Eshitdik-da! Eren Derdiyok "Paxtakor" safida emas
19 iyu 2021 12:15
Yangiliklar
Eshitdik-da! Eren Derdiyok "Paxtakor" safida emas
Bugun Superliganing 10-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "So'g'diyona" uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, "Paxtakor" klubining shveycariyalik hujumchisi Eren Derdiyok ayni paytda jamoa bilan birga emas. Kecha elon qilingan xabarga ko'ra, yiliga 1,3 million evro maosh oladigan futbolchi FIFA kunlari munosabati bilan yuzaga kelgan qisqa tanaffusdan keyin dam olish uchun uchib ketgan va O'zbekistonga qaytib kelmagan.
SHunday qilib, bugun "So'g'diyona"ga qarshi bahsda "Paxtakor" legionerlar xizmatidan foydalana olmaydi. Ikkinchi legioner Dragan CHeran 4ta sariq kartochka tufayli diskvalifikaciyaga uchragan.
Eren Derdiyokning bitta goli necha pul turadi? Uning "Paxtakor"dagi bir kunichi?
Fikrlar