Eldor SHomurodov VS Aleksandr Sobolev. Mavsum oxirida kimning gollari ko'proq bo'ladi?
29 avg 2019 14:17
Yangiliklar
Eldor SHomurodov VS Aleksandr Sobolev. Mavsum oxirida kimning gollari ko'proq bo'ladi?
Rossiya Premer-ligasining 2019/20 mavsum starti chempionatga ikkita yangi to'purar - "Krilya Sovetov"dan Aleksandr Sobolev va "Rostov"dan Eldor SHomurodovni sovg'a qildi.
Hujumchilarning bunday o'yini ko'pchilikni hayron qoldirdi, ammo bu forvardlarda progress kutilgan edi. Sobolev 2016/17 mavsum "Tom" sharafini himoya qilgan, FNL 2017/18da 14ta gol urib, havodagi kurashlar bo'yicha etakchi bo'lgan (bo'yi 195 sm).
2018 yilning qishida Sobolev "Krilya"ga o'tdi, ammo samaraliklar RPLga chiqqanidan so'ng Aleksandr asosiy tarkibdagi joyini yo'qotib qo'ydi va "Enisey"ga ijaraga berildi. Sobolev 10ta o'yinda 3ta gol urdi va ijarani yakunlab, Samara klubiga qaytdi.
SHomurodov 2017 yilning yozidan beri RPLda. Eldor uchun katta o'sish 2019 yilning yanvarida o'tkazilgan Osiyo Kubogi bo'ldi. "Bunyodkor" sobiq forvardi qita birinchiligida 4ta gol urib, to'purarlar poygasida Azmun va Mabhut bilan ikkinchi o'rinni egalladi. Eldor "Rostov"ga qaytganida, o'ziga bo'lgan ishonchi ikki karra ortgandi.
SHomurodov bahorda 2ta gol urdi (eldorka qalpog'i bilan "Spartak" va "Krasnodar"ga), biroq asosiy voqea - Sigurdarson boshlang'ich tarkibda maydonga tushmay qo'ygani bo'ldi. Qishki tanaffusdan so'ng Sigurdarson 6 marta asosiy tarkibda o'ynadi, SHomurodov 5 marta (ular 1ta o'yinda birga maydonga tushishdi), ikkita o'yinda esa Karpin Ionov va Popovni hujumga qo'ydi.
Yozgi yig'inlarda SHomurodov "Rostov"ning 4-3-3 taktikasidagi markaziy hujumchiga aylandi.
To'purarlar poygasida Eldor Sobolevdan bitta kam gol urgan.
Sobolev zarbalar soni bo'yicha xatto kuchli 25talikka kirmaydi, ammo deyarli hammadan aniq zarba beradi
"Sobolev doimo hayratlanarli gollar urmoqda. Ammo bazi oddiy vaziyatlarda xatoga yo'l qo'yyapti" - degandi "Krilya" sobiq bosh murabbiyi Andrey Tixonov 2018 yilning avgustida. Sobolev joriy mavsum startida 4ta ajoyib golga mualliflik qildi: "Ural"ga qarshi bahsda maydon markazidan parashyut, "Arsenal" bilan o'yinda qaychi zarba, "Lokomotiv"ga qarshi uchrashuvda to'pni to'xtatmay berilgan zarba va CSKA bilan bahsda to'pni ko'kragida o'ziga to'g'irlab, darvozani ishg'ol qilish.
Aqldan ozdiradigan gollar Sobolevni to'purarlar poygasida etakchiga aylantirdi, biroq Aleksandrning zarbalari sonidan hayratga tushasiz. Zarbalar soni bo'yicha u ligadagi futbolchilar orasida 28-o'rinda, ammo aniqlik yuqori darajada. Bloklangan zarbalarni hisobga olmasak (1ta), Sobolevning 66,6% zarbalari (har uchtadan ikkitasi) darvozaga aniq boradi. Bu ko'rsatkich bo'yicha faqat Vlashich undan tepada (83,3%).
Mavsum davomida Sobolevning aniqligi pasaysa kerak - u hech qachon bunday raqamlar qayd etmagan. "Tom"da 36,3%, FNLdagi "Krilya"da - 51,3%, o'tgan mavsumda - 41,6%.
Sobolev 3ta golni uzatmalardan keyin to'p bitta teginish bilan urdi, yana bittasini uzatmani o'ziga to'g'irlab. Bu tasodif emas - "Krilya" yarim himoyasining o'ng qanotida Kabutov, chap qanot himoyada Kombarov o'ynaydi. Ular uzatmalar soni bo'yicha kuch 15talikka kirishadi. Bunday qanot futbolchilari Sobolevga juda mos keladi - u himoyachidan qochib, yaqin ustunga yurish kerakligini yaxshi his qiladi.
SHomurodov ham uzatmalardan so'ng zarba beradi. U RPLda raqib jarima maydonchasi ichida to'pga teginish bo'yicha ikkinchi
Sobolevning 13ta zarbasidan 7tasi krooslardan so'ng bo'lgan. SHomurodov ham hujumni raqobatchisi kabi yakunlaydi - 12ta havodan uzatma, 22ta pastlatib oshirilgan to'p.
SHomurodov - bosh bilan zarba (10ta) berish bo'yicha RPLda Dzyuba bilan etakchilik qilmoqda, Sobolev bosh bilan bor-yo'g'i 4ta zarba bergan. Bu raqamlarga qarab, Aleksandr hujumlarni oyoq bilan yakunlashni xush ko'rar ekan deyish mumkin, biroq bunday emas.
Birinchidan, masalan, Tuladagi qaychi uslubida urilgan gol noqulay uzatma oqibati. Ikkinchidan, Sobolevda bosh bilan zarba berish uchun imkoniyat kam bo'ladi. "Krilya" jarima maydonchasiga to'p uzatish bo'yicha liga ettinchi (har o'yinda o'rtacha 17ta), "Rostov" esa ikkinchi (23).
SHomurodovga "Rostov" tizimi katta yordam beradi, Karpin yozning o'zida hujumi RPLdagi eng yomon jamoani grandga aylantirdi. 7 turdan so'ng "Rostov" penaltilarni hisobga olmaganda vaziyatlar yaratish bo'yicha uchinchi, xavfli zonalarga uzatmalar bo'yicha birinchi.
O'yini tizimi o'zgarishi SHomurodovni raqib jarima maydonchasida to'pga tegish bo'yicha ikkinchi o'ringa olib chiqdi (56ta, Azmunda 58ta, Sobolev 15-o'rinda).
Sobolev to'g'ri korpus qo'yadi - doimo uni yiqitishadi
"Krilya" uzun paslardan juda ko'p foydalanadi, bu borada ular "Tambov" bilan 3-4 o'rinlarni egallab turishibdi. Sobolev raqib darvozasiga teskari turib o'ynashiga to'g'ri keladi.
Natija - Sobolevga nisbatan ko'p qoida buzishadi. Masalan, 2017/18 mavsum FNLda Aleksandr fol yig'ish bo'yicha ikkinchi bo'ldi. Sobolev hozir bu ko'rsatkich bo'yicha uchinchi. "Krilya" hujumchisi joriy mavsum raqiblarini juda kam aldab o'tmoqda (har 90 daqiqada 0,7 urinish) va barcha follar korpus evaziga sodir bo'lyapti. Biroq bu katta foyda bermoqda.
Sobolevga nisbatan ishlatilgan follarning katta qismi Rijikovdan kelgan paslardan so'ng yuz bermoqda. "Rostov" posboni Pesyakov ham SHomurodovga to'p uzatish bo'yicha etakchi edi, ammo darvozabon "Rubin"ga qarshi bahsda o'ynamagani tufayli Eryomenko va CHernov undan o'tib ketdi.
Agar Sobolevga nisbatan qo'pollik ishlatilmasa, u o'yinni boshqa qanotga ko'chirish yoki katta tezlikda oldinga o'tayotgan jamoadoshiga pas berish (CSKAga qarshi bahsdagi kabi) bilan hujumni yaxshi rivojlantirishi mumkin.
"Krilya"ning o'yin uslubi tufayli Sobolev ko'pincha orqaga pas beradi va to'p bilan jarima maydonchasi tashqarisida uchrashadi. Bu borada Aleksandr va Eldor o'rtasida katta farq bor:
1) SHomurodov 61,4% paslarni oldinga uzatadi (Sobolev - 40,2%)
2) SHomurodov to'pga teginishining 20,1% raqib jarima maydonchasida ro'y beradi (Sobolevda 10,1%).
SHomurodov ikkinchi qavatdagi kurashlarda Sobolevdan ko'p ishtirok etadi (har 90 daqiqada 11,5ta havodagi kurash, Sobolevda 10,5ta), ammo "Rostov" ko'proq to'pga egalik qiladi (51,8%ga 47,3%) va raqib jarima maydonchasi oldida o'ynaydi (33%ga 23%).
SHomurodov O'zbekistonda ko'pincha hujumning chap qanotida o'ynaydi. Eldorning "Rostov"dagi o'yiniga aynan shu jihat yordam bersa kerak. Rostovliklar forvardi to'pni chiziqlar orasida qabul qilish uchun himoyachilardan qochishga urinadi va xotirjamlik bilan qanotga o'tib, uzatma amalga oshiradi. SHomurodov shu sababli jarima maydoniga to'p uzatish va zarbadan oldingi paslar bo'yicha Sobolevdan ancha oldinda.
Joriy mavsum SHomurodov Sobolevdan ko'proq gol ursa kerak - "Rostov"ning hujumkor uslubi bunga imkon beradi.
Sobolev - joriy mavsum startida sodir bo'lgan kichik portlash emas va u tez orada top-klubga o'tishi mumkin. Aleksandr uni Dzyuba bilan solishtirishlarini yoqtirmaydi, biroq ulardan qochishning iloji yo'q - pastda sifatli o'ynaydigan baquvvat hujumchilar Rossiyada juda kam.
SHomurodovning kelajagi yanada qiziqroq: U "Rostov" bilan evrokuboklarda ishtirok etishi yoki Moskva, Peterburg, Krasnodar yoki Evropaning biror klubiga o'tishi mumkin.
Fikrlar