Eldor Shomurodov: "Endi milliy chempionat va kubokka bor e'tiborimizni qaratamiz"

Aziz Tukhtamuradov
30 apr 2016, 15:02
"Bunyodkor" futbolchisi Eldor Shomurodov "Paxtakor"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Qiyin uchrashuv bo'ldi. Shunga qaramasdan o'z o'yinimizni namoyish eta oldik va g'alabaga erishdik. Gol kiritganimdan xursandman.

OCHLda imkoniyatimiz qolmaganidan so'ng bor e'tiborimizni milliy chempionat va kubokka qaratamiz.

O'yin oldidan mana shunday hisobga ishonarmidim? To'g'ri, ishonish qiyin. Bahsga jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. Buning natijasida chiroyli g'alabaga erishdik", - deydi Shomurodov.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia