So’nggi yangiliklar

00:23Франция. ПСЖ - "Тулуза" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  11 23:52Бундеслига. "Бавария" - "Аугсбург" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 23:33Россия. "Рубин" "Акрон"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  0 23:17Рубен Аморим: "Ўзимга, футболчиларга ва клубга ишонаман"  0 22:44Месси Флик "Барселона" бош мураббийи бўлгани ҳақида гапирди  6 22:08"Интер Майами"ни ким бошқариши аниқ  0 21:48Виталий Левченко: "Нефтчи"да ёшлар йўқ? Бунинг учун шароитлар йўқ"   4 21:35Рўзиқул Бурдиев: "Чемпионатда ҳеч қандай мақсад қолмаган"  12 21:09Жамшид Саидов: "Ёш болалардек ўйнадик, рақиб бизни янчиб ташлади"  0 20:57Сергей Лушчан: "Навбаҳор" футболчилари "Нефтчи"га ўтяпти? Балки..."  2 20:33Суперлига. "Навбаҳор" "Қизилқум"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 20:21"Пахтакор" 8 йил олдинги антирекордини такрорлади  2 20:15Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Қизилқум"ни 5:1 ҳисобида мағлуб этди  22 20:00Ямаль "Сельта"га қарши ўйнамайди  2

Eksklyuziv: Nemis futboli afsonasining Germaniya kancleri Angela Merkeldan olgan intervyusi Yangiliklar

Eksklyuziv: Nemis futboli afsonasining Germaniya kancleri Angela Merkeldan olgan intervyusi

Nemis futbolining afsonasi, sobiq o'yinchi Filipp Lam "Bild" nashri uchun Germaniya kancleri Angela Merkel xonimdan intervyu oldi.
 

Lekin, kanclerning telefon orqali o'ta muhim qo'ng'irog'i borligi sabab Lam bilan uchrashuv oldindan belgilanganidan 15 daqiqa kech boshlandi. Lekin, bu holat sobiq himoyachining foydasiga bo'lib chiqdi. Sababi, Merkel xonim Lam uchun maxsus ekskursiya uyushtirdi. Avvaliga yo'lakdagi galereya, keyin esa uning Reyxstagga o'xshash xonasi ko'rsatildi. Merkel Filipp Lamga kofe quyib berar ekan, kancler doimo parlamentni ko'rib turishi uchun arxitektorlar atayin shunday qilishganini tushuntirdi. Intervyu uchun esa tomonlar ikki qavat pastga, davlat banketlari o'tkaziladigan zalga tushishdi.



Filipp Lam: Men hozir bu erda sobiq futbolchi, ayni paytdagi tadbirkor, fond asoschisi va ota sifatida o'tiribman. Men yuqorida sanab o'tganlarimning har biriga bog'liq savol berishni istardim. Albatta, menda futbolchi sifatida JCH-2006dan qolgan  yorqin xotiralar bor. Bu siz uchun qanday bo'lgan edi, kiyinish xonasida birinchi marotaba bo'lganingizni nazarda tutyapman?

Angel Merkel: Men uchun bu qaysidir manoda o'zgacha bo'lgan. Men kancler bo'lgan paytimda, har doim savol bo'lar edi: "Endi bizda ayol-kancler, yomon bo'lmasa kerak, lekin u futbolda nimanidir tushunarmikin?". O'shanda har doim Jahon chempionatidan oldin ham o'yinlarni ko'rganimni, hattoki Germaniya Demokratik Respublikasi paytida ham tomosha qilganimni tushuntirishimga to'g'ri kelgan. Men buni o'zgacha deb hisoblayman. Ahir, hozir jamoaga yaqin bo'lgan ayollar bor. Bu yaxshiku. Hatto "Bavariya"da ham ayol ishchi bor (Katlin Kryuger – klub menejeri).

Jahon chempionati-2006 Germaniyaning obrazini o'zgartirdi, chunki odamlar o'yin-kulgu bilan hursand bo'lib o'z jamoalarini kutib oldilar. Ochilish o'yini Myunxenda bo'ldi, va unda siz to'p kiritdingiz. Undan so'ng Polshaga qarshi o'yin bo'ldi, unda men polshalik hamkasblarim bilan birga o'tirdim. Bir tomondan - jamoani qo'llab-quvvatlaysan, boshqa tomondan esa diplomat bo'lgan holda juda ham hursand bo'lib yubormasliging kerak.

(Kiyinish xonasi haqidagi savolga): Menga tegishli bo'lmagan shon-shuhrat bilan o'zimni bezamaslik men uchun juda muhim edi. Men u erda o'ynamadim. Lekin, meni juda iliq kutib olishdi, men o'zimni huddi kiyinish xonasida halaqit qilmagandek his qildim.

Lam: Men uchun kiyinish xonasiga tashrifingiz va aytgan gaplaringiz hamisha o'zgacha o'rin tutdi. Lekin, sizni to'g'ri tushungan bo'lsam, siz tribunada har doim kanclersiz.

Merkel: Men ham insonman. Riodagi final o'yini shunday hayajonli bo'ldiki, meni faqat o'yin oldidan hotirjam qabul qilishlariga to'g'ri keldi. O'shanda vengriyalik hamkasbim Viktor Orban o'yindan oldin menga shunday dedi: "Tushunarsiz, Hammasi qanday yakun topar ekan". Argentinaliklar juda kuchli edi. Bu esa meni yanada hayajonlantirar edi. Keyin men 113 daqiqaga qadar kutishimga to'g'ri keldi. Viktor Orban men tomon burildi va endi hotirjam bo'lishim mumkinligini aytdi. Lekin men 120 daqiqagacha hotirjam bo'la olmadim.


Umumiy xotiralar: Merkel JCH-2006dagi terma jamoa sovg'a qilgan  futbolchilarning portretlarini va o'yindagi voqealar tushirilgan rasmni Lamga ko'rsatyapti.  

Lam: Hozir futbolda transfer narxlari aqlbovar qilmas darajada. Siz bunda xavf ko'ryapsizmi?

Merkel: Men futbol va futbolchilarga qo'shimcha "boshog'riq" bo'lmasligi uchun etibor qaratish lozim bo'lgan ayrim jihatlarni ko'rayapman. Masalan: ko'p o'yinlar va ko'p reklamalar. Men muxlislarning futbolchilar bilan aloqasi bir klubdan boshqa biriga o'tishi sabab yo'qolayotgani sabab futboldagi zavqning yo'q bo'lib borishidan qo'rqyapman. Klub timsoli bo'lish ajoyib. Ular bitta klubda uzoq muddat o'ynagan bo'lishadi.

Lam: Jahon chempionatini Rossiya va Qatarga ishonib topshirilganini qanday baholaysiz?

Merkel: FIFA va UEFA shaffof bo'lishi kerak edi. Insonlar nimalir qonunga zid tarzda amalga oshirilganidan havotir olmasliklari kerak. Oxirgi yillarda ishonch yo'qolgan edi. Biz bunday katta musobaqalarni o'tkazish huquqini faqatgina bizning siyosiy ishonchimizga javob bergan va javob beradigan davlatlarga topshirilishini tasavvur qila olmaymiz. Lekin, minimal talab bajarilishi kerak. Agar stadionlarni qurayotgan insonlar sharoit yaxshi bo'lmagan holda ham kam oylik olayotgan bo'lsa-yu, o'sha paytda boshqa tomon aqlbovar qilmas pul ishlayotgan bo'lsa, biz bunga befarq bo'la olmaymiz.

Lam: Meni shaxsiy xoldingim bor. Eng muhim savol: Qanday qilib o'z jamoamni yig'ishim kerak? Sizda hamma narsani gaplasha oladigan doimiy jamoangiz bormi? Yoki qandaydir bir aniq inson?

Merkel: Barcha malumotlar bilan taminlash mumkin bo'lgan ko'plab davlat xizmatchilari bor. Bundan tashqari, men bilan o'zining fikrini bo'lisha oladigan bir necha nafar odamlar ham bor. Siyosatchilarda kuchsiz tomonlarni aytib bo'lmaydi degan xavf bor. SHuning uchun men har doim nimadir to'g'ri bo'lmaganda nima yaxshi bo'lishini menga aytadigan va jiddiy narsalar ustida bosh qotira oladigan insonlarni yig'aman.

Lam: Siz turli xil insonlar, shu bilan birga boshqa davlat rahbarlari bilan ishlaysiz. Bazida kimdandir jaxlingiz chiqadimi?

Merkel: Men u erda oilam yoki do'stlarim bilan o'tirmayapman. Men - Germaniya Federativ Respublikasi kancleriman va qarshimda u yoki bu davlat rahbari o'tiribdi. Har bir tomon o'z qiziqishlarini himoya qilishi kerak. Darhol hissiyotlarni bayon qilishdan boshlash noto'g'ri. Dastlab o'zimga savol beraman: Nimaga erishishni xohlayapman? Davlatimiz uchun nima yaxshi bo'ladi? Tugatish nuqtasi qaerda bo'lishi mumkin? Bu bandlarni keyinchalik suhbat davomida ishlatishga harakat qilaman. Bunday holatda umumiy yo'l topiladi yoki kelishmovchilik saqlanib qoladi. Bu erda huddi futboldagi kabi: Sizning raqibingiz "Borussiya" Dortmund yoqimli odam bo'lishi mumkin. Lekin, "Bavariya" "Borussiya"ga qarshi o'ynasa, hech qanday muloyimlik yordam bermaydi. Unda gap qiziqishlar haqida boradi. To'g'risini aytganda va qoidalarga rioya qilgan holda men o'zimnikiga ega bo'lishni xohlayman. To'liq etibor Germaniyaga nima yaxshi bo'lishida va albatta Evropaga ham.


Merkel har doim mehmonlariga o'zi kofe quyib beradi. U xoh futbolchi va jurnalist, yoki martabali amaldor bo'lsin.

Lam: Men hozir erkinlikdaman, yani klubga yoki mashg'ulotlarga, o'yinlarga bog'liqligim yo'q va men bundan zavq olyapman. Yo'lda o'tkazgan kun siz uchun qanchalik zerikarli?

Merkel: Men hozir imtiyozli holatdaman, chunki men jamoat transportlaridan foydalanmayman. Lekin, mening kunim butunlay band. Men tongni boshlayman va hamma erga o'z vaqtida etib boraman. Belgilangan vaqtda belgilangan joyga etib borishing senga vaqtida ketish imkonini bermasa, bundan yomoni yo'q. CHunki mendan so'rashadi: sizda yana 5 yoki 10 daqiqa bormi? Bunday vaziyatlarga men juda qattiq turaman.

Lam: Oldinlari biz safar chog'ida jamoa bilan karta o'ynar edik. Yo'lda paytingiz chalg'ishingiz uchun bir necha daqiqa vaqtingiz bo'ladimi? Yoki buning uchun sizda alohida belgilangan mashg'ulot bormi?

Merkel: Agar juda ham charchamagan bo'lsam, bazida kitob mutolaa qilaman. Hozir men kartada zo'r o'yinchi emasman, samolyotda esa bazida musiqa tinglayman yoki kino tomosha qilaman. Lekin, odatda samolyotda muzokaralardan avval yoki keyin ko'p ishlar bo'ladi. SHunday ekan, bo'sh vaqt ko'p emas.

Lam: Tatilda telefonimni o'chirib qo'ya olishim omadim, keyingi kun qaytib qo'ng'iroq qilishim mumkin. Siz telefoningizni 100% o'chirib qo'ya olasizmi?

Merkel: Yo'q, qila olmayman. Kancler har doim aloqada bo'lishi kerak. Agar dunyoda nimadir ro'y bergan bo'lsa, meni qaerdaligim, dam olishdaligim yoki yarim kechasi ekanligi rol o'ynamaydi, men har doim tayyor bo'lishim zarur.

Lam: Sizda o'chirib qo'yib bo'lmaydigan telefon bormi?

Merkel: Ha, meni kechki payt ham topish mumkin. Agar telefonni eshitmasam meni topa oladigan odamlar bor. Hatto, dam olishda ham men uchun qo'ng'iroqlarni saralaydigan ofis va ishchi bo'ladi. SHuning uchun, nimaga tezda etibor berishni yoki bir necha soat kutishni men hal qilaman. Ko'p narsalarni kutish mumkin, lekin men zo'rg'a, so'nggi kuchim bilan etishgan joyimdan, yani tog'dan telefon qilishim kerak (kuladi).

Lam: Yilda necha kun Angela Merkelsiz?

Merkel: 365 kun.

Lam: O'zingizni kundalik hayotingiz bormi?

Merkel: Siz qachon oddiy odamga aylanishimni nazarda tutyapsizmi? Men doim ishdaman, meni hamisha suratga tushurishadi va so'rashadi: "U bu erda nima qilyapti?". Bu sizga ham tanish. Men dam olish kunlari ertalabdan kechgacha uyda bo'lishga va tashqariga chiqmaslikka harakat qilaman. O'shanda men ovqat tayyorlayman yoki bo'lmasa xarid qilgani supermarketlarga chiqaman. U erda ham meni rasmga olishadi. Yoqimsiz tajriba tufayli supermarketlarda endi selfi qilmayman. Bu shunday chalkashlikka olib keldi-ki, natijada savatchamda boshqa oziq-ovqatlar paydo bo'ldi.

Lam: Oxirgi savol, chunki siz saylov arafasidasiz. Bu kun siz uchun qanday o'tadi? Qattiq asabiylashasizmi? Men uchun hamma narsa har doim bir o'yin atrofida bo'lgan: yoki sen yutasan yo yutqazasan. Lekin, bu siz uchun keyingi 4 yilni aniqlab beradi.

Merkel: Avvalo uxlab olish kerak, lekin men yaxshi uxlay olmayman. Keyin esa futboldagi katta o'yinlar kabi: kutish va hamma narsa o'tib ketganini bilish. SHanbagacha yana nimadir qila olaman, keyin esa qilmaganimni gapirmayman. Bundagi farq: siz hal qiluvchi bahsni kutyapsiz, keyin esa sizda bor hamma narsani berishingiz mumkin. TV-duel, xalq oldiga intervyu berish uchun chiqishdan avval menda bunday vaziyat bo'ladi. Keyin faqat tomosha qilish va kutish kerak. Bu huddi sertifikat topshirishdek gap.



Lam Merkel bilan intervyudan keyin:

- Albatta, saylovlarga oz qolganda kancler bilan suhbatlashish - bu juda qiziq. Menda shunday tushuncha qoldi: mening savollarim va narsalarni ko'rishim uni qiziqtirdi. Siyosat va futbol - juda farqli narsalar. Lekin, shunga qaramay unisida ham, bunisida ham ko'p narsa o'rganish mumkin deb o'ylayman. Har doim gap JAMOA haqida ketadi. Har bir inson turli poziciyalardan foyda keltirishi mumkin.


sports.ru saytidan Munisa Jo'raeva tarjimasi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика