So’nggi yangiliklar

19:02Максим Шацких: "Рақибни ўрганиб чиқдик. Фикримча, "Ал Ҳалдия" Қатар клубидан кучлироқ"  0 18:42Артета Гёкереш "Арсенал" учун фойдали эканлиги ҳақида гапирди  0 18:14Абрамович Туркия клубининг акция пакетларини сотиб олмоқчи  1 17:47"Нефтчи" – ОКМК ўйинидаги вазият четлатишга хосмиди? Суперлиганинг 25-туридаги ҳакамлик таҳлили  4 17:27Алаба яна жароҳат олди  1 16:59Эшитдик-да! Аёллар ва футзал жамоаси энди Суперлига клублари учун мажбурий бўлмайди  4 16:39ОФК вакиллари Миллий футбол маркази билан танишди  0 16:19"Футбол олами". Бутсанинг таги билан бутсага тепишга қизил карточка берилмайди. Оёқни синдириш учун сал юқорига тепиш лозим...  8 16:03Расман: "Бавария" Компани билан ҳамкорлик қилишда давом этади  0 15:34"Андижон" "Ал Ҳалдия"га қарши қандай рангдаги либосларда ўйнаши маълум  3 15:13"Олтин тўп" соҳиби жароҳатидан фориғ бўлди  1 14:45Стадионни ларзага солган ўша Алибобо Раҳматуллаев ҳозир қаерда?  2 14:22Артета "Арсенал" АПЛда фаворит сифатида кўрилишини истамайди  3 13:54"Ноттингем Форест" янги бош мураббийи номини эълон қилди  1 13:30Лотар Маттеус: "Дунёда Ҳарри Кейндан яхшироқ ҳужумчини кўрмаяпман"  3

PFL 17 klub rahbariyati ishtirokida uchrashuv o'tkazdi Yangiliklar

PFL 17 klub rahbariyati ishtirokida uchrashuv o'tkazdi

Kecha, 20 oktyabr kuni O'zbekiston professional futbol klublari rahbarlari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Unda 2026 yilgi mavsum yuzasidan bir qator masalalar muhokama qilindi.

Ayni vaqtda O'zbekistonda OFK licenziyasiga ega chiqqan 17 ta klub mavjud. Ularning 16 tasi Superliga ishtirokchilari hisoblanadi. Pro liga klublari orasidan faqatgina "Lokomotiv" licenziyalash talablarini bajara olgan. Shundan kelib chiqib, Liga uchrashuvni ular ishtirokida tashkil etdi.

Bir hafta muqaddam Liga prof klublarga “Superliga reglamenti-2026” loyihasini taqdim etgandi. Unda bir qator sezilarli qo'shimchalar nazarda tutilgan. Kechagi uchrashuvda bu haqda yuzasidan fikr almashildi. Taxminan 4 soat davom etgan yig'ilish davomida Liga va klublar bir qator masalalarda kelishuvlarga erishdi, endilikda reglamentdagi ayrim masalalar Associaciya ishtirokida ko'rib chiqiladi va shundan keyin uning yakuniy varianti tasdiqlanadi.

Quyida uchrashuvdan o'rin olgan mavzular bilan tanishish mumkin:  


• Superliga-2026 taqvimi; 

• Superliga qurasining yangi mexanizmi; 

• Superliga stadionlarida VAR markazlarini tashkil etish masalasi; 

• Superliga stadionlarini parvarishlash va ularga texnika jalb etish masalasi; 

• Superliga klublari qoshidagi futbol maktablari masalasi; 

• Superliga klublari tarbiyalanuvchilarini ro'yxatdan o'tkazish masalasi; 

• Superliga klublari futbolchilarining maydondagi harakati va fiziologik holatini tahlil qiluvchi kompaniyalar bilan ishlash masalasi;

• Superliga o'yinlari intensivligini oshirish, antifutbol holatlariga qarshi kurashish va toza o'yin vaqtida sezilarli o'zgarishlarga erishish masalasi;

• Superliga teletranslyaciyasi masalasi; 

• Tartib-intizom qo'mitasi masalasi; 

• Stadionlar bo'yicha ishchi guruh masalasi; 

• “Superliga reglamenti” yuzasidan muhokama.

Yig'ilishda muhokama qilingan mavzular to'liq bayonlashtiriladi va Liga unda qabul qilingan qarorlar, jiddiy muhokamalarga sabab bo'lgan mavzularni konkretlashtirish ustida ishlaydi. Bu bo'yicha har qanday yangilik Liga sahifalaridan o'rin oladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
21 okt 13:05:58
Ўзбек футболининг муҳлиси
Бу январда ўтказилса маъқулмиди, ҳар холда чемпионат ҳали давом этяпти
   
21 okt 12:40:41
Dilmurod Yusupov
Tugfi
-1   
21 okt 15:15:52
Туйгун
Faxriddin foydalanuvchining fikriga javob berish
Унда пахтакорни кандай килиб чемпион килиш масаласи куриб чикилди.
Пахтакорни кандай киб чемпионликни ёки кубок олиб бериш масаласи
-1   
21 okt 13:01:00
Faxriddin
Унда пахтакорни кандай килиб чемпион килиш масаласи куриб чикилди.
-2   
21 okt 12:31:36
Muzaffarxon Hoshimiy
14 talik yaxshiroq edi har holda raqobat ancha kuchli edi oxirgi orindagilar ham yaxshi kurashardi
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика