"Energetik-BGU” – “Minsk” bahsining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
05 apr 2020 19:20
Yangiliklar
"Energetik-BGU” – “Minsk” bahsining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
Biroz oldin, Belarus yuqori ligasi 3-turidan o'rin olgan "Energetik-BGU” hamda “Minsk” o'rtasida bahs o'z yakuniga etdi.
Unda maydon egalari 2:0 hisobida zafar quchishdi. Uchrashuvda faol harakat qilib, 90+2 daqiqada o'z hisobiga gol yozdirib qo'ygan Jasurbek Yaxshiboev o'yinning eng yaxshi futbolchisi sifatida maxsus sovg'aga ega bo'ldi. Yaxshiboev BATEga qarshi o'tgan ilk tur uchrashuvida ham “man of the match” bo'lgandi.
22 yoshli futbolchi uchta gol bilan chempionat to'purari bo'lib turibdi. SHuningdek, uning hisobida bitta samarali uzatma ham bor.
Fikrlar