So’nggi yangiliklar

02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  1 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  1 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  4 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  4 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  15

"Enfild Roud"dagi betakror o'yinga bir yil to'ldi Yangiliklar

"Enfild Roud"dagi betakror o'yinga bir yil to'ldi

Evropa chempionlar ligasining o'tgan mavsumi superkambeklarga nihoyatda boy bo'lgani bilan oldingilaridan keskin farq qildi.

Jumladan, yarim final bosiqichining ikkala juftligi ham muxlislarga bir olam hayajon, emociya taqdim qilgandi.

"Barselona" — "Liverpul"

Mazkur juftlik o'rtasida Kataloniyada o'tkazilgan birinchi bahsdan (3:0) keyin butun dunyo Messi tepgan jarima to'pini muhokama qilar, "ko'k-anorranglilar"ning finaldagi raqibi kim bo'lishi, "Tottenxem" yoki "Ayaks" "Barselona"ga qarshilik qila oladimi qabilidagi savollarga o'zicha javob izlardi. "Liverpul"ning eng ashaddiy muxlislari ham Saloh va Firminosiz jamoaning Messi boshchiligidagi katalonlarga qarshi mo'jiza ko'rsata olishiga deyarli ishonmagan bo'lsa kerak. Faqat Klopp va uning yigitlarigina bunga oxirigacha ishonishdi va isbotlashdi.

Uchrashuvga qadar Luis Suares UEFA rasmiy saytiga intervyu bergan: "Liverpul"dagi ajoyib mavsumlardan keyin yana "Enfild"ga qaytyapman. Bu men uchun o'zgacha ahamiyat kasb etadi. ECHL finaliga qadar etib borish juda mushkul vazifa. Birinchi o'yindan keyin biz bunga juda yaqinmiz. Lekin qaerda o'ynayotganimizni unutmaylik. Bu erda muxlislar bir soniya ham to'xtab qolishmaydi. O'tgan yili "Roma"ga qarshi o'yinda yo'l qo'ygan xatolarimizni takrorlamaslikka urinamiz. ECHLda yarim soat emas, bir daqiqaga to'xtab qolish ham sizni musobaqadan chiqarib yuboradi".

Javob o'yinidan bir kun oldin Trent Aleksander-Arnold shunday degandi: "Albatta, raqiblarimizning barchasi jahon yulduzlari, ammo ularga etarlicha muammo tug'dirishimizga ishonaman. "Barsa"ga qarshi uchrashuvlarda Messi yoki boshqa o'yinchiga alohida etibor qaratish kerak emas, barchaga qarshi bir xil o'ynaymiz. Bizning yo'qotadigan narsamiz qolmadi, muxlislarimiz uchun oxirgi soniyalargacha harakat qilamiz"

O'yin o'tgan yilning ayni kunida o'tkazilgandi va yakunda Trentning fikrlari o'z tasdig'ini topdi. "Barselona" uchun eng katta muammoni o'yin oxirida aynan uning o'zi tug'dirgani yodingizda bo'lsa kerak. Marhamat, quyida o'sha lahzalarni eslash uchun uchrashuvdagi xavfli vaziyatlarning videolavhasiga etibor qaratishingiz mumkin.


2018-19, ECHL. Pley-off. 1/2 final

"Liverpul" - "Barselona" 4:0 (birinchi o'yin - 0:3)

Gollar: Origi, 7 (1:0); Veynaldum, 54 (2:0); Veynaldum, 56 (3:0); Origi, 79 (4:0)

"Liverpul": 13. Alison, 3. Fabino, 4. van Deyk, 26. Robertson E. ( 46') , 10. Mane, 14. Xenderson, 27. Origi (85') , 66. Aleksander-Arnold, 7. Milner, 32. Matip, 23. SHakiri (90')

Zahiradagilar: 22. Minole, 6. Lovren, 24. Bryuster, 58. Vudbern, 5. Veynaldum (46') , 12. Gomez (85') , 15. Starridj (90').

"Barselona": 1. Ter SHtegen, 15. Langle, 18. Alba X., 3. Pike, 5. Buskets, 7. Koutino (60') , 20. Roberto S., 22. Vidal (75') , 4. Rakitich (80') , 9. Suares L., 10. Messi

Zahiradagilar: 13. Sillessen, 23. Yumtiti, 24. Vermalen, 26. Alenya, 2. Semedu N. (60') , 8. Artur Ramos (75') , 14. Malkom (80').

Ogohlantirishlar: Fabino 11', Matip 66' - Buskets 45', Rakitich 53', Semedu N. 76'.  

O'yindan keyin "Barselona" hujumchisi Luis Suares shunday fikrlarni bildirgandi: "Raqib to'rtinchi golni urganida biz maktab bolalariga o'xshab qoldik. Albatta, hozir biz va muxlislarimiz uchun juda qayg'uli vaziyat. Ammo har qanday tanqidlarga tayyor turishimiz kerak".

"LIVERPUL" SUPERKAMBEK KO'RSATGAN HOLDA "BARSELONA" TO'SIG'IDAN O'TIB, MUSOBAQANING FINALIGA YO'L OLDI! 

Faxriddin Ro'ziev tayyorladi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика