Errera Meksika terma jamoasidagi faoliyatini davom ettiradi
12 iyu 2014 16:44
Yangiliklar
Errera Meksika terma jamoasidagi faoliyatini davom ettiradi
Meksika terma jamoasi bosh murabbiyi Migel Errera yangi shartnoma imzolaydi.
Hozircha, shartnoma imzolangani yo'q. Lekin, Meksika FF prezidentining aytishicha, tomonlar hamkorlikni davom ettirishga tayyorlar.
"Errera bilan shartnomani uzaytirishimizga ishonaman. U bilan hamkorlik Rossiyadagi JCHgacha uzaytiriladi.
U terma jamoada ajoyib ish olib bordi. Qisqa vaqt ichida jamoani birlashtira oldi. U tatildan qaytganidan so'ng muzokaralarni boshlaymiz", - deydi Meksika futbol federaciyasi prezidenti Xustino Kompean.
Fikrlar