Eron bosh murabbiyi Dragan Skochich: "Men futbolchilarga to'liq ishonaman"
07 okt 2020 19:41
Yangiliklar


Eron bosh murabbiyi Dragan Skochich: "Men futbolchilarga to'liq ishonaman"
Xabaringiz bor, ertaga "Paxtakor" markaziy stadionida O'zbekiston va Eron milliy terma jamoalari ishtirokida o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Dragan Skochich internet orqali OAV xodimlariga intervyu berdi. Uning fikrlari quyidagicha bo'ldi:
- "Biz hammamiz yaxshi holatdamiz. Ertangi o'yinni sabrsizlik bilan kutyapmiz. Birinchi galda maydonga chiqib o'zimizdan iliq taassurot qoldirishni xohlaymiz. SHuningdek, futbolchilarimizning engil his qilishlari ham muhim. Men jamoaga to'liq ishonaman, bizda katta salohiyat bor va murakkab vazifalarni bajara olamiz".
Eslatib o'tamiz, Eron biz bilan o'yindan keyin Turkiyaga yo'l oladi va u erda Mali terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar