layotgan ishlarni anglash qiyin emasdi. 

Hammasini chetdan kuzatib turgan faqat shhz ishining chinakam ustalari, operatorlargina emas, Buskets ham ekan. Tayanch yarim himoyachisi adashining yoniga keldi va bir nimalar deb ketti. Ammo Ramos o'z uslubini, zarbasini o'zgartirgani  yo'q va Daniel zarbani qaytardi. 

87-daqiqada esa yana o'sha Ivan Perishich De Xeaning xatosidan foydalandi va jamoasiga uch ochko taqdim etdi. Xorvatiya guruhda birinchi, ispanlar ikkinchi.

Barcha guruhlardagi o'yinlar yakunlangach shu aniq bo'ldiki, Xorvatiya 1/8 finalida Portugaliya bilan to'qnash keladi.   

Ispaniya – 6 ochko
Etakchi: Alvaro Morata, Andreas Inesta
O'yini chiqmayotgan yulduz: Sesk Fabregas

Dastlabki turda Ispaniya CHEXiyaga qarshi bahs olib bordi. Ha, ha, adashmadik aynan CHex va jamoadoshlariga qarshi. Yoshartirilgan tarkib, yangi o'yinchilar ko'pligiga qaramay Del Boskening imzosi o'sha o'sha edi. Qaerdadir nimadir etishmay, nimadir o'xshamasa ham, maqsad yaqqol ko'rinib turardi. To'p bilan muomala, raqibni butkul to'psiz qoldirish va yakunda gol. Lekin o'sha gol ha deganda raqib darvozasiga kiravermadi.

Amaldagi evropa chempionlari turli xil usullardan foydalib ko'rishdi va oxiri bosh bilan zarba samarali bo'ldi. 87-daqiqada Inesta to'pni jarima maydonchasiga havodan etkazib berayotgan vaqtda, diqqat markazida hujumchilar emas, markaziy himoyachilar edi. Pike va Ramos yonma-yon to'pga chiqib borishdi. CHaqqonroq harakat qilgan va to'pga yaqinroq bo'lgan Pikening yaqin masofadan bergan zarbasini endi Petr CHex ham qaytara olmasdi. Qiyin, ammo muhim g'alaba!

Ikkinchi tur. Dastlabki turda xorvatlarga imkoniyatni boy bergan Fotih Terim, Ispaniya bilan uchrashuvdan avval: “Turkiyaning asl kuchini mana endi ko'rasizlar” degandi. 


Lekin 1-o'yindan keyin televizorini sindirgan o'sha turkiyalik muxlis (internet tarmoqlarida tarqalgan videolavhani ko'rgan bo'lsangiz ajabmas), bu safar ham xursand bo'lmagani aniq. Ko'pchilik murosasiz bahs, qiziqarli o'yin kutib turgandi, Morata va Nolito barchasini chippakka chiqardi. 34-daqiqada ikkinchisining pasidan birinchisi, 37-daqiqada ikkinchisining o'zi gol urib qo'ydi “xumparlar”. Ne-ne umidlar bilan Evroga kelgan Arda Turon va jamoadoshlari Ispaniya va Xorvatiya kabi jamoalar bilan kurashishga hali borligini o'sha daqiqalarda tushungan bo'lsa kerak. Turklar hech nima qilmadimi dersiz, ular butun o'yin davomida raqib darvozasi tomon birorta aniq zarba bermagan bo'lsalarda, qaydnomaga kirish yo'lini topishdi. Gol urishi kerak bo'lgan Burak Yilmaz va unga to'pni etkazib berishi zarur bo'lgan Ozan Tufan (o'zi To'fon deb ism qo'yishgan, shunchaki pasport stolida adashib ketshgan bo'lsa kerak) sariq kartochka olib tarixda qolishdi.
Ikkinchi bo'lim boshida har extimolga qarshi Alvaro Morata yana bitta gol urdi va shu hisob uchrashuv yakunlangunigacha o'zgarmadi. 3:0 – guruh bosqichidagi eng yirik g'alaba va uni ispan o'g'lonlari qo'lga kiritishgani etiborga loyiq.



Ikkinchi o'rindan pley-offga chiqqan “qizil furiya” Konte jamoasiga qarshi bahs olib boradigan bo'ldi. So'nggi chempionat finalchilari Ispaniya va Italiya avval Evropa chempionatida bo'lmagan bosqichda to'qnash keladi. Imkoniyatlar 50% - 50%.

Turkiya – 3 ochko
Etakchi: balki chinakam etakchi emasdir, lekin yoshi va ko'rsatgan o'yini bo'yicha Emre Mor.
O'yini o'xshamagan yulduz: Arda Turan, Hakan CHalhanuglu, Burak Yilmaz va boshqalar. 


Turkiya – delegaciya azolari va jamoa muxlislari umuman boshqacha bo'lishini kutishgani aniq. Uchinchi turdagi CHexiya ustidan qozonilgan g'alaba ham Turkiyaga hech nima bermadi. Muxlislar ajoyibda, ochiqchasiga yomon o'tkazilgan ikki turdan so'ng, erishilgan g'alaba va uch ochko yana umid uyg'otdi. 


3-o'rindan bo'lsa ham, uyog'iga Germaniyami, Franciyaga tushsak ham mayli deb o'tirdi turk muxlislari. Mamlakat telekanallari va mutahassislarini nazarda tutyapmiz. Lekin hayotda doim ham sen xohlagandek bo'lavermaydi va Turkiya termasi uyiga ravona bo'ldi. Fotih Terim aytganidek jamoaning asl kuchi shu bo'lsa, keyingi yirik musobaqalar ham xursandchiliklarga boy bo'lmasligi aniq. A yo'g'e, yaqin turgan yirik musobaqalar Turkiya uchun umuman bo'lmasligi ehtimoli yuqori. Nega, deysizmi? Vaqtingiz bo'lganida saralash bosqichida Turkiya tushgan guruhga bir qarab qo'ying, o'zingiz tushunib olasiz.

CHexiya – 1 ochko
Etakchi:
Petr CHex, Tomash Rosickiy, Pavel Kaderjabek
O'yini o'xshamagan yulduz: Yaroslav Plashil, David Limberski   

3 ta o'yinda 1 ochko. Biroq hammasi unchalik yomon boshlanmagandi. Ispaniya bilan deyarli durrang, so'nggi daqiqalardagina o'tkazib yuborilgan gol. Xorvatiya bilan imkonsiz vaziyatda 0:2 dan, 2:2 va dastlabki ochko. Lekin 3-turda Turkiyaga qarshi bahsdan so'ng o'sha dastlabki deganimiz, yagona ochko bo'lib qoldi. 


Ha, yana bir qiziq holat: saralashning so'nggi bosqichida ham CHexiya va Turkiya bir guruhdan o'rin egallashgandi. O'shanda ham turklar uchinchi o'rinni band etgan. CHexiya esa 1-o'rindan Evroga chiqqandi. Turnirning final bosqichida turklar yana uchinchi, lekin birinchi o'rinni chexlargacha band qilib qo'yishgan ekan. Nima ham derdik, pley-offga barcha jamoalar chiqqanida, o'sha guruh bosqichining o'zi bo'lmasmidi. 


Ammo buning iloji yo'q va kimdir uyga qaytishi zarur. Bu safar o'sha kimdir CHexiya terma jamoasi futbolchilari bo'ldi. 

Kim uchundir g'alatiroq, kim uchundir ajoyib voqealar bilan esda qolyapti ushbu Evro. 


Payening qoyilmaqom zarbasi, o'yini unchalik o'xshamayotgan Pogba.

Debyutant Uels va uning tarixga kirgan etakchisi Beylning gollari. Guruhda birinchi bo'lmasa ham, ikkinchi o'rinni egallashi kutilgan, amalda esa “dabdalasi” chiqqan Rossiya termasi.

Guruh bosqichida umuman gol qo'yib yubormagan Germaniya va Polsha. Konoplyanka va Yarmolenkosi bor, biroq birorta gol ura olmagan Ukraina.

Qiynalib bo'lsa ham guruhdan chiqqan Belgiya-yu, uyiga ravona bo'lgan Ibragimovich.

Turnirdagi taqdiri Rossiyanikiga o'xshab ketgan, o'zi esa uyiga ketgan Avstriya termasi, omadi chopsa, 3-o'rinni olar, deyilgan, amalda hech kimga yutqizmay birinchi bo'lgan “vikinglar” va guruh bosqichida birorta g'alabaga erishmay pley-offga chiqqan, hamda bu orqali tarixga kirgan Portugaliya.

“O'yindan so'ng”, hakam qo'shib bergan daqiqalarda urilgan gollar va bu borada yangi rekord(lar) (hozircha Evropa chempionatlari tarixidagi “eng kech urilgan gol” Dmitri Payega tegishli – 90+6).

Xullas, chinakamiga katta turnir, tarixiy voqeaga guvoh bo'lyapmiz azizlar! Uning har bir lahzasidan zavq olaylik.

Pley-offda uchrashguncha! Futbol – bu o'yin. Asablaringizni asrang va yaqinlaringizni ehtiyot qiling!   


Omonjon To'xtamirzaev

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика