Endi Koul: "MYU xo'jayinlari Sulsherga to'laqonli shartnoma taklif qilishi kerak"
22 fev 2019 11:50
Yangiliklar


Endi Koul: "MYU xo'jayinlari Sulsherga to'laqonli shartnoma taklif qilishi kerak"
"Manchester Yunayted" sobiq hujumchisi Endi Koulning fikricha, Ule-Gunnar Sulsher "qizil iblislar"ning to'laqonli bosh murabbiyi bo'lishi kerak.
"MYUning natijalari faqatgina jamoa kayfiyati o'zgarganidan so'ng yaxshilangani yo'q. Sulsherning mehnati futbolchilar va butun klubni ilhomlantirdi. "Yunayted" hozir kuchli o'yin ko'rsatmoqda.
PSJdan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng Sulsherga savollar paydo bo'ldi, ammo u "CHelsi"ga qarshi bahsda barcha shubhalarga chek qo'ydi. Klub xo'jayinlari unga to'laqonli bitim taklif qilishi kerak" - deydi Koul.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar