Eshitdik-da! "Navbahor" Quvondiq Ro'zievning transferi uchun "Qo'qon-1912"ga qancha pul to'lagani malum
29 jan 2021 20:47
Yangiliklar


Eshitdik-da! "Navbahor" Quvondiq Ro'zievning transferi uchun "Qo'qon-1912"ga qancha pul to'lagani malum
"Qo'qon-1912" yarim himoyachisi Quvondiq Ro'ziev 17 yanvar kuni Namanganing "Navbahor" klubiga ko'chib o'tgandi.
Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, Namangan klubi futbolchining transferini sotib olish uchun "Qo'qon-1912" hisob raqamiga 80 ming AQSH dollari o'tkazib bergan.
Eslatib o'tamiz, 2021 yilning 1 yanvar kuni "Qo'qon-1912" Quvondiq Ro'ziev bu mavsumni ham Qo'qon jamoasida o'tkazishi haqida xabar bergandi.
17 yanvarda "Qo'qon-1912"ning telegramdagi rasmiy kanali shunday yozgandi:
"Futbolchiga yaxshi sharoitlarni taklif qilgan namanganliklar, jamoamiz uchun ham manfaatli bo'lgan taklifni o'rtaga tashladilar. Yakunda har ikki jamoa rahbarlari hamda Quvondiq Ro'zievning roziligi asosida futbolchi “Navbahor” jamoasiga transfer qilindi".
Reklama
O’xshash yangiliklar

Fikrlar