So’nggi yangiliklar

03:00Вадим Абрамов: "Агар ўйин натижасини биринчи бўлимдаёқ ҳал қилиб қўйганимизда бундай савол бермаган бўлардингиз"  0 00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  0 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0 23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  110 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  8 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  12 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  4 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  34 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  16 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  76 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  13 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0

Eren Derdiyok: "O'zimni to'liq jamoa ichida his qilmoqdaman" Yangiliklar

Eren Derdiyok: "O'zimni to'liq jamoa ichida his qilmoqdaman"

"Paxtakor" safida ikkinchi golini urishga erishgan Eren Derdiyok "Bunyodkor"ga qarshi bahs haqida taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

- G'alabadan juda xursandman. Raqibimiz chempionatdagi kuchli jamoalardan biri. O'yinda tashabbusga ega bo'lganimiz, imkoniyatlardan foydalanganimiz yanada xursand qildi. Jizzaxdagi o'yindan keskin farq qildi. Unda raqib to'liq himoyaga yotib olgandi, kurashlarga etibor berib, suratni sekinlashtirishga harakat qilishgandi. O'shanda vaziyatni to'g'rilay olmadik, biroq mazkur bahsga barcha jiddiy tayyorlandi. Har bir futbolchining jismoniy holati yaxshi bo'lganini ko'rib turibmiz. 

Hamma maydonda bor kuchini berdi, o'sha tushunish ham yaxshi darajada bo'ldi. Jamoa uchun kurashishim zarur va golimdan xursandman. Ishim gol urish, buni bajarishim kerak. Jamoa menga yordam bermoqda. Moslashishga vaqt kerak bo'ladi. Taktika, futbolchilar va bu erdagi jamoalarga moslashish zarur bo'ldi. Hozir men chempionat, raqib va jamoadoshlarimni bilaman. Hozir barchasi joyida, yaxshi ketmoqda. "Paxtakor" uchun ko'proq foyda bera olaman deb o'ylayman. O'zimni to'liq jamoa ichida deb his qilyapman. 

Navbatdagi uchrashuvga ham shunday hozirlik ko'rishga intilamiz. Karantindan keyin g'alabali birinchi qadamni tashladik. Biz g'alaba qozonish va tomoshabop o'yin ko'rsatishni istaymiz, - deydi Derdiyok.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика