Ernan Krespo Argentina klubidan istefoga chiqdi
08 fev 2021 21:55
Yangiliklar


Ernan Krespo Argentina klubidan istefoga chiqdi
"Lacio", "Inter" va "CHelsi" jamoalarining sobiq hujumchisi Ernan Krespo "Defensa i Xustisiya" klubini boshqarayotgan edi.
45 yoshli mutaxassis bugun jamoa murabbiyi lavozimidan ketayotganini elon qildi. Krespo "Defensa i Xustisiya" klubini 2020 yilning yanvar oyidan beri boshqarayotgan edi. Jamoa bu davrda Janubiy Amerika kubogini qo'lga kiritdi.
Malumot uchun, Krespo futbolchilik faoliyati davomida Argentina terma jamoasi safida 64 ta o'yin o'tkazib, 35 golga mualliflik qilgan edi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar