"Milan" "Torino" futbolchisining transferini e'lon qildi

Mirjalol Normatov
4 iyul 2025, 01:19
Samuele Richchi "Milan" futbolchisiga aylandi.

"Rossoneri" matbuot xizmati futbolchining "Torino"dan sotib olinganligini ma'lum qildi. Italiyalik futbolchi "Milan" bilan 4+1 ko'rinishida shartnoma imzoladi.

Oldinroq aytilganidek, klub futbolchining transferi uchun 23 mln evro to'lagan, shuningdek, yana 1,5 mln evro bonuslar tarzida vada qilingan.

Richchi o'tgan mavsumda A Seriyaning 34 o'yinida qatnashib, 1 tadan gol va assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: acmilan.com