So’nggi yangiliklar

23:57Африка Миллатлар Кубоги. Жазоир Конго ДР дарвозасига 119-дақиқада ғалаба голини уриб, чорак финалга йўл олди  3 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  0 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  9 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  6 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  4 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  8 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1

MTJ sobiq darvozaboni, mehmonda zafar quchgan murabbiy, dublga erishgan hujumchi - Superligada 25-turning eng yaxshilari Yangiliklar

MTJ sobiq darvozaboni, mehmonda zafar quchgan murabbiy, dublga erishgan hujumchi - Superligada 25-turning eng yaxshilari

Championat.asia sayti O'zbekiston Superligasi 25-turining eng yaxshilarini aniqladi.

Championat.asia sayti talqiniga ko'ra, 25-turning eng yaxshi darvozaboni – Valijon Rahimov ("Bunyodkor")

"Bunyodkor" bu turda Namanganda "Navbahor" mehmoni bo'lib, 2:0 hisobida zafar quchdi. G'alabada Rahimovning o'rni beqiyos, chunki u 28-daqiqada penaltini bartaraf etdi va bu "qaldirg'ochlar"ga qo'shimcha kuch bag'ishladi. Bundan tashqari, toshkentliklar posboni bahs mobaynida qator vaziyatlarda o'zini ko'rsatdi. Championat.asia ijodiy guruhi ortiqcha muhokamalarsiz aynan uni eng yaxshi deb topdi.


Championat.asia sayti talqinida 25-turning eng yaxshi murabbiyi – Ilyos Zeytullaev ("Bunyodkor")

Yuqorida takidlaganimizdek, ortda qolgan turda "Bunyodkor" safarda "Navbahor"ni mag'lub etdi (2:0). Bunda Ilyos Zeytullaevning hissasi katta. Uchrashuvda aynan uning taktik ishlanmalari qo'l keldi. Shunday qilib, Championat.asia sayti 43 yoshli mutaxassisni turning eng yaxshi murabbiyi sifatida etirof etdi.    


Championat.asia sayti talqiniga ko'ra, 25-turning eng yaxshi futbolchisi – Imeda Ashortia ("Bunyodkor")

"Bunyodkor"ning "Navbahor" ustidan qozongan g'alabasida katta sahnaga chiqqan futbolchi aynan Imeda Ashortia edi. U uchrashuv mobaynida 2 ta gol urdi va bir qator xavfli vaziyatlar yaratdi. Gruziyalik hujumchi to almashtirilguncha – 87-daqiqagacha tinim bilmadi. Shu tariqa, Championat.asia sayti xodimlari bir qancha nomzodlar orasidan aynan Imedani tanladi va tur futbolchisi deya elon qildi. 


Championat.asia sayti talqinida 25-turning eng chiroyli goli muallifi – Usmonali Ismonaliev ("Andijon")

"Andijon" – "Sho'rtan" bahsida shunchaki "otishma" yuzaga keldi va mezbonlar 4:3 hisobidagi g'alabani tantana qildi. Uchrashuvda Usmonali Ismonaliev dublni rasmiylashtirdi. Andijonliklar azosining 54-daqiqada urgan ikkinchi goli juda chiroyli chiqdi. U Abdurahmon Komilovning qanotdan oshirib bergan to'pini to'xtatmasdan darvozaga joylab qo'ydi. Shunday qilib, mohirona zarbasi orqali darvozani ishg'ol qilgan Ismonaliev tur goli muallifi sifatida etrof qilindi.


Reyting: +2   

Fikrlar

   
21 okt 13:51:36
Abdusalom Mirzayev
ИЛХОМЖОН ИРГАШЕВ foydalanuvchining fikriga javob berish
Усмон Андижонлик 1чи Андижон да уйнаган Бунедкорга боришдан олдин
Тожик эмасми?
   
21 okt 13:40:39
ИЛХОМЖОН ИРГАШЕВ
Усмон Андижонлик 1чи Андижон да уйнаган Бунедкорга боришдан олдин
   
21 okt 13:40:01
ИЛХОМЖОН ИРГАШЕВ
Усмон Андижонлик 1чи Андижон да уйнаган Бунедкорга боришдан олдин
   
21 okt 13:27:49
STENLESS..R
Исмоналиевни Бунёдкор футболчи зато ёзишибди знди Андижонликлар хафа булишади.
   
21 okt 13:25:29
Ibrohimov&UTD
Andijon Sho‘rtan uchrashuvida eng chiroyli gol mualifi Bunyodkor futbolchisi bo‘libdi.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика