So’nggi yangiliklar

23:21ЕЧЛ. "Вильярреал" – "Манчестер Сити". Таркиблар маълум!  3 23:20ЕЧЛ. "Барселона" "Олимпиакос"ни йирик ҳисобда таслим этмоқда (онлайн ҳисоб)  37 23:13ЕЧЛ. "Арсенал" – "Атлетико". Бошланғич таркиблар аниқ!  0 23:00Элит ОЧЛ. "Насаф" меҳмонда "Шабаб Ал Аҳли"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди  216 22:37"Реал" КОНКАКАФга Ла Лига ўйинини ўтказишга рухсат бермасликни сўраб мурожаат қилди  2 22:02Хаби Алонсо: "Арда Гюлер – Ўзил ва Гутининг аралашмаси"  0 21:18"Ал Ҳалдия" бош мураббийи Али Ашур: "Андижон" ушбу мусобақада гол ўтказиб юбормади"  3 20:48"Бавария" Нойер билан шартномани узайтиришни режалаштирмоқда, Нюбель эса сотиб юборилади  0 19:58Жиру: "Лига 1 А Сериядан ортда эмас"  6 19:30Шмейхель: "Нега Хойлунд ва Мактоминей "Наполи"да?"  6 19:02Максим Шацких: "Рақибни ўрганиб чиқдик. Фикримча, "Ал Ҳалдия" Қатар клубидан кучлироқ"  18 18:42Артета Гёкереш "Арсенал" учун фойдали эканлиги ҳақида гапирди  0 18:14Абрамович Туркия клубининг акция пакетларини сотиб олмоқчи  3 17:47"Нефтчи" – ОКМК ўйинидаги вазият четлатишга хосмиди? Суперлиганинг 25-туридаги ҳакамлик таҳлили  8 17:27Алаба яна жароҳат олди  3

"Neftchi" – OKMK o'yinidagi vaziyat chetlatishga xosmidi? Superliganing 25-turidagi hakamlik tahlili Yangiliklar

"Neftchi" – OKMK o'yinidagi vaziyat chetlatishga xosmidi? Superliganing 25-turidagi hakamlik tahlili

Championat.asia saytining hakamlik faoliyati bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!" Telegram kanali) o'z hakamlar jamoasi bilan birgalikda Superliganing 25-tur uchrashuvlaridagi bahsli vaziyatlarni tahlil qildi.

✅❌ "Andijon" – "Sho'rtan"

"Sho'rtan" o'yinchisi to'pga etmoqchi bo'lib, ehtiyotsizlik bilan raqibining o'ng oyog'iga chap oyog'i bilan urilib, qoida buzilishga yo'l qo'ydi. To'g'ri qaror – 11 metrlik jarima zarbasi va to'pga etishish harakati bilan raqibni gol urish uchun aniq imkoniyatdan mahrum qilgani uchun sariq kartochka berilishi kerak edi.

P.S. Hakam ushbu holatda qoidabuzarga sariq kartochka ko'rsatmadi.



✅❌ "Andijon" – "Sho'rtan"

"Sho'rtan" himoyachisi xavfsizlikni o'ylamasdan, mutlaqo ehtiyotsiz tarzda yakkakurashga kirishdi. Dastlab u raqibining oyog'iga zarba berdi, shundan keyingina to'pga ozgina tegdi. To'g'ri qaror – qo'pol o'yin uchun penalti belgilash va ogohlantirish.

P.S. Hakam bu vaziyatda ham sariq kartochka ko'rsatmadi.


✅ "Andijon" – "Sho'rtan"

Ikkala o'yinchi ham to'pga intilmoqda, ammo hech biri unga eta olmayapti. "Sho'rtan" jamoasi futbolchisining yiqilishiga oyoqlar o'rtasidagi to'qnashuv sabab bo'lmagan. To'g'ri qaror – o'yinni davom ettirish. VAR asossiz ravishda aralashdi.


✅ "So'g'diyona" – "Surxon"

"So'g'diyona" o'yinchisi raqibining oyog'iga zarba berib, ehtiyotsiz tarzda to'p uchun kurashmoqda. Yakkama-yakka kurashga kirishish xususiyatidan tashqari, bu holatda harakatlar juda shiddatli bo'ldi. To'g'ri qaror – sariq kartochka ko'rsatish (bu oxir-oqibat o'yinchi uchun ikkinchi ogohlantirish bo'ldi).


✅ "Navbahor" – "Bunyodkor"

"Bunyodkor" himoyachisi qo'lini tanasidan uzoqlashtirgan holda o'ynagan, bu uning tanasini g'ayritabiiy ravishda kengaytirgan. To'g'ri qaror – intizomiy choralar qo'llamasdan penalti belgilash.


✅ "Navbahor" – "Bunyodkor"

"Navbahor" hujumchisi to'pni darvozaga yo'naltirmoqchi bo'lib, oyog'i bilan darvozabonga tegib ketdi. To'g'ri qaror – golni bekor qilish va "Bunyodkor" foydasiga jarima zarbasi belgilash.


✅ "Paxtakor" – "Qizilqum"

"Qizilqum" o'yinchisi raqibning oldinga harakatlanishiga haqiqatan ham to'sqinlik qiladigan ushlashni amalga oshirgan. Burchakdan tepilgan to'p kurash olib borayotgan futbolchilar zonasiga yo'naltirilgan. To'g'ri qaror – penalti belgilash va sportga xos bo'lmagan xatti-harakat uchun sariq kartochka ko'rsatish.


✅ "Paxtakor" – "Qizilqum"

"Qizilqum" o'yinchisi haddan tashqari kuch ishlatib, yakkama-yakka kurashga kirishdi. U to'piqdan yuqoriroq tana azosini "ezg'ilash"ga qaratilgan usul bilan tashlanib, oqibatda raqibining oyog'ini sindirish xavfiga yo'liqtirdi. To'g'ri qaror – o'yin qoidalari jiddiy ravishda buzilganligi uchun qizil kartochka ko'rsatish.


❌ "Paxtakor" – "Qizilqum"

Bizningcha, hakam "Paxtakor" foydasiga penalti belgilab, xato qildi. Bu oddiy kurash edi: raqibning qo'lini ozgina ushlab turish uning keyingi harakatlariga tasir ko'rsatmagan va yiqilishiga sabab bo'lmagan. To'g'ri qaror – o'yinni davom ettirish.


❌ "Neftchi" – OKMK

"Neftchi" o'yinchisi ehtiyotsizlarcha yakkama-yakka kurashga kirishib, raqibining to'pig'iga butsa tishlari bilan tegib ketdi. To'g'ri qaror – jarima zarbasi belgilash va qo'pol o'yin uchun sariq kartochka ko'rsatish. Bu vaziyatda maydondan chetlatish haqida gap-so'z bo'lishi mumkin emas: to'pni o'ynashga urinish mavjud, o'yinchi to'qnashuv oqibatlarini yumshatish uchun oyog'ini tortib olishga harakat qilgan, kurashga kirishish shiddati – o'rta darajada.

P.S. Hakam bu holatda sariq kartochka ko'rsatmadi.

Shu tariqa, 25-tur o'yinlarida hakamlar to'rtta xatoga yo'l qo'ydi.

Reyting: -4   

Fikrlar

+1   
21 okt 19:17:42
Davron Jenjayev
Nabijon Temirov foydalanuvchining fikriga javob berish
Хали яна 5та тур бор Нефтчиникига қандай осилишаркан кўрамиз....................,
bu yerda baxsli,vaziat bulmoqda agar xakam aybdor neftchi emas bunaqa dalbayopski gaplar shart emas
   
21 okt 22:42:53
ArsaBarsa
PSJ da Zlatan Chelsi bilan o’yinda oyoqlarini bukib chiqib kelsa ham qizil bergan edi hakam. U yerda oyoq emas tashlanish hisobga olingan. Bu yerd oyoqqa zarba berdiku. Bizni qo’mitada esa yevropadan ham kuchlilar bor. Qizil haqida gap bo’lishi mumkin emas deydi. Izlab ko’ringlar youtubedan. Zlatanni ikkala oyog’i ham bukilgam edi
   
21 okt 19:42:20
Adis Azizxanov
Нефтчини яхши кетаётгани, колган турларда нисбатан осон ракиблар колгани хаммани кетини ёндирвордида. булдида энди эзвордиларинг битта мавзуни чайнаб
   
21 okt 19:29:53
Ibrohimov&UTD
Neftchiga nisbatan xakamlar qilgan noxaqliklarni oldida bu xech narsa emas. Okmk bilan o‘yinda Islom bundan battar tashlanganda xam qizil berilmagan. Butun jurnalistika olami qarshi ekan Neftchiga.
   
21 okt 18:35:37
Nabijon Temirov
Хали яна 5та тур бор Нефтчиникига қандай осилишаркан кўрамиз....................,
   
21 okt 18:22:34
safo78
Шу Нефтчи бир айб қилмасинаканда,
Мана шу Алибоевни холати адашмасам шу сайтда тўртинчи ё бешинчи марта чиқаяпти
   
21 okt 18:22:00
Шухратжон Муйсинович
Ўйин шиддати, жанговар лиги билан қизиқ. Лекин, Нефтчи ўйини билан бўлган холатни кўп чайнашворди.
   
21 okt 18:05:02
nerazzuri
Алибоев камида сарик олиши керак эди , Лекин барибир Нефтчи ютар эди.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика