Eshitdik-da! Iroq terma jamoasi azosi "Paxtakor"ga o'tishga yaqin
01 dek 2024 17:35
Yangiliklar
Eshitdik-da! Iroq terma jamoasi azosi "Paxtakor"ga o'tishga yaqin
Mavsumni muvaffaqiyatsiz o'tkazgan "Paxtakor" keyingi mavsum uchun tarkibini kuchaytirishni boshlab yuborgan.
Saytimiz jurnalisti Abdulvosit Bektemirovning malumotiga ko'ra, Iroq milliy terma jamoasi azosi Bashar Resan "Paxtakor"dan taklif olgan. Futbolchining o'zi ham ayni damdagi klubi "Eyr Fors"dan uni qo'yib yuborishlarini so'ragan. Yani Resanning o'zi ham "sherlar" safiga ko'chib o'tish istagini bildirgan.
Malumot uchun, 27 yoshlik hujumkor yarim himoyachi(va vinger) Iroq milliy terma jamoasi safida 60ta uchrashuvda maydonga tushgan va 4 golga mualliflik qilgan. Resan faoliyati davomida "Eyr Fors", "Qatar SK", "Al Marhiya" va "Persepolis" klublarida faoliyat yuritgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar