Ektor Baldassi: "Argentina - SHveycariya uchrashuvida aslida Ermatov ishlashi kerak edi"
01 iyu 2014 13:37
Yangiliklar
Ektor Baldassi: "Argentina - SHveycariya uchrashuvida aslida Ermatov ishlashi kerak edi"
JCH-2010da faoliyat olib borgan argentinalik hakam Ektor Baldassi bugungi Argentina - SHveycariya uchrashuviga aslida Ravshan Ermatov tayinlangani haqida aytib o'tdi.
Baldassi ayni paytda Argentina parlamentida ishlab kelmoqda.
"Argentina - SHveycariya o'yiniga dastlab Ravshan Ermatov tayinlangan edi. Biroq Argentina bunga qarshi chiqdi. FIFA bahsga shveciyalik hakamni tayinladi. Juda ham kamdan kam uchraydigan holat! SHveciyalik hakamning professionalligi va bilimlariga shubha qilmayman. Lekin Evropa jamoasi o'ynayotganida nima uchun evropalik hakamni tayinlashadi? Kimning yodida bo'lmasa Ermatov 2010 yilda Argentina - Germaniya uchrashuvida ishlagandi", - deb yozadi Baldassi o'z tvitterida.

Fikrlar