So’nggi yangiliklar

01:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  2 01:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  0 00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  2 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  0 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  0 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  0 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  2 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  4 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  0 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  6 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  3 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  15

Belarus. "Energetik-BGU" navbatdagi g'alabaga erishdi Yangiliklar

Belarus. "Energetik-BGU" navbatdagi g'alabaga erishdi

Belarus chempionati 9-turi doirasidagi "Energetik-BGU" - "Dinamo Brest" uchrashuvining matnli translyaciyasi bilan tanishib boring:

"Energetik-BGU" - "Dinamo Brest" 2:1

Gol: Bakich (41), Yudchic (47), Kislyak (90+3).

Energetik-BGU – Lesko, Mavatu, Yudchic, Sokol, Svirepa, Bakich (Girs, 67), Nosko, Tve, Umarov (Sovpel, 68), Yaxshiboev, SHkurdyuk.
Zaxira: Makavchik, Sadovskiy, Miroshnikov, SHorac, Sovpel, Dias. 

Dinamo Brest – Pavlyuchenko, Pavlovec, Veretilo, Kiki, Bykov, Yuzepchuk, Krivec (Milevskiy, 62), Savickiy, Kislyak, Gordeychuk, Sadovskiy (Laptev, 63).
Zaxira: Ignatovich, Duarte, Vitus, Pechenin, SHevchenko.

Ogohlantirish: Tve (19), Nosko (24), Mavatu (29), Yuzepchuk (70).

YANGILASH

SHu tariqa "Energetik-BGU" navbatdagi g'alabasini nishonladi.

90+3. GOL! Uchrashuvda hisob qisqardi va o'yin tugadi. Kislyak o'ng qanotdan oshirilgan to'pni darvozaga yo'lladi, 2:1.

Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

90. Maydondagi kurash to'xtat bo'lgan. Bugun "Energetik-BGU" raqibidan kuchli edi.

88. Yana Bykov hujumga o'tdi. Uning yurishini darvozabon Lesko to'xtatdi.

85. O'yin surati tushib ketdi. "Dinamo Brest" taslim bo'lib bo'ldi.

81. VOOYY!!! Bykov o'z jarima maydonchasi yonida to'pni Tvega tashlab berdi. Franciyalik esa birga bir vaziyatda raqib posbonini alday olmadi. Uning zarbasini Pavlyuchenko qaytardi.

80. Bykovning yaqin masofadan tepgan to'pini Lesko osonlik bilan ushlab oldi.

78. UXXXX!!!! Nosko chap qanotdan to'pni darvoza yoniga uzatgandi. Ammo Yudchic to'pni darvozaga yo'llay olmadi.

76. ZARBAAAA!!! Bykovning ajoyib zarba bergandi. To'p go'yoki darvozaga kirib ketayotgandek edi. Ammo to'p shundoqqina darvoza yonidan o'tib ketdi.

73. O'yin yana zerikarli tus oldi.

70. Jasur Yaxshiboev to'pni raqibidan olib qo'ydi va darvoza tomon ketayotgandi. To'pni oldirib qo'ygan Yuzepchuk hamyurtimizning qo'lidan ushlab to'xtatgani uchun sariq kartochka oldi.

69. Bugungi o'yinni juda yaxshi o'tkazgan SHaxboz Umarov zaxiraga olindi. Uning o'rnida Sovpel harakat qiladi.

66. Kislyak bu safar havfli zarba yo'llagandi. Ammo bu vaziyatda darvozabon o'zini ko'rsatdi.

64. SHaxboz Umarovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi anchagina noaniq ketdi.

62. Krivecning uzoq masofadan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

59. "Energetik-BGU"da yaxshi vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi. Yaxshiboev markazda to'pni egallab oldi va jarima maydonchasi yoniga qadar yugurib bordi. O'zi zarba bermay to'pni Bakichga oshirdi. Biroq uning pasi noaniq ketdi.

56. Krivec hujumga o'tdi. Uning o'ng qanot jarima maydonchasida havolatib markazga uzatgan to'pini Nosko qaytarib yubordi. 

54. "Energetik-BGU" tashabbusni to'liqligicha ushlab turibdi. Yaxshiboev o'ng qanotda to'pni egallab olib, to'pni markazdagi Yudchicga oshirdi. Evgeniy zarba yo'llashga biroz ulgurmadi.

52. "Dinamo Brest"ning hujumini Tve va Nosko birgalikda qaytarib yuborishdi.

50. ZARBAAAAAAAA!!! Yaxshiboevning jarimadan yo'llagan zarbasini darvozabon qaytardi.

49. Sadovskiyning yaqin masofadan yo'llagan zarbasini Lesko ushlab oldi.

47. GOOOOOOOOOOOOOOLLLL!!!! Mavatu ilk daqiqadayoq ikki raqibini aldab o'tib, to'pni "prostreli" bilan Yudchicga oshirib berdi. Evgeniyning zarbasini raqib posboni qaytara olmadi!!!

- Ikkinchi bo'limga start berildi!

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+1. Umarovdan yana bir chiroyli zarba!!! U to'pni oyoqning tashqi qismi bilan tepgandi. Biroz noaniq!

44. "Energetik-BGU" yana bir ajoyib hujum tashkil qildi. Umarovning chiroyli pasidan keyin Yudchic to'pni darvoza yoniga tashlab berdi. Ammo to'pni bo'sh qolgan darvozaga to'g'rilab qo'yadigan futbolchi topilmadi.

41. GOOOOOOOOOOOOOOOLLLLL!!! Qanotdan uzatib berilgan to'pga darvozabon chiqishda xatolikka yo'l qo'ydi. Natijada Yudchic to'pni boshi bilan Bakichga oshirib berdi. Dushan bo'sh qolgan darvozani osonlik bilan nishonga oldi.

39. ZARBAAAAAA!!!! Krivecning zarbasi noaniq ketdi. U jamoadoshi oshirgan to'pni erga tushirmasdan zarba yo'llagandi.

37. Autdan uzoq masofaga to'p otib berildi. Gabi Kiki to'pni boshi bilan qaytardi, ammo to'p Tvega borib tushdi. Franciyalikning zarbasi noaniq ketdi.

35. ZARBAAAAAAA!!!!! Noskoning havolatib uzatgan pasidan keyin Umarov to'pni qabul qilib olib, markazga yorib kirdi va to'pni Yaxshiboevga oshirib berdi. Jasurning zarbasini posbon qiyinchilik bilan qaytardi va ikkinchi urinishda ushlab oldi.

33. O'yin yana markazda kechmoqda.

30. Yuzepchukning burchakdan oshirgan to'piga Kislyak zarba yo'llay olmay qoldi. Hisob ochilishiga sal qolgandi.

27. "Dinamo Brest" futbolchisi Kislyak jarimadan ajoyib zarba yo'lladi. U o'tkir burchakda bo'lishiga qaramasdan, darvozaning uzoq burchagi tomon to'pni tepdi. To'p darvoza ustidan o'tib ketdi.

25. SHkurdyukning burchakdan oshirgan to'pini himoyachilar qaytarib yuborishdi.

22. Umarovning zarbasi noaniq ketdi.

20. O'yin biroz zerikarli tus oldi. Ikki tomon ham hujum qilishga qiynalmoqda.

17. XAVFLI VAZIYATTTT!!! "Dinamo Brest" gol urishga yaqin kelgandi. Futbolchining zarba bergunicha Svirepa to'pga oyog'ini qo'yishga ulgurdi va uning oyog'ini tepgani uchun fol belgilandi.

15. "Dinamo Brest" tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi. Qanotdan Gordeychukning oshirgan to'pini Svirepa boshi bilan qaytardi.

13. "Energetik-BGU"da yaxshi vaziyat yuzaga kelgandi. Yudchic to'pni Yaxshiboevga oshirdi. U esa Umarovni topdi. Biroq SHaxboz zarba berishga ulgurmadi.

11. ZARBAAAAAAAAA!!!! SHaxboz Umarovning kuchli zarbasini Pavlyuchenko qiyinchilik bilan qaytardi!!!

10. Krivec o'z pasi bilan Gordeychukni raqib posboni bilan birga bir holatga chiqarib yubormoqchi bo'lgandi. Biroq pas o'xshamadi.

8. Ilk daqiqalarni brestliklar faol tarzda o'tkazishmoqda. Bu safar burchak zarbasidan jamoa unumli foydalana olmadi.

6. "Dinamo Brest" futbolchilari chap qanotdan jarima zarbasini amalga oshirishdi. Uzatilgan to'pni himoyachilar qaytarib yuborishdi.

4. ZARBAAAAAAAAAA!!!!! Mavatuning qanotdan oshirgan to'pina Yudchic boshi bilan zarba berdi. Darvozabondan super seyv!

2. Svirepaning uzoq masofaga oshirgan to'pini darvozabon ushlab oldi.

- O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv boshlanishiga barcha narsa shay!

- Jamoalar maydonga tushib kelishdi.

- Uchrashuv boshlanishiga oz vaqt qolmoqda.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика