Turkiya klubi Masharipovga qiziqish bildirmoqda
06 jan 2023 19:46
Yangiliklar


Turkiya klubi Masharipovga qiziqish bildirmoqda
Evropa jamoasi transfer borasida "Al Nassr" bilan muzokara olib bormoqda.
Turkiyaning "Konyaspor" klubi "Al Nassr"ning o'zbekistonlik yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipovga qiziqish bildirmoqda. Bir nechta turk OAVlari jamoalar o'rtasida muzokaralar olib borilayotganini qayd etgan.
Eslatib o'tamiz, yaqinda "Al Nassr" safiga portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu kelib qo'shilgandi. Masharipov esa klub murabbiyi tomonidan bir necha o'yindan beri qaydnomaga kiritilmagandi. Ammo o'zbekistonlik futbolchi "Al Taee"ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshlaydi.
O’xshash yangiliklar
23:29
BAA Pro ligasi. "Al Bataeh" kutilmaganda "Sharja"dan ustun keldi, "Al Vahda"dan yirik g'alaba 0

Fikrlar