"Torino" bosh murabbiyini almashtirdi

12 iyun 2026, 20:24
Roberto D’Aversa "Torino" bosh murabbiyi lavozimini tark etdi.

50 yoshli mutaxassis joriy yilning fevral oyidan beri jamoani boshqarib kelayotgan edi.

Klub bu haqda o'z bayonotida shunday deydi:

"Torino" va Roberto D’Aversa kelasi mavsumda hamkorlikni davom ettirmaydi.

Klub D’Aversa va uning hamkasblariga kelgusi faoliyatida omad va muvaffaqiyat tilaydi".

"Torino" yangi bosh murabbiy nomini ham ma'lum qildi. Klub Inyacio Abate bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.

Ma'lumot uchun, "Torino" 2025/26 yilgi Italiya A Seriyasi mavsumini 12-o'rinda yakunlagan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/TorinoFC_1906