So’nggi yangiliklar

17:47"Нефтчи" – ОКМК ўйинидаги вазият четлатишга хосмиди? Суперлиганинг 25-туридаги ҳакамлик таҳлили  0 17:27Алаба яна жароҳат олди  0 16:59Эшитдик-да! Аёллар ва футзал жамоаси энди Суперлига клублари учун мажбурий бўлмайди  3 16:39ОФК вакиллари Миллий футбол маркази билан танишди  0 16:19"Футбол олами". Бутсанинг таги билан бутсага тепишга қизил карточка берилмайди. Оёқни синдириш учун сал юқорига тепиш лозим...  7 16:03Расман: "Бавария" Компани билан ҳамкорлик қилишда давом этади  0 15:34"Андижон" "Ал Ҳалдия"га қарши қандай рангдаги либосларда ўйнаши маълум  2 15:13"Олтин тўп" соҳиби жароҳатидан фориғ бўлди  1 14:45Стадионни ларзага солган ўша Алибобо Раҳматуллаев ҳозир қаерда?  2 14:22Артета "Арсенал" АПЛда фаворит сифатида кўрилишини истамайди  3 13:54"Ноттингем Форест" янги бош мураббийи номини эълон қилди  1 13:30Лотар Маттеус: "Дунёда Ҳарри Кейндан яхшироқ ҳужумчини кўрмаяпман"  3 13:03МТЖ собиқ дарвозабони, меҳмонда зафар қучган мураббий, дублга эришган ҳужумчи — Суперлигада 25-турнинг энг яхшилари  5 12:30Цигер, Баҳромов, Ашортиа, Абдураҳмонов, Исмоналиев... Суперлига 25-тур рамзий терма жамоаси  2 11:59ПФЛ 17 клуб раҳбарияти иштирокида учрашув ўтказди  5

Eng ajabtovur futbol formalari Yangiliklar

Eng ajabtovur futbol formalari

TalkSport internet nashri futbol tarixidagi eng g'alati, eng ko'p tanqidga uchragan, ajabtovur formalarni yig'ib chiqdi.
SHotlandiya terma jamoasi

SHotlandiya desa tasavvurimizda to'q ko'k hamda oq ranglar gapdalanadi. Lekin... SHotlandiya terma jamoasining mana bu libosiga nima deysiz?



Kamerun terma jamoasi 2002


Bu kiyimni futbolka deb ham atab bo'lmaydi. Jurnalistlar ushbu termaning bu libosiga “engil nimchalar” degan nom berishgandi.

Xullas kalom, FIFA afrikaliklarning ushbu kiyinish uslubini, yangi “moda”ni qo'llab-quqqatlamadi va keyinroq bu turdagi kiyimlardan boshqa foydalanilmadi.



"Manchester Yunayted" 1995-96


O'sha mavsumda “Sautgempton”dan uchralgan mag'lubiyat (3:1) sababi sifatida mana shu futbol libosini ko'rsatdi va barchasiga shunday kiyim aybdorligini takidladi. SHu o'yindan keyin “Yunayted”ning bu turdagi kiyimlari butunlay yo'q qilindi. Balki mag'lubitga rostdan ham futbolka sabab bo'lgandir. Axir shundan keyin “Manchester” ancha yaxshi natijalarni namoyish etdi va yakunda Angliya Premer-Ligasi hamda Angliya Kubogi sohibiga aylandi.



"Arsenal" 1991-93


“Eskirgan banan” degan nomga loyiq topilgan ushbu futbolkada “Arsenal” safar o'yinlarini o'tkazardi.  Aytishlaricha, ushbu libosga uzoq vaqt tikilib turilsa, sehrli bir suratni ko'rish mumkin ekan. Umuman olganda, suratni ko'rishdan ko'ra, boshni og'ritib olish ehtimoli yuqoriroq bo'lsa kerak.



"Liverpul" 2013-14

Kulguga qolgan liboslar qatoriga “Liverpul”ning joriy mavsumdagi safar kiyimini ham kiritsa bo'ladi.
Dizaynerlar yaponlar yaratgan Space Invaders nomli video-o'yindan iloh olishganmi...?



"Rekretivo" 2012-13

Eng g'alati dizaynga ega bo'lgan kiyimni mavsum uchun tasdiqlab bo'lgach, muxlislarning noroziliklari bilan to'lgan xatlarga javob berishiga to'g'ri keldi.
Cirk masxarabozlari kiyimini eslatuvchi futbolkalarni jaxl otiga mingan fanatlar “Minni maus” deb atashdi.



"Xall Siti" 1992-93

“Xall Siti” nomini “Xall Siti taygers” qilib o'zgartirgan klubning hozirgi xo'jayini Assem Allam mana shu dizanga qaytishga qarshi bo'lmasa kerak.



"Norvich" 1992-94

Allambalo futbolkalar “kasalligi” o'z vaqtida “Norvich”ni ham chetlab o'tmagandi.

Bu libos har qancha kulgili bo'lmasin, muhlislarda u bilan bog'liq yaxshi xotiralar qolgan. Bu formada UEFA kubogi doirasida “Bavariya”ni safarda 1:2 hisobida g'alaba g'ozona olgandi.



Meksika terma jamoasi 1994

Meksika terma jamoasi davozaboni Xoxe Kampos AQSHda bo'lib o'tgan mundialda mana shunday ko'rinishda maydonga chiqqan edi.

Milliy qadryatlarga etibor qaratish yaxshi albatta, biroq bu darajada oshirib yuborish kerakmikan?...



"Atletik" (Bilbao) 2004

Klubning yuz yillik yubileyi munosabati bilan, yangi ko'rinishdagi forma yaratish uchun mahlalliy rassomlardan biri Dario Urzayga murojaat qiladi. Natijada esa...

Yaxshiyamki, jamoa bu kiyimda faqatgina evrokuboklarda o'ynagan.



"Karibu" (Kolorado) 1978

“CHeksiz imkoniyatlar mamlakati”da shunday bir klub bo'lgan. U faqat bir mavsumgina o'ynagan va chempionatda hammadan yomonroq natija qayd etgan. Biroq Karibu ko'proq o'zining hech kimnikiga o'xshamagan, g'aroyib formasi bilan yodda qolgan.



Abror Qodirov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика