Eronning 4 klubi chempionat qayta tiklanishiga qarshi chiqdi
26 may 2020 20:25
Yangiliklar


Eronning 4 klubi chempionat qayta tiklanishiga qarshi chiqdi
Bu haqda “Mehrnews.com” portali xabar qilmoqda.
Eron futbol ligasi chempionat joriy mavsumiga restart bermoqchiligini elon qilganidan keyin, ayrim klublar bunga norozilik bildirishdi.
Jumladan, “Traktorsozi”, “Mashinsozi”, “SHahr Xodro” va “Nassaji Mazanderan” mavsum davom etishiga qarshi bo'lmoqda. Ular bu haqda Eron sport vazirligiga xat jo'natishgan.
Xususan, klublarni koronavirus tarqalish davrida o'z futbolchilarining xavfsizligi qanday kafolatlanishi o'ylantirmoqda, SHuningdek, qaror qabul qilinayotgan vaqtda ularning fikrlari inobatga olinmagani uchun shikoyat qilishgani aytilmoqda. SHu bilan birga bir nechta klublarda COVID-19 infekciyasi bilan bog'liq holatlar qayd etilgan.
Avvalroq, Eron chempionati iyunning o'rtalarida boshlanish ehtimoli borligi xabar qilingan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar