So’nggi yangiliklar

15:41Ҳожимат Эркинов собиқ клуби ҳакамларни сотиб олишда айбланиб чемпионатдан четлаштирилди  0 15:15Суперлига-2025. Биринчи даврада мураббийлар томонидан айтилган фикрлардан сара иқтибослар   1 15:01"Олимпик" вакиллари 2 ойдан бери маош олишмаяпти  2 14:53"Олимпик"ка бош мураббий тайинланди  4 14:33Маскерано: "Мен учун Месси – футбол тарихидаги энг яхши футболчи"  10 14:05ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон 55-ўринга кўтарилди  19 13:43"Шўртан" 4 нафар футболчиси билан хайрлашди  2 13:22Милитао: "Реал" учун қаттиқ ишлашда давом этиш муҳим"  6 12:53"Комо" "Манчестер Сити" футболчиси ҳуқуқларига эга чиқиши мумкин  1 12:25"Интер" "Челси" ҳужумчисини сотиб олмоқчи  1 11:57Алонсо Родригонинг захирада қолиб кетаётгани ҳақида: "Гап келажак ҳақида эмас, тактикада"  13 11:28Трамп КЖЧ финалига келади  4 10:55"Интер Майами" ғалаба қозонди, Лионел Месси эса кетма-кет тўртинчи ўйинда дубль қайд этди  22 10:51"Бавария" Бундеслигадаги рақобатчининг асосий футболчисини сотиб олмоқчи  1 10:22Виктор Гёкерешнинг "Арсенал"даги маоши маълум  3

Eshitdik-da: OFK Kubogida o'ynashi mumkin bo'lgan "Nasaf" tarqab ketishi mumkin Yangiliklar

Eshitdik-da: OFK Kubogida o'ynashi mumkin bo'lgan "Nasaf" tarqab ketishi mumkin

Teglar :  Nasaf
Bizga etib kelgan malumotlarga ko'ra bugun Qarshida mavsum oldi tayyorgarlikni boshlashi kerak bo'lgan "Nasaf" hamon moliyaviy muammolar iskanjasidan chiqa olmagan.

Avvalgi yig'inda kerakli tibbiy vositalarni o'z kissasidan olib mashg'ulotlarni davom ettirgan Ro'ziqul Berdiev va uning murabbiylar shtabi 2021 yilda ishlaydimi, yo'qmi, buni o'zlari ham bilmaydilar. Sababi klubdagi aksariyat xodimlar bilan shartnoma o'z yakuniga etgan. Murabbiylar har qancha qiyinchilikka chidashga rozi. Ammo shartnoma muddati tugagan futbolchilarning sovchilari juda ko'p va ular bu ahvolda "Nasaf"da faoliyatlarini davom ettirishlari so'roq ostida turibdi. CHunki klubda yangi mavsum uchun hech qanday sharoit yaratilmagan.

O'rinbosarlar tarkibi hali yig'ilmagan. Jamoaning oshxonasida ovqat tayyorlash uchun mahsulot tugab bo'lgan. Futbolchilar allaqachon o'zlariga yangi jamoa izlashga tushib ketishgan. Agar shunday bo'ladigan bo'lsa, AGMK OCHLga chiqqan taqdirda, "Nasaf" OFK Kubogida ishtirok etadi. Ammo bunday holatdagi tayyorgarlik bilan O'zbekiston uchun muhim bo'lgan ochkolar boy beriladi va keyingi 2 yil uchun yana xalqaro maydonlardagi kvotalarimiz tushib ketadi.

Bir necha yil avval "Mashal" klubi mana shunday tarzda qurbon qilindi va bugun o'zbek futboli istedodlarni etkazib beruvchi asosiy manbalaridan biridan ayrildi. "Nasaf" bilan ham shunday vaziyat sodir bo'lsa bundan hech kim yutmaydi.

"Nasaf"ga yordam beringlar!

Reyting: +60   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика