So’nggi yangiliklar

02:00Месси фаолияти ҳақида: "Бунинг якуни яқинлашиб келмоқда"  0 01:45ЖЧ-2026 саралаши. Гаттузонинг дебютида Италиядан йирик, Франциядан ишончли ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:19ОКМК назорат ўйинида Про-лига жамоасини икки марта мағлуб қила олмади  0 00:58Урмат Абдукаимов: "Ҳакамларнинг қарорлари футболчиларнинг фаолиятига катта таъсир ўтказади. Ҳакамлар ҳам шуни билиши ва ҳис қилиши керак"  5 00:47"Навбаҳор" ўртоқлик ўйинида "Нефтчи"ни мағлуб этди  4 00:23Лаутаро ЕЧЛ финалидаги мағлубият ҳақида: "5 кун гапира олмаганман"  0 23:45Лотар Маттеус: "Германия жуда ёмон ўйнади. Ҳисоб 5:0 бўлиб кетиши ҳам мумкин эди"  0 23:24Тимур Кападзе: "Жаҳон чемпионати учун аниқ режа? Барчаси ҳал бўлгунча кутиш керак"  20 22:55"Барселона" Ромеу клубдан кетганини маълум қилди  0 22:36"Реал" мухлислари жамоанинг август ойидаги энг яхши футболчисини танлаб олди  0 22:13ЛаЛига "Барселона"га рухсат берди  1 21:45CAFA Nations Cup. Ўзбекистон – Қирғиз Республикаси 4:0  23 21:26CAFA Nations Cup. Ўзбекистон 10 киши бўлиб қолган Қирғиз Республикасини йирик ҳисобда енгди. Финалдаги рақиб – Эрон  236 21:10Ўмон терма жамоаси мураббийи: "Кўплаб вазиятлар яратдик, аммо бор-йўғи иккита гол урдик"  11 20:54Ровшан Мередов: "Ушбу мусобақа орқали мундиаль иштирокчисига қарши ўйнадик"  5

Endi “Nasaf” futbol klubida ham kiberfutbolchilar bor Yangiliklar

Endi “Nasaf” futbol klubida ham kiberfutbolchilar bor

SHu kunlarda O'FF va PFLning qo'llab-quvvatlashi orqali O'zbekistonda “Virtual Football” kompaniyasi PCFL (Professional Cyber Football League) ligasi tashkil qilish bo'yicha katta tashkilotchilik ishlarini boshlab yuborgan.
Butun dunyoda yangi sport turiga aylanib borayotgan kiberfutbol vakillari jahon chempionatlari va jahon gran-prilarida vatanimiz sharafini himoya qilib kelmoqdalar. Endilikda kiberfutbol mamlakatimizning professional futbol klublari qoshida ham tashkil etila boshlandi. Klublar o'z saflariga ushbu sohada faoliyat yuritayotgan kuchli o'yinchlarni qo'shib olishni boshlashdi.

Bu loyihaning asosiy  maqsadi yurtimizda ushbu virtual futbolni rivojlantirish bilan birgalikda yoshlarning bo'sh vaqtini maroqli va mazmunli o'tkazishga yordam berishdir. SHuningdek kirebfutbol bo'yicha O'zbekiston bayrog'ini jahon arenalarida baland ko'tarish sanaladi.



“Nasaf” futbol klubi ham bu loyihadan chetda qolmadi.  Klubimiz katta tajribaga ega ikki nafar ana shunday  kiberfutbolchilar bilan kelishuvga erishdi. Ushbu kiberfutbolchilar endilikda O'zbekiston chempionatida klubimiz sharafini himoya qilishadi.

Bugun “Nasaf” futbol klubi o'z kiberfutbolchilariga, klubimiz logotipi aks ettirilgan ramziy futbolkalarni topshirish marosimini o'tkazdi.

Marosimda “Nasaf” futbol klubi bosh menedjeri SHamil Yarulin bu loyiha tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirib, yurtimizda endi kibersport ham ommalashib, o'z safiga juda ko'p yoshlarni jalb etishini va mamlakatimiz kiberfutbolchilari kelgusida bu orqali yurtimiz sharafini butun dunyoga ko'z-ko'z qilishiga ishonishini aytib o'tdi va ularga omadlar tiladi.

SHu o'rinda klubimiz kiberfutbolchilari ham so'z olib, “Nasaf” klubi sharafini nafaqat O'zbekistonda, balki butun dunyoda munosib himoya qilishga butun mahoratini ishga solishini aytib o'tishdi.


 
Quyida kiberfutbolchi azolarimiz bilan tanishing:

44 raqam. Xislat Umarov - Keeper, 2013 yildan kibersport bilan shug'ullanadi.
70-raqam. Ilhomjon Turdikulov – Nike,  2012 yildan kibersport bilan shug'ullanadi.

Klubimiz kiberfutbolchilari MDH davlatlari o'rtasida va O'zbekistonda o'tkazilgan bir qancha turnirlarda ishtirok etgan va sovrindor bo'lishgan.

Marosim yakuniga etgach, “Markaziy” stadionimiz anjumanlar zalida Qashqadaryo va Surxondaryolik kiberfutbolchilar o'rtasida saralash bahslariga start berildi.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика