Eshli Yang: “Penalti yo'q edi”
11 mar 2019 08:53
Yangiliklar


Eshli Yang: “Penalti yo'q edi”
MYU himoyachisi Eshli Yang “Arsenal”dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.
“Ko'plab vaziyatlarni yaratganimizni hisobga oladigan bo'lsak, hozirgi holat, natija bizni ranjitmoqda. Boshqa holatda biz bularning o'rnini qoplay olgan bo'lardik, biroq katta jamoalar xatolarni kechirmaydi. Darvozamizga belgilangan 11 metrlik jarima zarbasiga keladigan bo'lsak, menimcha, penalti yo'q edi. Bizda kuchli jamoaviy ruh borligini bilaman. Biz hammasini mavsum davomida o'zgartira oldik. Endi esa yana oldinga harakat qilish lozim”, —deydi Yang.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar