"Nottingem Forest" yangi bosh murabbiyi nomini elon qildi
21 okt 2025 13:54
Yangiliklar
"Nottingem Forest" yangi bosh murabbiyi nomini elon qildi
"Nottingem Forest" jamoasi Shon Daychning yangi bosh murabbiy etib tayinlanganini tasdiqladi.
Daych "Forest" bilan 2027 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi va bu mavsumda "o'rmonchilar"ning Nunu Eshpiritu Santu va Ange Postekogludan keyingi uchinchi murabbiyiga aylandi.

Postekoglu "Forest"da bor-yo'g'i 39 kun ishladi va o'tgan shanba kuni Premer-ligada "Forest"ning "Chelsi"ga 0:3 hisobida mag'lub bo'lishidan 17 daqiqa o'tib istefoga chiqarildi.
Daych "Everton" uni qo'yib yuborgan yanvar oyidan beri klubsiz edi. Ilgari u "Byornli" va "Uotford"da ham faoliyat yuritgan.
Daych Premer-ligada 330 dan ortiq o'yin o'tkazgan. Uning "Forest"dagi debyuti payshanba kuni Evropa Ligasi doirasida "Portu"ga qarshi kechishi rejalashtirilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" vs "Нефтчи": Қайси бирида чемпионлик имконияти катта?
АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Бензема мавсумда тўртинчи марта хет-трик қайд этди
Fikrlar