Eriksen "Inter" bilan shartnoma imzolash uchun Milanga tashrif buyurdi
27 jan 2020 15:31
Yangiliklar


Eriksen "Inter" bilan shartnoma imzolash uchun Milanga tashrif buyurdi
Londonning "Tottenxem" jamoasi yarim himoyachisi Kristian Eriksen Italiyaga uchib keldi.
Daniyalik futbolchi tez orada Milanning "Inter" klubi uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi.
Eslatib o'tamiz, 27 yoshli xavbekning "shporlar" bilan tuzgan shartnomasi 2020 yilning yozida yakuniga etadi. SHu sabab u yanvarda boshqa klub bilan kelishuvga erishishi va yozda erkin agent sifatida klub safiga o'tishi mumkin edi.
Ammo, "Inter" Eriksenning xaridi bo'yicha kelishuvga erishdi va uni yanvarda o'z safiga qo'shib oladigan bo'ldi.
Kristian "neradzurrilar" bilan 2024 yilga qadar kelishuvga erishgan. Italiya klubi uning transferi uchun 20 million evro to'laydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar