So’nggi yangiliklar

23:43ЕЧЛ. "Байер" – ПСЖ, "Ньюкасл" – "Бенфика". Таркиблар аниқ  3 23:40ЕЧЛ. "Барселона" "Эл Класико"дан аввал "Олимпиакос"ни йирик ҳисобда таслим этди  48 23:21ЕЧЛ. "Вильярреал" – "Манчестер Сити". Таркиблар маълум!  4 23:13ЕЧЛ. "Арсенал" – "Атлетико". Бошланғич таркиблар аниқ!  1 23:00Элит ОЧЛ. "Насаф" меҳмонда "Шабаб Ал Аҳли"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди  231 22:37"Реал" КОНКАКАФга Ла Лига ўйинини ўтказишга рухсат бермасликни сўраб мурожаат қилди  2 22:02Хаби Алонсо: "Арда Гюлер – Ўзил ва Гутининг аралашмаси"  0 21:18"Ал Ҳалдия" бош мураббийи Али Ашур: "Андижон" ушбу мусобақада гол ўтказиб юбормади"  3 20:48"Бавария" Нойер билан шартномани узайтиришни режалаштирмоқда, Нюбель эса сотиб юборилади  0 19:58Жиру: "Лига 1 А Сериядан ортда эмас"  6 19:30Шмейхель: "Нега Хойлунд ва Мактоминей "Наполи"да?"  8 19:02Максим Шацких: "Рақибни ўрганиб чиқдик. Фикримча, "Ал Ҳалдия" Қатар клубидан кучлироқ"  18 18:42Артета Гёкереш "Арсенал" учун фойдали эканлиги ҳақида гапирди  0 18:14Абрамович Туркия клубининг акция пакетларини сотиб олмоқчи  3 17:47"Нефтчи" – ОКМК ўйинидаги вазият четлатишга хосмиди? Суперлиганинг 25-туридаги ҳакамлик таҳлили  8

Stadionni larzaga solgan o'sha Alibobo Rahmatullaev hozir qaerda? Yangiliklar

Stadionni larzaga solgan o'sha Alibobo Rahmatullaev hozir qaerda?

Shunday futbolchilar bo'ladiki, bir jamoada ko'p yillar to'p tepib, faoliyati yakunida o'sha klubni muxlislar etiborisiz tark etadi.

Keyinchalik uning o'yinlarini ishqibozlar eslamay qo'yishadi, hatto. Futbolchi uchun bundan ortiq baxtsizlik bo'lmasa kerak. Biroq o'z jamoasi safida bittagina uchrashuvda maydonga tushib, qahramonga aylanganlar ham yo'q emas. Hal qiluvchi pallalarda muxlislarga birgina gol bilan yorqin lahzalarni tuhfa etgan o'yinchi bir umr yoddan chiqmaydi. Shunday futbolchilardan biri, o'z vaqtida "Bunyodkor"da OCHLdagi gollari tanilgan Alibobo Rahmatullaevdir.

2012 yili Toshkentning "Bunyodkor" klubi Osiyo Chempionlar Ligasi chorak final bosqichida ishtirok etayotgan, raqib juda kuchli — Avstraliyaning "Adelaida Yunayted" jamoasi edi. Safardan 2:2 hisobidagi durang bilan ortga qaytgan "qaldirg'ochlar"ni g'oyatda og'ir javob uchrashuvi kutardi.

Ikki jamoa ham bir-biriga ochiq futbol taklif etdi. Asosiy vaqtda 2:2 hisobi qayd etilgach, bosh hakam Ali Abdulnabi "ekstra-taym"larga murojaat qildi. "Bunyodkor" vakillari ham, "Adelaida" azolari ham xayolan penaltilar seriyasiga tayyorgarlik ko'rishni boshlab yuborishgandi, faqat Alibobodan tashqari. Uchrashuv yakunlanishiga 5 daqiqa qolganida, iqtidor sohibi tezda markazga yo'l oldi va sherigining qarama-qarshi qanotdan oshirib bergan to'pini boshi bilan darvozaning yuqori burchagiga joylab qo'ydi. Butun stadion larzaga keldi, boisi, "Bunyodkor" o'z tarixida ikkinchi marotaba nufuzli musobaqaning yarim finaliga chiqqandi.

Yuqoridagi uchrashuv scenariysi 2014 yilda ham takrorlandi, faqat bu safar raqib Saudiya Arabistonining "Al-Fath" klubi bo'ldi. O'yin darajasi o'ta yuqori, yutgan jamoa keyingi bosqichga chiqish uchun yaxshigina imkoniyatga ega bo'ladi. "Paxtakor" markaziy stadionida bo'lib o'tgan mazkur bahsda futbolchilarni maydonga Qosimovning yordamchisi Aleksandr Volkov boshlab tushgandi, chunki bu paytda Mirjalol Qo'shoqovich asosiy etiborini milliy jamoaga qaratgandi. Uchrashuvda Oleg Zoteev darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib, hisobni ochdi. Biroq keyinchalik saudiyaliklar ikkita gol urib, oldinga chiqib olishdi. 70-daqiqada Vohid Shodiev boshi bilan to'p kiritib, muvozanatni tikladi. So'nggi daqiqalar yaqinlashib borayotganda Volkov maydonga Alibobo Rahmatullaevni tushirdi. U esa yana bir bor to'pni ajoyib tarzda to'rga yo'llab, jamoasiga muhim g'alabani tortiq qildi.  Bu safar "Paxtakor" stadioni larzaga keldi. 2 yil avvalgi bayramona muhit qaytarilgandek.

Garchi keyinchalik Rahmatullaev ichki chempionat bahslarida raqiblar darvozasini bir necha bor ishg'ol qilgan bo'lsa-da, aynan mana shu ikki xalqaro o'yindagi qahramonligi esdan chiqmaydi, chunki bu uchrashuvlarda u oltinga barobar gollarni urgandi.

O'sha yili ikkinchi davrada yangi murabbiy Sergey Lushan iqtidorli vingerni ko'zdan qochirdi, shekilli, unga umuman imkoniyat bermay qo'ygandi. Vaholanki, u o'sha yilning ikkinchi davrasida o'rinbosarlar safida bitta o'yinda uchtalab gollar urar, o'zini ko'rsatishga harakat qilardi.

Klubni tark etishdan o'zga chorasi qolmagan Rahmatullaev "Paxtakor" bilan shartnoma imzoladi. Uning yangi klubida qolishi deyarli aniq bo'lib ulgurganda, "Buxoro"ga yangi tayinlangan Aleksandr Mochinov uni o'z jamoasiga taklif qildi. Natijada, Alibobo "sherlar" bilan shartnomani bekor qilib, Buxoro safida Turkiya yig'iniga otlandi. Ushbu mutaxassisning ko'hna shaharda ishi yurishmadi. Shu bois, birinchi davra yakuniga etganidan so'ng, Alibobo  "Navbahor"ga o'tadi. Orada Ozarbayjonning "Revan" jamoasidan kelgan chorlovni qabul qilib, malum vaqt u erda ham to'p tepdi. Afsuski, xorijdan o'zbek o'g'loni ortga qaytishga majbur bo'ldi: "Revan" rahbariyati maoshlarni vaqtida to'lamay, barcha futbolchilarga javob berib yuborgandi.

Ketma-ket klub almashtirish bir necha yillar oldin qahramon sifatida tan olingan Aliboboning o'yini borgan sari pasayib borayotganidan dalolat edi. Avvalgi formasiga qaytishni istagan iqtidor sohibi navbatdagi mavsumni "Qo'qon-1912" tarkibida boshladi va ko'p o'tmay yana Namanganga qaytdi, chunki "lochinlar"ning yangi bosh murabbiyi Rashid G'ofurov "Bunyodkor" tizimidagi sobiq shogirdi bilan ishlash istagini bildirgandi. O'sha mavsum "Navbahor"da inqiroz va murabbiylar qo'nimsizligi kuzatildi. Rahmatullaev esa ijara asosida "Andijon"ga o'tdi. 2017 yilda Viktor Kumikov boshchiligidagi OKMKda mavsumni boshladi, lekin zaxira o'rindig'ida qolib ketdi. "Konchilar" safini tark etgan Alibobo Rahmatullaev keyin boshqa jamoalarda ko'rinish bermadi. Uning AQSHga yo'l olgani haqida mish-mishlar ham tarqaldi. Keyinchalik saytimizga bergan intervyusida bunga aniqlik kiritib o'tdi. 

Amerikaga ketish sababi, Qozog'iston chempionati darajasi, “Adelaida Yunayted”ga tarixiy golni urgan Alibobo Rahmatullaev bilan suhbat

Sobiq to'p tepar futbolchilik faoliyatining oxirgi yillarini Qozog'istonda o'tkazdi va ikki yil oldin butsalarini mixga ilishga qaror qildi. Bugungi kunda Alibobo Rahmatullaev Toshkentda xususiy bolalar futbol maktabida yoshlar bilan ishlab, o'z tajribasi bilan bo'lishmoqda. Shu bilan birga murabbiylik bilimlarini mustahkamlash maqsadida doim izlanishda davom etmoqda.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
21 okt 20:08:58
Феномен
Эххе шу бола эсимдан хам чиқиб кетган экан хақиқатдан узбдан жуда кўп ёш футболчилар порлаб чиқишади лекин кўпчилиги ривожланмай синиб қолишади алибобо рахматуллаев, смрдор рашидов, шерзод каримов , аббос махсуталиев, Тимур хакимов, жасур яхшибоев, бундай номларни кўп давом эттириш мумкин бизни мураббийлар ёшларга имкон бермай синдириб қўйишади кўпинча
   
21 okt 16:38:10
Пахтакорим
5 йил аввалги мақолани нима кераги бор?
   
21 okt 15:02:47
MTJ, PAXTAKOR
Qosimovi topilmasi Volkov paytda porladi Sergey Ivanovich bolani talantini kotiga tiqdi eng katta xatosi Babayanga xayr deb Buxoroga ketkani bo'ldi. Mayli xayrli ekan shunisi hammaga avvalo o'ziga. Murabiyulik faoliyatida omad
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика