Eshitdik-da! "Buxoro"dan 3 ochko olib tashlanadi
10 may 2021 16:09
Yangiliklar
Eshitdik-da! "Buxoro"dan 3 ochko olib tashlanadi
Buxoro shahrining shu nom bilan ataluvchi jamoasi o'tgan yil uchun futbolchilar oldidagi qarzdorligini yopishni paysalga solishda davom etmoqda.
"Buxoro" rahbariyati dastlab mazkur qarzlarni 1 martga qadar, keyin esa 1 mayga qadar yopishni vada qilgan edi. Championat.asia'ga malum bo'lishicha, hamon bu borada amaliy ishlar amalga oshirilmagan, shuningdek, klub O'FA futbolchilar maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mitaning qarorlarini bajarmagan. SHu tufayli O'zbekiston futbolchilar uyushmasi bu borada O'FA qo'mitasiga murojaat qilgan. Tez orada tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi o'tkazilib, "Buxoro" jamoasidan 3 ochko olib tashlanishi kutilmoqda.
Malumot uchun, "Buxoro" jamoasi Pro liganing ortda qolgan 5 turidan keyin 10 ochko bilan 3-pog'onani egallab turibdi.
Fikrlar