So’nggi yangiliklar

17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  1 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  7 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  6 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  8 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  9 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  2 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2

Eldorbek Suyunov: "Evro-2016da Noyer, CHex va Lorisning o'yinlarini diqqat bilan kuzataman" Yangiliklar

Eldorbek Suyunov: "Evro-2016da Noyer, CHex va Lorisning o'yinlarini diqqat bilan kuzataman"

O'zbekiston terma jamoasi hamda "Nasaf" klubi darvozaboni Eldorbek Suyunov Evropa chempionatida o'z ampluadoshlarining o'yinlariga alohida etibor qaratishini takidlab o'tdi.


O'zbekiston terma jamoasining "quruq" seriya o'tkazish bo'yicha rekordchi darvozaboni Eldorbek Suyunov bilan bog'lanib, Evropa chempionati xususida uning fikrlarini so'radik.

Yani, mohir darvozabon Evro-2016da o'z ampluadoshlari ichidan kimlarni o'yiniga qiziqishi va hamkasblari orasidan qay birini kuchliroq deb hisoblashi haqida gapirib o'tdi.


- Franciyada bo'lib o'tadigan futbol bayramini ko'pchilik qatori intizorlik bilan kutdim. Evropa chempionati qiziqarli o'tishi aniq. Kimlarni o'yinini diqqat bilan kuzataman? Avvalo Manuel Noyer va Petr CHex ishtirokidagi uchrashuvlarni katta qiziqish bilan tomosha qilaman. Ularning harakatlarini kuzatish men uchun ikki hissa qiziq. Noyer va CHexni jahondagi eng kuchli darvozabonlardan, deb bilaman. Oldindan Petr CHexning o'yinlarini yoqtirardim. Noyer esa undan ham o'tib ketdi. Yani oxirgi yillarda ushbu nemis darvozaboni jahonda kim birinchi raqamli kiper ekanligini isbotladi. Ushbu tajribali darvozabonlarning harakatlarini tomosha qilib nafaqat zavq olaman, balki men uchun o'rganadigan jihatlari ham bisyor. SHuningdek, ushbu musobaqada Ugo Lorisning o'yinlarini ham katta qiziqish bilan kutyapman. CHunki ushbu hamkasbim o'z uylarida o'tadigan muhim turnirda qanday harakat qilishi qiziq bo'ladi. Franciya Evropa chempionati favoritlari qatorida. Ko'p narsa esa Lorisning o'yinlariga ham bog'liq bo'ladi. Ushbu Evropa chempionatida Noyer, CHex va Lorisning o'yinlariga katta etibor qarataman.

Kimga muxlislik qilaman? Angliya terma jamoasi muxlisiman. Manuel Noyer tufayli Yoaxim Lyov boshqaruvidagi nemis mashinasiga ham ishqibozliq qilaman. Menga qolsa Angliya bosh sovrin bilan uyga qaytgani maqul. Ammo Germaniya g'oliblikka asosiy davogar. Germaniya chempion bo'lsa ham bundan xursand bo'laman.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика