So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  9 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  3 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  7 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

Ektor Kuper milliy terma jamoaga jalb qilingan futbolchilar ro'yxatini elon qildi. Tarkibda yangi nomlar bor Yangiliklar

Ektor Kuper milliy terma jamoaga jalb qilingan futbolchilar ro'yxatini elon qildi. Tarkibda yangi nomlar bor

O'zbekiston milliy terma jamoasi 28 may - 12 iyun kunlari navbatdagi yig'in o'tkazishi haqida xabar berib o'tgandik.

Mazkur yig'in doirasida terma jamoamiz azolari uchta o'rtoqlik o'yini o'tkazishadi. 2 iyun kuni safarda Turkiya bilan, 7 va 11 iyun kunlari Toshkentda KXDR va Suriya bilan kuch sinashamiz.

Ektor Kuper mazkur o'yinlarga milliy terma jamoa tarkibiga jalb qilingan futbolchilar ro'yxatini elon qildi. Ro'yxatdan quyidagi 25 nafar futbolchi joy olgan:

Darvozabonlar:
Sanjar Quvvatov («Paxtakor»)
Ilyosov Javohir («Lokomotiv»)
Suyunov Eldor («Paxtakor»)
Ergashev Botirali («Dinamo»)

Himoyachilar:
Krimec Egor («Paxtakor»)
Ismoilov Anzur («Lokomotiv»)
Tursunov Dostonbek («Renofa Yamaguchi», Yaponiya)
To'xtaxo'jaev Islom («Lokomotiv»)
Zoteev Oleg («Lokomotiv»)
Sayfiev Farrux («Paxtakor»)
Komilov Akromjon («Paxtakor»)
Hoshimov Davron («Lokomotiv» )
Alijonov Hojiakbar («Paxtakor»)

Yarim himoyachilar:
Hamrobekov Odiljon («Paxtakor»)
Ahmedov Odil («SHanxay SIPG», Xitoy)
Musaev Fozil («Jubilo Ivata» Yaponiya)
Aliboev Ikrom («Seul», Janubiy Koreya)
O'runov Oston («Navbahor»)
Masharipov Jaloliddin («Paxtakor»)
Ibragimov Doston («Buxoro»)
Ro'ziev Quvondiq («Qo'qon-1912»)
Mirzaev Sardor («Lokomotiv»)

Hujumchilar:

SHomurodov Eldor («Rostov», Rossiya)
Sergeev Igor («Paxtakor»)
Abduxoliqov Temurxo'ja («Lokomotiv»)

Legionerlardan Doston Tursunov va Ikrom Aliboev Turkiyaga qarshi o'yinda ishtirok eta olishmaydi. Ular o'z klublari tarkibida milliy chempionat o'yinlarni o'tkazib, 3 iyun kuni O'zbekistonga etib kelishadi. Keyin terma jamoa bilan birgalikda KXDR va Suriyaga qarshi o'yinlarga tayyorgarlik ko'rishadi.

Reyting: +125   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика