Eldor SHomurodov "Atalanta"ga ikkita gol urganidan keyin nimalar dedi?
15 may 2021 21:50
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/637294_original.jpg)
![](/upload/storage/637294_220.jpg)
Eldor SHomurodov "Atalanta"ga ikkita gol urganidan keyin nimalar dedi?
"Jenoa" hujumchisi Eldor SHomurodov "Atalanta"ga qarshi bahsdan so'ng (3:4) klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.
Ushbu o'yinda o'zbekistonlik hujumchi zaxiradan maydonga tushib dublga erishdi.
- Bugun zaxiradan maydonga tushib darhol gol urdingiz, o'yinga juda yaxshi qo'shilib ketdingiz...
- Ha, maydonga tushishdan oldin murabbiy menga aytgan ko'rsatmalarni bajarishga urindim xolos.
- A Seriyadagi debyut mavsumda hozircha 7ta gol urdingiz. Buni kutganmidingiz?
- Kutmagandim, ammo o'zimni yaxshi tomonlama ko'rsatishga harakat qildim.
- Goran Pandev bilan birga o'ynash haqida nima deysiz?
- Bu ajoyib. Undan ko'p narsa o'rganish mumkin va hozirgacha ko'p narsa o'rgandim.
- Bu mavsumdagi eng yodda qolgan golingiz qaysi?
- "Speciya" bilan bahsdagi gol, sababi o'sha o'yinda g'alaba qozongandik.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar