So’nggi yangiliklar

01:45"Тен Хаг куляптими?" Охара МЮ устозининг соврин ҳақидаги сўзларига эътироз билдирди  1 01:20МЮ бошқа клуб билан келишиб қўйган Фофанага қизиқиш билдиряпти  0 00:45Хосе Венансио Лопес: "Бугун янгича услубда ҳимояландик. Бугунги экспериментимиз биз учун фойдали бўлди"  0 00:42Молиявий қийинчиликка учраётган "Барселона" 12 августгача Уильямс учун 58 млн. евро тўламоқчи  4 00:11Акбар Усмонов: "Гватемаладан аламимиз бор. Сўнгги дақиқаларда эътиборни йўқотдик"  3 00:09РПЛ. "Рубин" янги мавсумни меҳмондаги ғалаба билан бошлади  1 23:54Гюндоган "Пахтакор"га қарши ўйнаши мумкин  3 23:35Тен Хаг МЮ ҳақида: "Гвардиолани ҳисобга олмаганда, биз икки мавсум давомида Англияда қолганлардан кўпроқ соврин ютдик"  2 22:55Хосе Венансио Лопес: "Агар бу расмий ўйин бўлганида бундай таваккалга қўл урмаган бўлардик"  1 22:19Акбар Усмонов: "Сўнгги ЖЧдан бери Гватемала биз учун принципиал рақиб"  1 21:28Бензема "Олтин тўп" ҳақида: "Совринга Винисиус муносиб"  6 21:20Mirabror Usmanov Cup-2024. Драматик кечган баҳсда Ўзбекистон футзал терма жамоаси Гватемалани 5:4 ҳисобида мағлуб этди  7 21:00Эдерсон кетса "Манчестер Сити" дарвозасини ким қўриқлайди?  1 20:31Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ ўрин олган гуруҳ: ўйинлар, таркиблар, натижалар  8 20:17"Астон Вилла" 50 млн. фунтга Онанани сотиб олди  1

Eron terma jamoasi qanday uslubda gol urishni yaxshi ko'radi? Yangiliklar

Eron terma jamoasi qanday uslubda gol urishni yaxshi ko'radi?

Forslar 21 noyabr kuni O'zbekistonga qarshi bahs olib boradi.

Eron terma jamoasi 21 noyabr kuni JCH-2026 va OK-2027 qo'shma saralash bahslari 2-bosqichi doirasida O'zbekstonga qarshi maydonga tushadi.

Mazkur jamoalar so'nggi marta joriy yilning 20 iyun kuni CAFA turniri finalida o'zaro to'qnash kelishgandi va o'shanda eronliklar 1:0 hisobida Toshkentda zafar quchgandi.

SHundan so'ng Amir G'alinoi shogirdlari 5 o'yin o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozondi. Ustiga-ustak mazkur bahslarda jamoa 16 marotaba raqib darvozasini ishg'ol qilib, o'z darvozasidan atigi bitta to'p olib chiqdi. 

O'zbekistonga qarshi to'qnashuv oldidan Eron tomonidan so'nggi besh o'yinda raqiblari darvozasiga qanday uslubda ko'proq gol urilgani tahlil qilamiz.

Bolgariya - Eron 0:1

Gol. O'zbekistondagi musobaqadan so'ng kuzgi yig'in doirasida eronliklar Bolgariya bilan kuch sinashib, Muhammad Mohebi tomonidan urilgan gol evaziga g'alaba qozondi. Mazkur hodisa eronlik futbolchining qarshi hujumda to'p uchun oxirigacha kurashishi hamda raqibni xato qilishi majbur qilishi oqibatida sodir bo'ldi.


Eron - Angola 4:0

1-gol. O'z jarima maydoni yaqinida to'pga egalik qilayotgan raqibga nisbatan pressing uyushtirgan Ali Karimi to'pni olib qo'yishi natijasida Taremi tomonidan dastlabki gol urildi.

2-gol. Markazdan boshlangan hujum chap qanotga ko'chdi, raqib jarima maydoniga kirib borgan Muhammadi markazdagi Tarimi to'pni oshirdi, Mehdi esa darvozani ishg'ol qildi.

3-gol. Yana markazdagi faollik chap qanotga ko'chdi, Torabi esa raqib jarima maydoniga kirib borib, markazga to'pni yo'naltirdi. Muharrami esa bo'sh darvozaga to'p kiritdi.

4-gol. Hoji Safi chap qanotdan hujum boshladi va markazdagi Karimi bilan zanjir uslubida pas o'ynab, raqib jarima maydoniga kirib bordi va markazdagi Mug'anluga uzatma amalga oshirdi. Uning sherigi esa bir himoyachini ortda qoldirib, raqib darvozasini ishg'ol qildi.


Iordaniya - Eron 1:3

1-gol. Himoyadan hujumga oshirilgan to'pni raqib futbolchisi qaytardi, ammo qaytgan to'pga egalik qilgan Taremi Azmunni raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqarib yubordi, Eron hujumchisi esa vaziyatdan unumli foydalandi.

2-gol. Himoyadan boshlangan hujum markazga ko'chdi va o'ng qanotda faol rivojlandi. Rizoyanning raqib jarima maydoni yonidan markaz tomon uzatgan to'pni Taremi to'xtatmasdan raqib darvozasiga joyladi.

3-gol. Pressing natijasida maydon markazi yaqinida raqibdan to'p olib qo'yildi va hujum tomon oshirildan, bu vaziyatda iordaniyalik himoyachidan abjirroq harakat qilgan Muhammadi gol urdi.


Qatar - Eron 0:4

1-gol. Rizoyan o'ng burchakdan uzatma amalga oshirdi va Kanani bosh bilan darvozani ishg'ol qildi.

2-gol. Pressing natijasida raqibdan to'p olib qo'yildi va chap qanotdan hujum boshlandi. Muhammadining jarima maydoni yaqinidan markazga uzatgan to'pni Jahonbaxsh to'xtatmasdan darvoza tomon aniq yo'lladi.

3-gol. Hujum chap qanotdan rivojlantirildi, Muhammadi raqib jarima maydoniga kirib bordi va markazga to'pni uzatdi, uni esa Azmun to'xtatmasdan darvozaga tepdi.

4-gol. Rizoya o'ng burchakdan uzatma amalga oshirdi va Kanani yana bosh bilan darvozani ishg'ol qildi.


Eron - Gongkong 4:0

1-gol. CHap qanotdan rivojlangan hujum natijasida jarima maydoni yaqinida Muhebi markaz tomon uzatma amalga oshirdi, uni esa Azmun to'xtatmasdan darvozaga yo'lladi.

2-gol. Taremi jarima maydonining chap qismidan yorib kirdi va markazga pas berdi, Azmun bo'sh darvozani ishg'ol qildi.

3-gol. Taremi tezkor qarshi hujum natijasida Azmundan pas qabul qilib, raqib jarima maydoniga kirib bordi va o'zi aniq zarba yo'lladi.

4-gol. Rizoyan chamasi 20-25 metrlar masofadan jarima zarbasini aniq ijro etdi.


Ko'rinib turibdiki, eronliklar urgan 16 ta goldan teng yarmi qanot futbolchilarining (asosan, chap qanot) raqib jarima maydoni tashqarisi yoki ichkarisidan darvoza chizig'iga qadar 10-15 metr oraliqda markaz tomon uzatmasini hujumchilarning to'xtatmasdan darvozaga yo'llashi natijasida sodir bo'lgan.

SHuningdek, 3ta gol yakkama-yakka vaziyatga chiqib borish orqali hujumchilarning faolligi natijasi urilgan. 2ta gol esa faol pressing mahsuli bo'lgan. Yana ikki to'p burchak zarbasi natijasida kiritilgan bo'lsa, bitta gol jarima zarbasi ijrosining mahorati evaziga urilgan.

Bobosi tomonidan ismi o'zgartirilgan, voleybol terma jamoasiga chaqirilgan hamda o'zbekistonlik mutaxassis kashf etgan Sardor Azmun bilan yaqindan tanishamiz


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика