ERON - NIGERIYA 0:0. MATNLI TRANSLYACIYA
17 iyu 2014 01:54
Yangiliklar
ERON - NIGERIYA 0:0. MATNLI TRANSLYACIYA
JCH-2014 doirasidagi Eron - Nigeriya uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib borish mumkin bo'ldi.
Eron - Nigeriya 0:0
17 iyun. 00:00
Bosh hakam: Karlos Vera (Ekvador)
Yordamchi hakamlar: Kristian Leskano (Ekvador), Bayron Romero (Ekvador)
Zaxira hakami: Vilmar Roldan (Kolumbiya)
Eron: 12.Alirizo Xagigi, 15.Pejman Montazori, 4.Jalol Hussayni, 5.Amirhussayin Sodig'i, 23.Mehrdod Po'ladi, 14.Andranik Teymuryan, 6.Javod Nekunam, 2.Husro Haydari (7.Masud SHojai, 89), 21.Ashkan Dejaga (9.Alirizo Jahonbaxsh, 78), 3.Ehson Xojsafi, 16.Rizo Guchannajod
Nigeriya: 1.Vinsent Enyama, 5.Efe Ambrouz, 22.Kennet Omeruo, 13.Godfri Oboabona (2.Jozef Yobo, 30), 13.Juvon Oshaniva, 10.Obi Mikel, 17.Odjeni Onazi, 11.Viktor Mozes (23.SHola Ameobi, 52), 15.Ramon Aziz (8.Piter Odemvingie, 69), 7.Ahmad Musa, 9.Emmanuel Emenike
Ogohlantirishlar: Andranik Teymurian 75
MATNLI TRANSLYACIYA
YANGILASH
- Biz bilan birga o'yinni kuzatib borgan barchaga rahmat aytamiz. Uxlab qolganlarga esa hech nima demaymiz) Siz bilan Narzulla Saydullaev o'yinni kuzatdi.
90+2. O'yin tugadi. Eron va Nigeriya terma jamoalari o'zaro o'yinda bir ochkodan bo'lishib olishdi. JCH-2014dagi birinchi durang natija qayd etildi. Endi bu jamoalar boshqa shaharga uchib ketishadi, safaringiz bexatar bo'lsin deb qolamiz.
90. Nima ham derdik, bugun nozik, kombinacion, chiroyli, tezkor, nafis, go'zal, jozibador o'yin ko'rmadik....
90. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi
90. Mehrdod Po'ladi qanotdan oshirilgan to'pni sakrab qaytarib yubordi, burchak to'pidan so'ng yana o'sha Po'ladi to'pni qaytardi!
89. SHojai "Masud mening ismim!" demoqda
89. O'zgarish. Eron. Husro Haydari o'rniga Masud SHojai tushdi.
86. Onazi boshi bilan darvozaga zarba berdi, kuchsiz chiqqan zarbadan so'ng to'pni Hagigi egallab oldi. Odemvingie Amirhussayin Sodig'ini oyog'ini bosib oldi, eronlik futbolchi birpas maydonda yotib keyin turib o'yinni davom ettirishda o'zida kuch topdi
83. Odemvingie! To'pni elkasi bilan to'xtatib oldi va darvozaga qarab "bang'illati"! Noaniq zarba. Hakam esa O'zbekistonda tug'ilgan futbolchi to'pni qo'li bilan o'ynadi deb topdi...
80. Bosh hakam bugun negadir maydonga chizib qo'yadigan ko'pikdan foydalanmadi, yoki men ko'rmadim. Balki tugab qolgandir?
80. Bugungi o'yinga 40 mingga yaqin muxlis stadionga keldi
79. Jahon chempionatida Jahonbaxsh maydonga tushdi
78. O'zgarish. Eron. Ashkan Dejaga o'rniga Alirizo Jahonbaxsh tushdi.
76. ONNNAZI! "Lacio" yarim himoyachisining zarbasi erdan bordi va Hagigi to'pni osonlik bilan ushlab qoldi
75. Ogohlantirish. Eron. Andranik Teymurian
74. O'yinda Afrika jamoasining ustunligi ko'rinib turibdi, ammo aniq zarbalar borasida tenglik: 3:3. Qiziq
73. Nigeriya JCHda ketma-ket 8ta o'yindan buyon g'alaba qozona olmayapti. So'nggi bor nigeriyaliklar 1998 yil Bolgariyani taslim qilishgan.
72. Eronlik muxlislar stadionda ko'pchilikni tashkil qilmoqda, agar O'zbekiston JCHga chiqqanida hozir o'zimizning qora ko'zlar bo'larmidi ularning o'rnida...
71. SHola Ameobi boshi bilan to'pni darvozaga yo'lladi, noaniq.
69. Maydonga toshkentlik yigit tushmoqda! Aziz o'rniga Piter Odemvingie tushdi. Bu futbolchi o'zimizning Toshkent shahrining qoq markazida tug'ilgan. Hozir Braziliyada
67. Eron bugunga qadar JCHlarda jami 9ta o'yin o'tkazgan. Forslar faqat bir marta g'olib bo'lishgan. 1998 yil AQSH taslim etilgan.
65. Eronning hujumi! Hojsafining pasidan so'ng Guchchanajod jarima maydoni ichidan to'pni darvozaga yo'lladi, bu regbi emasku.
64. Bir soatdan ortiqroq vaqt o'tdi, scenariy bir xil: hujum, to'p oshirish, himoyachilar qaytarishadi, narigi jamoa hujum qiladi, pas, qaytarishadi, hakam hushtak chaladi, jarima to'pi qaytariladi, GOL qani?
59. Husro Haydari o'ng qanotdan to'pni jarima maydoniga havolatib oshirdi, darvozabon to'pni ajoyib tarzda ilib olib raqiblarga bundanda ajoyib tarzda tashlab berdi. Eronliklar sovg'adan foydalanishni o'zlariga ep ko'rishmadi
54. Eronliklar futbolda oxirgi paytlarda ko'p aytilayotgan "avtobus" himoyadan foydalanishmoqda...
53. Qizig'i 33 yoshli Ameobi terma jamoada atiga 7ta maydonga tushgan va 2ta gol urgan. Masalan, Mozes 24 yoshda va 23ta o'yin o'tkazib 7ta to'p kiritgan
52. O'zgarish. Nigeriya. Viktor Mozes o'rniga SHola Ameobi tushdi
49. Guchchanajod darvozaga zarba berdi, yaramas to'p darvozaning ustuni yonidan o'tib ketdi
48. Maydonda Aziz degan futbolchi ham bor, Ramon Aziz burchak to'pini ishlab oldi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
Dastlabki bo'limning eng chiroyli fotosini taqdim etamiz. Maydondan bundan qiziqroq hech nima bo'lgani yo'q.
45+2. CHuuuuuuur. Bo'lim tugadi, hozircha 0 va 0 uxlab qolmaslikka urining.
45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi
45. Ahmad Musa yuzini qo'llari bilan yopmoqda, sababi hakam penalti yo'q deb hisobladi
43. Emenike ajoyib futbolchi ekan. Hujumich maydonga yotib oldi, hakam uning yoniga kelib "tur o'rningdan" deganida darhol turib ketdi
42. Nigeriya tinmay hujum qilmoqda, ammo gol yo'q, gol
40. Emenikening zarbasi darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi
39. Oshaniva hujumga qo'shildi, ammo yana maydon tugab qoldi. Hujum to'xtadi
37. Tan olish kerak bahs o'tgan o'yinlardagidek tomoshabop bo'layotgani yo'q. Ikkala jamoa ham natija uchun o'ynamoqda
34. ZARBAAAAAAAAAAAAAAA! Guchchanajod gol urishga yaqin edi. Burchak to'pidan so'ng Rizoning boshi bilan yo'llagan zarbasidan so'ng to'pni Eneyama qaytardi!
32. Rizo Guchchanajod jarima maydoni ichida najot izladi, biroq himoyachilar to'pni chiqarib yuborishdi, burchak to'pi
31. Xavfli vaziyayayayayayayayat! Ahmad Musa jarima to'pini amalga oshirdi, u to'pni kutilmaganda darvozaning eng burchagiga yo'lladi, Hagigi haqiqiy darvozabon ekanini ko'rsatdi!
30. "Norvich"da o'ynayotgan Jozef Yoboni kim taniydi?
30. O'zgarish. Nigeriya. Obaobona o'rniga Jozef Yobo tushdi
29. Hozirgi vaqtga kelib eronliklar 85ta pas oshirishdi, Nigeriyada bu ko'rsatkich 186ta.
26. Nigeriyaliklar ko'p hujum qilishmoqda, ammo gol yo'q. SHu bois afrikaliklar "jahl otiga minishmoqda". Forslar esa himoyalanib hisobni ushlab qolishmoqda
23. Eron ham hujum qilar ekaney. Guchchanajod jarima maydoni ichida yiqilib tushdi, hakam parvo ham qilgani yo'q
21. O'quvchilarimiz Eronni juda yomon ko'rishlari ko'rinib turibdi. Barchaga savol: Eron rostan ham yomon va bo'lmag'ur jamoami? Javoblaringizni kutamiz
20. Ehhh. Turkiyaning "Rizespor" klubi himoyachisi Godfri Oboabona jarohat olib maydonni shifokorlar yordamida tark etdi
19. Sochini gellab olgan Eron sardori Javod Nekunam fevral oyida Toshkentga kelgandi, "Quvayt SK" safida. Hozir Braziliyada...
18. Bilasizmi? Ushbu ikki jamoa tarixda faqat bir marta to'qnash kelishgan. 1998 yil Gonkongda bo'lib o'tgan o'rtoqlik uchrashuvida afrikaliklar 1:0 hisobida zafar quchishgan.
18. Alirizo Hagigi "krupniy plan"da. Sababi o'ng qanotdan oshirilgan to'pga birinchi bo'lib etib keldi
15. Ikkala jamoa bosh murabbiylari zaxira o'rindig'i yonida tikka turgan holda o'yinni kuzatishmoqda, tekinga shunday o'yinni tomosha qilishmoqda
12. Viktor Mozes! CHap qanotdan oldinga o'tib ikki futbolchini changida qoldirib ketib to'pni jarima maydoniga oshirdi, hakam yana hushtagini chaldi. Bu safar Mozes to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborgan ekan
9. Eron hozirga qadar maydonda nima qilishini bilmayapti, hayajon bor.
8. Eron himoyachilari sal qolsa opkebqo'yishardi, to'pni qaytarishdagi xatoliklardan nigeriyaliklar foydalana olishmadi! Juda xavfli vaziyat edi! Onazining zarbasi xavfli chiqdi.
6. Nigeriya bir amallab gol urdi, biroq hakam bundan oldinroq darvozabonga nisbatan qo'pol o'ynalgani uchun hushtagini chalib bo'lgandi.
5. O'quvchilarimizning ko'pchiligi Eronni yomon ko'rishlari tabiiy holat...
4. Eronning hujumi, Guchchanajod chap qanotga Dejagaga to'pni oshirdi, u esa to'pni oldirib qo'ydi va hujum to'xtadi.
3. Mana ilk hujum, Viktor Mozesning zarbasidan so'ng to'pni darvozabon egallab oldi
2. Hozircha jamoalar bir birlarini o'rganishmoqda, hujum bo'lgani yo'q
- O'yin boshlandi. Haligi boru, hali qani kettik!
- Maydonda "Istiqlol" klubi vakillari ham borligi diqqatimizni tortmoqda. Ular uch nafar.
- Osiyo sharafini himoya qilayotgan Eron bugun oq, Afrika vakili Nigeriya esa yashil rangli formada o'ynaydi.
- Navbat Nigeriya davlat madhiyasiga...
- Dastlab Eron davlat madhiyasi yangraydi.
- Ikkala jamoa maydonga tushib kelishdi.
- Bugungi bahsni ekvadorlik Karlos Vera boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Hakamlarni imkon qadar kamroq yozaylik ishqilib.
Nigeriya tarkibi
Eron tarkibi
- Matnli translyaciyalarimizni qoldirmay kuzatib borayotgan barchaga rahmat. Sizlar borsizlar, biz shundan ruhlanib ishlashda davom etamiz!
- Hozircha ikkala jamoa futbolchilari o'yinoldi mashg'ulotlarini olib borishmoqda... tribunalarda esa bir biridan chiroyli qizlar o'zlarini tabloda ko'rib qolib xursand bo'lishmoqda
- Kuritiba shahridagi "Arena da Bayshada" stadionida mundial doirasidagi birinchi bahs bo'lib o'tadi. Ushbu stadion haqidagi malummotlar bilan tanishib olmaganlar uchun manba
- Ushbu o'yinning matnli translyaciyasini Narzulla Saydullaev hukmingizga havola qiladi.
- Biroz oldin Germaniya va Portugaliya o'rtasidagi bahs bo'lib o'tdi. Navbat Eron - Nigeriya uchrashuviga etib keldi.
- Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari. Braziliyada bo'lib o'tayotgan Jahon chempionati bahslari davom etadi.
- Bahs soat 00:00da boshlanadi.

Fikrlar